Daverisretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 0,04 mg travoprost. yordamchi moddalar: borat kislotasi, trometamol, makrogolglitserin gidroksistearati, mannit, dinatriy edetati, benzalkoniy xloridi, xlorid kislotasi va/yoki natriy gidroksidi, tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

travoprost

Preparatning savdo nomi:

Daveris

Farmakalogik guruhi:

Glaukomaga qarshi vosita. F prostaglandinini sintetik analogi.

Dori shakli:

0,004% li ko‘z tomchilari.

tiniq rangsiz eritma.

Glaukomaga qarshi vosita. F prostaglandinini sintetik analogi.

S01EE04

Travoprost ko‘zning shox pardasi orqali so‘riladi, u yerda travoprost biologik faol shakli – travoprost kislotasigacha gidrolizga uchraydi. Qon plazmasida maksimal kontsentratsiyasi (Smax) ga preparat mahalliy qo‘llanganidan so‘ng 30 minut davomida erishadi va 25 pg/ml va undan kamroq qiymatni tashkil etadi. Plazmadan tez chiqariladi, bir soat davomida kontsentratsiyasi aniqlash bo‘sag‘asidan past qiymatga (10 pg/ml dan kam) pasayadi. Metabolizm travoprost va travoprostning erkin kislotasini asosiy eliminatsiya yo‘li hisoblanadi. Tizimli metabolizm yo‘li endogen F2α prostaglandinning metabolizm yo‘li bilan parallel bo‘lib, 13-14 ikkilamchi bog‘ini tiklanishi, 15-gidroksil guruhini oksidlanishi va yuqori yon zanjirini R-oksidativ parchalanishi bilan xarakterlanadi. Travoprostning erkin kislotasi va uning metabolitlari asosan buyraklar orqali chiqariladi. Jigar faoliyatini yengil darajadan og‘ir darajagacha ifodalangan buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda, shuningdek buyrak faoliyatini yengil darajadan og‘ir darajagacha (kreatinin klirensi minutiga 14 ml dan past bo‘lganida) ifodalangan buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda preparatning dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

ochiq burchakli glaukoma;oftalmotonus yuqori bo‘lganida oshgan ko‘z ichki bosimini pasaytirish uchun qo‘llanadi.

Faqat mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Daveris shikastlangan ko‘zning kon’yunktivasiga 1 tomchidan sutkada 1 marta, kechqurun tomizish uchun buyuriladi. Preparatni yanada tez-tez qo‘llash uning samaradorligini pasayishiga olib keladi. Flakonning ichidagisi mikroblar bilan ifloslanishdan saqlanish uchun, tomchilagichning uchini biron-bir yuzaga tegishidan saqlanish kerak.

Preparatni monoterapiya sifatida qo‘llash bilan bog‘liq eng ko‘p kuzatiladigan nojo‘ya samarasi giperemiya (22,3%), jumladan ko‘z, kon’yunktiva yoki sklerani giperemiyasi bo‘lgan. 83% patsiyentlarda u yengil ifodalangan bo‘lgan. Giperemiya paydo bo‘lgan, deyarli barcha patsiyentlar (98%), ushbu nojo‘ya samarani rivojlanishi natijasida davolashni to‘xtatmaganlar. Quyida davolash bilan bog‘liq bo‘lgan nojo‘ya samaralar keltirilgan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (>1/100, <1/10), ba’zida (>1/1000, ≤1/100), kam hollarda (>1/10000, ≤1/1000) va juda kam hollarda (≤1/10000). Infektsiyalar va invaziyalar: ba’zida – oddiy gerpes. Immun tizimi tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: ba’zida – o‘ta yuqori sezuvchanlik, mavsumiy allergiya. Markaziy nerv tizimi (MNT) tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: tez-tez – bosh og‘rig‘i; ba’zida – disgevziya, bosh aylanishi. Ko‘rish a’zolari tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: juda tez-tez – kon’yunktiva giperemiyasi, ko‘z giperemiyasi; tez-tez – nuqtali keratit, ko‘zning oldingi kamerasida pretsipitatlar, ko‘zning oldingi kamerasini tovlanishi, yorug‘likdan qo‘rqish, ko‘zdan ajralmalarni ajralishi, diskomfort, ko‘zni ta’sirlanishi, ko‘zni me’yordan tashqari sezuvchanligi, ko‘zda yod jism hissi, ko‘rish o‘tkirligini pasayishi, ko‘rishni xiralashishi, ko‘zni qurishi, ko‘zni qichishishi, ko‘z yoshini kuchli oqishi, qovoqlarni eritemasi, qovoqlarni shishi, qovoqlarni qichishishi, kipriklarni o‘sib ketishi, rangdor pardani giperpigmentatsiyasi, kipriklarni rangsizlanishi; ba’zida – shox pardani eroziyasi, iridotsiklit, irit, uveit, ko‘rish maydonini buzilishi, keratit, ko‘zning oldingi kamerasini yallig‘lanishi, ko‘zlarni shishi, shox pardani bo‘yalishi, fotopsiya, blefarit, kon’yunktivani shishi, allergik kon’yunktivit, konyunktival buzilishlar, kon’yunktival follikulalar, ko‘zni gipesteziyasi, ektropion, quruq keratokon’yunktivit, madaroz, katarakta, allergiya, qovoqlarda og‘riq, qovoqlar tomonidan buzilishlar, qovoqlar atrofida tangachalarni hosil bo‘lishi, sklerani giperemiyasi, astenopatiya. Yurak tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: ba’zida – yurak ritmini nomuntazam urishi, yurakni tez urishi, yurak qisqarishlari sonini pasayishi, bradikardiya, taxikardiya. Qon-tomir tizimi tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: ba’zida – arterial bosimni pasayishi, arterial bosimni oshishi. Nafas tizimi tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: ba’zida – dispnoe, astma, nafas faoliyatini buzilishi, halqumda og‘riq, yo‘tal, disfoniya, burunni bitishi, tomoqni ta’sirlanishi. Me’da-ichak tizimi (MIT) tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: ba’zida – me’da/ichak yarasini qayta faollashuvi, MIT buzilishlari, qabziyat. Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: tez-tez – terini giperpigmentatsiyasi (ko‘zlarni atrofi); ba’zida – allergik dermatit, periorbital sohani shishi, kontakt dermatit, eritema, sochning rangini o‘zgarishi, soch strukturasini me’yorida kuzatilmaydigan o‘zgarishi, gipertrixoz. Tayanch-harakat apparati tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: ba’zida – yelkalarda og‘riq. Umumiy xarakterga ega bo‘lgan buzilishlar, hamda yuborilgan joy bilan bog‘liq bo‘lgan holatlar: ba’zida – asteniya, umumiy lohaslik.

preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;homiladorlik va laktatsiya davri;bolalar va 18 yoshgacha o‘smirlarda qo‘llash mumkin emas.

Preparat boshqa mahalliy oftalmologik preparatlar bilan majmuadv ko‘z ichki bosimini tushirish uchun qo‘llanilishi mumkin; ularni qo‘llash orasidagi interval kamida 5 minutni tashkil qiladi.

Preparat rangdor pardada jigarrang pigmentning miqdorini oshishi hisobiga ko‘z rangini asta-sekin o‘zgarishini chaqirishi mumkin. Ushbu samarasi asosan rangdor pardaning rangi turli bo‘lgan, masalan, ko‘k-jigarrang, kulrang-jigarrang, yashil-jigarrang yoki sariq-jigarrang bo‘lgan bemorlarda namoyon bo‘ladi, bu holat rangdor pardaning stromal melanotsitlarida melanning miqdorini oshishi bilan tushuntiriladi. Odatda jigarrang pigmentatsiya ko‘zning rangdor pardasini periferiyasiga qorachiq atrofiga kontsentrik ravishda taqsimlanadi, bunda butun rangdor parda yoki uning qismlari yanada jadalroq jigarrang rangga kirishi mumkin. Melanotsitlarga uzoq muddat ta’sir qilishi va ushbu ta’sirning oqibatlari hozirgi vaqtda ma’lum emas. Ko‘zning rangdor pardasini o‘zgarishi asta-sekin yuz beradi va bir necha oy yoki yillar davomida sezilmasdan qilishi mumkin. Preparat bekor qilinganidan so‘ng jagarrang pigmentning miqdorini keyinchalik oshishi kuzatilmagan, biroq ranggini allaqachon o‘zgarishi qaytmas bo‘lishi mumkin. Rangdor pardada nevus yoki lentigo bo‘lganida preparat bilan davolanish natijasida ularni o‘zgarishi kuzatilmagan. Preparat kipriklarning ranggini to‘qlashishi, qalinlashishi va uzayishini yoki ularning miqdorini oshishini chaqirishi mumkin; kam holarda – qovoqlar terisining ranggini to‘qlashishi bo‘lishi mumkin. Davolashni boshlashdan oldin ko‘zning ranggini o‘zgarishi mumkinligi yuzasidan bemorlarga ma’lumot berish kerak. Faqat bitta ko‘zni davolash doimiy geteroxromiyaga olib kelishi mumkin. Afakiya, psevdoafakiyasi bo‘lgan bemorlarga, ko‘z gavharining orqa kapsulasi parchalanganida yoki kamera shikastlanganida, shuningdek kistoz makulyar shishni rivojlanish havf omillari bo‘lgan patsiyentlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash tavsiya etiladi. Irit / uveitlarni rivojlanishiga moyillik bo‘lganida Daveris preparatini ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Daveris ko‘z tomchilari tarkibida benzalkoniy xloridi konservantini saqlaydi, u linzalarda to‘planishi va ko‘zlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Preparatni qo‘llashdan oldin linzalarni ko‘zlardan olib turish va instillyatsiyadan so‘ng kamida 15 minutdan keyin qaytadan foydalanish mumkin. Homiladorlikda qo‘llanishi Homiladorlik vaqtida preparatni qo‘llash mumkin emas. Laktatsiya davrida preparatni qo‘llash zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish masalasini hal qilish kerak. Pediatriyada qo‘llanishi 18 yoshgacha bo‘lgan patsiyentlarda preparatning samaradorligi va havfsizligi aniqlanmagan, shuning uchun ushbu patsiyentlar toifasida patsiyentni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Preparat qo‘llanganidan so‘ng ko‘rish o‘tkirligini vaqtinchalik yo‘qotadigan patsiyentlar diqqatni jamlash va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab etuvchi potentsial havfli faoliyat turlarini bajarishdan saqlanishlari kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Flakon ochilganidan so‘ng preparatni 28 kun davomida qo‘llash mumkin.

Simptomlari: ko‘zning shilliq pardasini ta’sirlanishi, kon’yunktivani giperemiyasi yoki episkleralar bo‘lishi mumkin. Davolash: simptomatik.

Retsept bo‘yicha beriladi

Ko‘z tomchilari 2,5 ml dan oq rangli polietilen flakonda himoya xalqasi bilan ta’minlangan oq rangli buraladigan himoya qopqoqcha yopilgan. Flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

3 yil.