Brizantin rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: S-100 bosh miyaga spetsifik oqsilga affin tozalangan antitelalar – 0,006 g*, I tip kannabinoid retseptorga affin tozalangan antitelalar – 0,006 g*; yordamchi moddalar: 0,267 g laktoza monogidrati, 0,03 g mikrokristall tsellyuloza, 0,003 g magniy stearati. *muvofiq ravishda 10012, 10030, 100200 marta suyultirilgan substantsiyaning uchta faol suvli-spirtli eritmalarining aralashmasi ko‘rinishida laktoza monogidratiga o‘tkaziladi.

Preparatning savdo nomi:

Brizantin

Farmakalogik guruhi:

nikotinga qaramlikni davolash uchun vosita.

Dori shakli:

shimish uchun gomeopatik tabletkalar.

yassi tsilindrik shaklli, riskali va faskali, oqdan deyarli oq ranggacha bo‘lgan tabletkalar. Riskali yassi tomonida MATERIA MEDICA, boshqa yassi tomonida BRIZANTIN yozuvi tushirilgan.

nikotinga qaramlikni davolash uchun vosita.

N07BA

Zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullarining (gaz-suyuqlikli xromatografiya, yuqori samarali suyuqlikli xromatografiya, xromato-mass-spektrometriya) sezgirligi biologik suyuqliklar, a’zolar va to‘qimalarda antitelalarning xaddan tashqari past dozalari miqdorini baholash imkonini bermaydi, bu Brizantin preparatining farmakokinetikasini o‘rganishni texnik jihatdan imkoni yo‘qligini bildiradi.

Preparat nikotindan voz kechishning birinchi kunlarida (abstinentsiya davri) ham, uni iste’mol qilishga impulsiv namoyon bo‘luvchi hoxishda ham nikotinga bo‘lgan intilishni kamaytirish uchun qo‘llanadi.

Ichga buyuriladi. Bir marta qabul qilishga – 1 tabletka (to‘liq eriguncha og‘iz bo‘shlig‘ida ushlab turish kerak). 1 tabletkadan sutkada 2-3 marta ovqatlanishdan qat’iy nazar qo‘llanadi. Nikotinga bo‘lgan intilish kuchayganda qabul qilish tez-tezligini sutkada 5-6 martagacha oshirish mumkin. Preparatni qabul qilish kursining tavsiya etilgan davomiyligi 3 oy.

Preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari kuzatilishi mumkin.

Preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas. Brizantinni 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llashning samaradorligi va xavfsizligi yuzasidan ma’lumotlar yetarli bo‘lmaganligi tufayli, bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Boshqa dori vositalari bilan nomutanosiblik holatlari hozirgi vaqtgacha qayd etilmagan.

Preparatning tarkibiga laktoza monogidrati kiradi, shuning uchun uni tug‘ma galaktozemiya, glyukoza yoki galaktoza malabsorbtsiyasi sindromi yoki tug‘ma laktaza yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga buyurish mumkin emas. Brizantin transport vositalarini va boshqa potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi.

Homiladorlik va laktatsiya davrida Brizantinni qo‘llashning xavfsizligi o‘rganilmagan. Preparatni qabul qilish zarurati bo‘lganida xavf/foyda nisbatini e’tiborga olish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Dozani to‘satdan oshirib yuborilganda preparatning tarkibiga kiruvchi to‘ldiruvchilar bilan bog‘liq dispepsik ko‘rinishlar kuzatilishi mumkin.

Retseptsiz

Shimish uchun gomeopatik tabletkalar. 20 tabletkadan polivinilxlorid plyonka va alyumin folgali kontur uyali o‘ramda. 1, 2 yoki 5 kontur uyali o‘ramdan davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

3 yil.