Dalachoy o‘ti

Tarkibi:

flavonoidlar (kamida 1,5%), efir moylari, oshlovchi va boshqa moddalar saqlanadi.

Preparatning savdo nomi:

Dalachoy o‘ti

Farmakalogik guruhi:

Burushtiruvchi vosita.

Dori shakli:

Dorivor o‘simlik xom ashyosi.

Burushtiruvchi vosita.

Gingivitlarda, stomatitlarda, kolitlarda qo‘llanadi.

Ichga buyuriladi. Damlama ko‘rinishida qo‘llaniladi. Damlamani tayyorlash uchun 20 g o‘tni sirlangan idishga solib ustiga 200 ml (1 stakan) xona haroratidagi qaynatilgan suv quyiladi va qopqoq bilan yopiladi va qaynayotgan suv hammomida 15 minut qizdiriladi va xona haroratida 45 minut davomida sovutiladi. Damlama doka orqali suzib o‘tkaziladi va qolgan xom-ashyo siqiladi. Olingan damlama hajmi qaynatilgan suv bilan 200 ml gacha yetkaziladi. Damlamani salqin joyda 2 sutkagacha saqlash mumkin. Damlamani 2 osh qoshiqdan kuniga 3 marta ovqatdan 30 minut oldin qabul qilinadi.

Preparatga yuqori sezuvchanlikda allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.

Preparatga shaxsiy yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Yuqori dozalarda qo‘llanganida digoksin, teofilin, indinavir, tsiklosporin, ichga qo‘llash uchun antikoagulyantlar, antidepressantlar va oral kontratseptiv vositalari bilan nojo‘ya o‘zaro ta’sirlari bo‘lishi mumkin. Preparatni qabul qilishni sekin-asta to‘xtatish kerak.

Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Quruq va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Aniqlanmagan

Retseptsiz

30 g, 50 g dan karton qutilar yoki polietilen paketlarda.

3 yil.