Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, asabiylik, toliqish, uyquni buzilishi, uyquchanlik, xotira va diqqatni jamlash qobiliyatini pasayishi, emotsional labillik, depressiyani rivojlanishi yoki uning kechishini yomonlashishi.
Sezgi a’zolari tomonidan: quloqlarni shang‘illashi, eshitish va ko‘rishni buzilishi (noaniq ko‘rish), ko‘z olmasini ezilish hissi.
Endokrin tizimi tomonidan: yuz va ko‘krak qafasining yuqori qismi terisini “qizib ketish” hissi, kuchli terlash, qinni qurishi, libidoni pasayishi, qorinning pastki qismida og‘riq, suyaklarni demineralizatsiyasi, kam hollarda – hayz ko‘rish qoniga o‘xshash qon ketishi (odatda, davolashning birinchi haftasi davomida).
Yurak-qon tomir tizimi (YUTT) tomonidan: yurakni urib ketish hissi, AB oshishi (arterial gipertenziyasi bo‘lgan bemorlarda).
Allergik reaktsiyalar: eshakemi, terini qichishishi, terini qizarishi, juda kam hollarda – bronxospazm, anafilaktik va/yoki anafilaktoid shok, angionevrotik shish.
Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, chanqoqlik, diareya, qabziyat, ishtahani buzilishi, tana vaznini oshishi yoki kamayishi.
Laborator ko‘rsatkichlar tomonidan: glyukozaga bo‘lgan tolerantlikni pasayishi, giperglikemiya; lipidlar doirasini o‘zgarishi; zardob transaminazalarining faolligini oshishi, giperbilirubinemiya; trombotsitopeniya yoki leykopeniya.
Boshqalar: yakka hollarda – burundan qon ketishi; o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi; to‘piq va tovon sohasida shishlar; boshda va tanada sochlarni o‘sishini susayishi yoki kuchayishi; belda, bo‘g‘imlarda og‘riq.
Mahalliy reaktsiyalar: burunning shilliq qavatini ta’sirlanishi, burunni qurishi va og‘riq bo‘lishi mumkin.