Bralinretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol modda: tsitikolin natriy – 10,45 g; yordamchi moddalar: sorbitol 70%, glitserin, metilparagidroksibenzoat, propilparagidroksibenzoat, natriy tsitrati, natriy saxarini, qulupnay xushbo‘yi, kaliy sorbati, limon kislotasi, tozalangan suv 100 ml gacha.

Preparatning savdo nomi:

Bralin

Farmakalogik guruhi:

nootrop vositalar.

Dori shakli:

ichga qabul qilish uchun eritma.

rangsiz yoki sarg‘ish rangli tiniq suyuqlik, qulupnay hidli.

nootrop vositalar.

N06BX06

So‘rilishi Tsitikolin ichga qabul qilinganida yaxshi so‘riladi. Peroral qo‘llanganidan keyin so‘rilishi deyarli to‘liq, biokiraolishligi vena ichiga yuborilganidan keyingi bilan taxminan bir xil. Metabolizmi Preparat xolin va tsitidinni hosil bo‘lishi bilan ichakda va jigarda metabolizmga uchraydi. Preparat qabul qilinganidan keyin qon plazmasida xolinning kontsentratsiyasi sezilarli oshadi. Taqsimlanishi Tsitikolin xolin fraktsiyalarini struktur fosfolipidlarga va tsitidin fraktsiyalarini tsitidin nukleotidlari va nuklein kislotalariga tez kirishi bilan bosh miya strukturalarida ahamiyatli darajada taqsimlanadi. Tsitikolin bosh miyaga kiradi va hujayra, tsitoplazmatik va mitoxondrial membranalarga faol tizilib olib, struktur fosfolipidlarning fraktsiyasini bir qismini hosil qiladi. Chiqarilishi Tsitikolinning yuborilgan dozasini faqat 15% odam organizmidan chiqariladi: 3% dan kamrog‘i – buyraklar va ichak orqali va taxminan 12% – nafas bilan chiqarilayotgan SO2 bilan chiqariladi. Preparatni siydik bilan chiqarilishida 2 bosqichni ajratish mumkin: taxminan 36 soat davom etuvchi birinchi bosqich, unda chiqarilish tezligi tez kamayadi va ikkinchi bosqich, unda chiqarilish tezligi ancha sekinroq kamayadi. SO2 bilan chiqarilganida ham shunday holat kuzatiladi, nafas bilan chiqariladigan SO2 ni chiqarilish tezligi taxminan 15 soat o‘tgach tez kamayadi, so‘ngra u ancha sekinroq pasayadi.

– Ishemik insultning o‘tkir davri (majmuaviy davolash tarkibida). – Ishemik va gemorragik insultlarning tiklanish davri. – Bosh-miya jarohati (BMJ), o‘tkir (majmuaviy davolash tarkibida) va tiklanish davri. – Degenerativ yeki qon-tomir kelib chiqishiga bog‘liq bo‘lgan tserebral patologiyali kognitiv, sensitiv, motorik va neyropsixologik buzilishlar.

Preparat peroral buyuriladi. Qo‘llashdan oldin preparatni oz miqdordagi (120 ml yoki 1/2 stakan) suvda suyultirish kerak. Ovqat vaqtida yoki ovqat qabul qilishlar orasida qabul qilinadi. Tavsiya qilingan dozalash tartibi Ishemik insult va bosh-miya jarohati (BMJ) ning o‘tkir davri: 1000 mg (10 ml) dan har 12 soatda buyuriladi. Davolashning davomiyligi kamida 6 hafta. Ishemik va gemorragik insultlarning tiklanish davri, bosh-miya jarohatining tiklanish davri, bosh miyaning degenerativ va qon-tomir oqibatidagi kasalliklaridagi kognitiv va xulqiy buzilishlar: Kuniga 500-2000 mg (5-10 ml) kuniga 1-2 marta buyuriladi. Doza va davolashning davomiyligi kasallikning simptomlarini og‘irligiga bog‘liq. Keksa patsiyentlar Preparati keksa patsiyentlarga buyurilganda dozani to‘g‘rilash talab qilinmaydi.

Nojo‘ya samaralarning tez-tezligi Juda kam (<1/10000) (shu jumladan xususiy holatlar): Allergik reaktsiyalar (toshma, terini qichishishi, anafilaktik shok), bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, qizib ketish hissi, tremor, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, gallyutsinatsiyalar, shishlar, hansirash, uyqusizlik, qo‘zg‘alish, ishtaxani pasayishi, falajlangan qo‘l-oyoqlarda uvishish, jigar fermentlari faolligini o‘zgarishi. Ayrim hollarda preparat parasimpatik nerv tizimini rag‘batlantirishi, shuningdek arterial bosimni qisqa muddatli o‘zgarishini chaqirishi mumkin. Agarda yo‘riqnomada ko‘rsatilgan nojo‘ya samalardan birontasi og‘irlashsa, yoki yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan har qanday boshqa nojo‘ya samaralari sezilgan bo‘lsa, bu haqida shifokorga xabar berish kerak.

-preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik; -yaqqol vagotoniya (vegetativ nerv tizimining parasimpatik qismining tonusini ustunligi); -fruktozani o‘zlashtiraolmaslik bilan bog‘liq kam uchraydigan nasliy kasalliklar;

Tsitikolin levodopaning samarasini kuchaytiradi. Meklofenoksat saqlovchi dori vositalari bilan bir vaqtda buyurish mumkin emas.

Sovuqda konservantning vaqtinchalik qisman kristallanishi tufayli ozgina miqdorda kristallarhosil bo‘lishi mumkin. Keyinchalik tavsiya qilingan sharoitlarda saqlanganida kristallar bir necha oy davomida erib ketadi. Kristallarning borligi preparatning sifatiga ta’sir qilmaydi. Davolanish davrida maxsus e’tibor va tezkor reaktsiyalarni talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlarini (avtomobil va boshqa transport vositalarini boshqarish, harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash, dispetcher va operatorning ishi va hokazolar) bajarishda ehtiyotkorlikka amal qilish kerak. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi Tsitikolinni homilador ayollarda qo‘llash bo‘yicha yetarli ma’lumotlar yo‘q. Garchi hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda salbiy ta’siri aniqlanmagan bo‘lsada, homiladorlik davrida preparatni faqat ona uchun kutilayotgan foyda, homila uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina buyuriladi. Preparat laktatsiya davrida buyurilganida ayollar emizishni to‘xtatishlari lozim, chunki tsetikolinni ayollar suti bilan chiqarilishi to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q. Preparat yangi tugilgan chaqaloqlarda tibbiy ko‘rsatmalar asosida qo‘llanilishi mumkin. Preparat qabul qilinishida yosh bo‘yicha chegaralanmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik lozim.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Preparatning kam zaharliligini hisobga olib, dozani oshirib yuborilish hollari ta’riflanmagan.

Retsept bo‘yicha

Ichga qabul qilish uchun 100mg/ml eritma. 30 ml dan flakonlarda.

3 yil.