Deklosid rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 g preparat quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: suvsiz beklametazon dipropionati         0,25 mg; klotrimazol                                                 10 mg; gentamitsin sulfati                                 1 mg; klioxinol                                                    20 mg. yordamchi moddalar: oq yumshoq parafin, sariq suyuq parafin, tsetostearil spirti, tsetomakrogol 1000, propilenglikol, benzil spirti, xlorokrezol, natriy digidrofosfat digidrati, dinatriy gidrofosfat digidrati, tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

beklametazon dipropionati, klotrimazol, gentamitsin sulfati, klioxinol.

Preparatning savdo nomi:

Deklosid

Farmakalogik guruhi:

dermatologiyada qo‘llanadigan vosita (mahalliy ta’sir etuvchi yallig‘lanishga qarshi vosita).

Dori shakli:

krem

yot zarrachalar bo‘lmagan och-jigarrang rangli bir xil krem.

dermatologiyada qo‘llanadigan vosita (mahalliy ta’sir etuvchi yallig‘lanishga qarshi vosita).

D07CC04

dermatitlar;ekzema;neyrodermit;otomikozlar;oyoq panjasi va chov soxasini epidermofitiyasi;terining yiringli kasalliklari;silliq terining barmoqlararo va boshqa zamburug‘li shikastlanishlarida qo‘llanadi.

Sirtga qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Deklosid kremining katta bo‘lmagan midori terining shikastlangan yuzasiga yupqa qavat qilib sutkada 2 marta qo‘yiladi. Davolash davomiyligi 2-4 haftani tashkil qiladi. Uzoq muddat davolashdan so‘ng, atrofik o‘zgarishlar yuz terisida tananing boshqa yuzalariga nisbatan ko‘proq paydo bo‘lishi mumkinligini hisobga olish kerak, bunday holda davolash kursi 5 kundan oshmasligi kerak.

Mahalliy reaktsiyalar: preparat qo‘yilgan joyda terini qizarishi, achishish va sanchilish hissi bo‘lishi mumkin (terini ta’sirlanishi rivojlanganida preparatni bekor qilish kerak). Bo‘lishi mumkin: allergik reaktsiyalar.

preparatning tarkibiga kiruvchi komponentlarni shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik;teri tuberkulezi;sifilisni teri ko‘rinishlari;suvchechak;oddiy gerpes;emlashdan keyingi teri reaktsiyalari;ochiq jarohat yuzasiga qo‘yish;7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Preparatni boshqa dori vositalari bilan klinik axamiyatli o‘zaro ta’siri aniqlanmagan.

Preparat oftalmologiyada qo‘llanmaydi. Ko‘z sohasi terisiga qo‘yish mumkin emas. Preparatni shikastlangan teriga va ochiq jarohatlarga qo‘yishdan saqlanish kerak. Chidamli bakterial yoki zamburug‘li mikroflora rivojlanganida preparatni qo‘llashni to‘xtatish va muvofiq davolashni buyurish kerak. Aminoglikozid antibiotiklari bilan kesishgan rezistentlik rivojlanishi mumkin. Uzoq muddat davomida davolanganda, preparatni asta-sekin bekor qilish kerak.

Homiladorlikda Deklosid preparatini, ona uchun kutilgan foyda, homila uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lgan holdagina, qo‘llash mumkin. Preparatning komponentlarini ko‘krak suti bilan ajralib chiqishi aniqlanmagan, shuning uchun Deklosid preparati laktatsiya davrida buyurilganida emizishni to‘xtatish masalasini hal qilish kerak.

25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: glyukokortikoidlar katta dozalarda uzoq muddat qo‘llanganida giperkortitsizm simptomlari (giperglikemiya, glyukozuriya, buyrak usti bezlari po‘stlog‘ining faoliyatini qaytuvchi susayishi, Kushing sindromining belgilari) rivojlanishi mumkin. Davolash: siptomatik davolash o‘tkaziladi.

Retseptsiz

Sirtga qo‘llash uchun Diklosid kremi 30 g dan alyumin tubada. 1 tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

3 yil.