Dareksanretsept bilan

Tarkibi:

faol moddalar: paratsetamol – 500 mg, diklofenak natriy – 50 mg; yordamchi moddalar: mikrokristallik tsellyuloza, natriy metilgidroksibenzoat, makkajo‘xori kraxmali, talk, magniy stearati, natriy kraxmal glikolyati.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

paratsetamol, diklofenak natriy.

Preparatning savdo nomi:

Dareksan

Farmakalogik guruhi:

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar.

Dori shakli:

tabletkalar.

oq, dumaloq, yassi, chetlari kesilgan va bir tomonida bo‘lish uchun riskasi bo‘lgan tabletkalar.

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar.

M01AB55

Diklofenak natriy – ichga bir marta qo‘llanganidan keyin ichakda tez va to‘liq so‘riladi, faol moddaning taxminan 50% jigar orqali birinchi marta o‘tishda metabolizmga uchraydi. 50 mg dozadagi preparatning qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasi 1-2 soatdan keyin kuzatiladi va 1,5 mkg/ml (5 mkmol/l) ni tashkil qiladi. Ovqat preparatning so‘rilish tezligini sekinlashtiradi, ammo so‘riladigan faol moddaning miqdorini o‘zgarmaydi. Preparatning qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi 99,7% ni tashkil qiladi, preparatning katta qismi (99,4%) albuminlar bilan bog‘lanadi. Bo‘g‘im bo‘shlig‘idagi sinovial suyuqlikka yaxshi o‘tadi. Sinovial suyuqlikdan yarim chiqarilish davri – 3-6 soat ni tashkil qiladi. Preparatning 60% metabolitlar ko‘rinishida buyraklar, qolgan qismi esa o‘t-safro orqali chiqariladi. Buyraklar faoliyatining yaqqol buzilishi (kreatinin klirensi daqiqasiga 10 ml dan kam) bo‘lgan bemorlarda o‘t-safro orqali chiqayotgan metabolitlarning ulushi oshadi, shuning uchun qonda ularning kontsentratsiyasining oshishi kuzatilmaydi. Paratsetamol – ichga qabul qilinganda yaxshi va tez so‘riladi. Plazmada cho‘qqi kontsentratsiyasiga 30-90 daqiqa so‘ng erishiladi. Organizmning deyarli barcha to‘qimalariga o‘tadi, yo‘ldoshga oson o‘tadi va ko‘krak suti bilan chiqariladi. Buyraklar orqali asosan metabolitlar holida chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 1,5 soatdan 3 soatgacha o‘zgarib turadi. Jigar faoliyati buzilishida preparatning organizmdan chiqarilishi sekinlashadi, bu esa metabolitlarning organizmda to‘planishiga olib keladi. Jigarda metabolizmga uchraydi va siydik bilan chiqariladi, metabolitlari farmakologik jihatdan faol emas, biroq to‘planganida jigar nekroziga olib kelishi mumkin.

Quyidagi kasalliklardagi kuchsiz va o‘rtacha ifodalangan og‘riq sindromlarida qo‘llanadi: – LOR–a’zolari kasalliklari (faringit, tonzillit, otit); – o‘t-safro chiqarish yo‘llari kasalliklari (o‘t-safro sanchig‘i); – siydik chiqarish yo‘llari kasalliklari (buyrak sanchig‘i); – bosh miya tomirlari kasalliklari (migren); – ayollar jinsiy a’zolari kasalliklari (algodismenoreya, adneksit); – tayanch-xarakat apparati kasalliklari (revmotoid artrit, psorartrik, yuvenil artrit, ankilozlanuvchi spondilit, podagrik artrit, osteoartroz, osteoxondroz); – bo‘g‘imdan tashqari to‘qimalarning kasalliklari (tendovaginit, bursit); – artrozlar; – spondiloartrozlar; – nevralgiyalar, mialgiyalar; – jarohatlardan keyingi va operatsiyalardan keyingi og‘riqlar; – tish og‘rig‘ida; – isitma sindromida qo‘llanadi.

Ichga. Tabletkalar butunligicha, chaynamasdan, yetarli miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilinadi. Davolashning boshida kattalarga va tana vazni 60 kg dan ortiq 12 yoshdan oshgan o‘smirlarga sutkada 2-3 ta DARЕKSAN tabletkasini buyurish tavsiya etiladi. Preparatni ovqatdan oldin qabul qilgan afzalroq. Me’daning yuqori sezuvchanligida preparat ovqatni qabul qilgandan keyin qo‘llaniladi. Kasallikning o‘rtacha ifodalangan belgilarida, shuningdek uzoq muddatli davolashda, odatda, sutkada preparatning 2 ta tabletkasini – bir tabletkadan ertalab va kechqurun qabul qilish yetarlidir. Maksimal bir martalik doza – 2 tabletka. Preparatni qabul qilish muddati – 7 kun, bolalarda – 3 kun. Tana vazni 30 kg dan ortiq 12 yoshdan oshgan bolalarga ½ tabletkadan sutkada 2-3 marta buyuriladi. Har bir navbatdagi qabul qilish orasidagi interval kamida 4 soatni tashkil qiladi. Kattalarni davolashning maksimal davomiyligi – 7 kun, bolalar uchun – 3 kunni tashkil qiladi.

Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, anoreksiya, noxushlik hissi (epigastral sohada og‘riqlar va spazmlar), meteorizm, ishtahaning pasayishi. Kam – qon ketishi, perforatsiya bilan asoratlanadigan me’da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali buzilishlari, aftozli stomatit, ezofagit. Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, yuqori charchoqlik. Kam hollarda: ko‘rishning buzilishi (ko‘rishning xiralashuvi, diplopiya), quloqlarning shang‘illashi, qo‘zg‘aluvchanlik, tirishishlar, uyquning buzilishi, depressiya, havotirlik hissi, ruhiy buzilishlar. Dermatologik reaktsiyalar: teri toshmasi, eshakemi, bullyoz toshmalar, ekzema, eritrodermiya, sochlarning to‘kilishi, fotosensibilizatsiya. Jigar faoliyati tomonidan: jigar faoliyatining buzilishi, shu jumladan gepatit (sariqlik bilan yoki sariqsiz). Qon yaratish tizimi tomonidan: alohida hollarda – trombotsitopeniya, leykopeniya, agranulotsitoz, gemolitik anemiya, aplastik anemiya. Yurak-tomir tizimi tomonidan: alohida hollarda – taxikardiya, ko‘krak qafasi sohasida og‘riq, arterial gipertenziya, dimlangan yurak yetishmovchiligi. Allergik va immunobiologik reaktsiyalar: kam hollarda – bronxial astma xurujlari, tizimli anafilaktik (anafilaktoid) reaktsiyalar. Har qanday g‘ayri-tabiiy reaktsiyalar paydo bo‘lgan holatlarda, preparatni keyingi qo‘llash haqida albatta shifokor bilan maslahatlashing.

preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;anamnezida bronxospazm, eshakemi, o‘tkir rinit bo‘lgan yoki diklofenak, paratsetamol, atsetilsalitsil kislotasiga yoki boshqa NYAQV ni qo‘llash natijasida allergiyaning boshqa alomatlari mavjudligi;me’da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishlari xuruj bosqichida (shu jumladan, peptik yara, Kron kasalligi, nospetsefik yarali kolit);homiladorlik, laktatsiya;12 yoshgacha bo‘lgan bolalar;qon yaratish faoliyatining buzilishi, nafas yo‘llarining surunkali obstruktiv kasalliklari, burun poliplari, pichan isitmasi;buyrak va jigar faoliyatining yaqqol buzilishlari;rang ajratish qobiliyatining o‘zgarishi;glyukozo-6-fosfatdegidrogenazaning tug‘ma tanqisligi.

Agarda Siz qandaydir boshqa dori preparatlarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz, albatta shifokorni xabardor qiling! Preparat kaliyni tejovchi diuretiklar bilan bir vaqtda buyurilganda qonda kaliyning darajasi oshishi mumkin. Dori preparatlarini bunday birga qo‘llanishida, kaliy darajasini nazorat qilish lozim. Bilvosita antikoagulyantlar bilan bir vaqtda buyurilganda, qon ketishlari rivojlanishi mumkin. Preparat qon plazmasida litiy, digoksin va tsiklosporinning kontsentratsiyasini oshirishi mumkin, shuning uchun ular birga qo‘llanganda, oxirgi preparatlarning dozasini to‘g‘rilash lozim. Metotreksatni qabul qilishdan 24 soat oldin yoki keyin preparatni buyurishda extiyot bo‘lish kerak, chunki bunday hollarda qonda metotreksatning kontsentratsiyasi oshadi va uning toksik ta’siri kuchayadi. Fenotiazin bilan birga qo‘llanganda, kutilmagan gipotermiya, azidotimidin bilan esa – neytropeniya rivojlanishi mumkin. Preparat xloramfenikolning toksikligini kuchaytiradi, bilvosita antikoagulyantlar, difenin, peroral gipoglikemik preparatlarning ta’sirini kuchaytirishi mumkin va tiazid diuretiklarning diuretik va natriy uretik samarasini susaytiradi. Boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar, shuningdek glyukokortikoidlar bilan birga qo‘llanganda, nojo‘ya ta’sirlarni ko‘payishing va kuchayishi yuz beradi.

Anamnezida me’da-ichak yo‘lining eroziv yarali buzilishlari ko‘rsatilgan bemorlarga, shuningdek jigar, buyraklar, qon yaratish a’zolarining faoliyatining yaqqol buzilishi bo‘lgan bemorlarga preparatni buyurishda extiyotkorlikka rioya qilish lozim. Preparat yuqori dozalarda trombotsitlar agregatsiyasini bostirishi mumkin, shuning uchun gemostazi buzilgan bemorlarni sinchiklab kuzatish lozim. Preparatni keksa yoshdagilarga, surunkali yurak yetishmovchiligi, arterial gipertoniyasi, porfiriyasi bo‘lgan bemorlarda, shuningdek bevosita jiddiy jarroxlik aralashuvlaridan keyingi davrda extiyotkorlik bilan qo‘llash lozim. Preparat bilan davolanish vaqtida jigar, buyraklar faoliyatini va pereferik qon manzarasini nazorat qilish zarur. Diklofenak va paratsetamol ona sutiga o‘tadi, shuning uchun laktatsiya davrida preparatni buyurish zarurati tug‘ilganda emizishni to‘xtatish kerak.

Quruq, yorug‘likdan ximoyalangan joyda, 25 ⁰S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanmasin.

Retsept bo‘yicha

10 tabletkadan kontur-uyali o‘ramlarda. 1, 2, 3, 5 yoki 10 kontur-uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

3 yil. Ulashish: 4 269 Views