Borat kislotasi

Tarkibi:

3 g, 5 g, 7 g, 10 g, 20 g borat kislotasi Ta’rifi: oq yoki deyarli oq kristall kukun; rangsiz, yaltiroq, ushlab ko‘rganda bir oz yog‘li tangachalar yoki mayda kristallar.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

borat kislotasi

Preparatning savdo nomi:

Borat kislotasi

Farmakalogik guruhi:

Antiseptik va dezenfektsiya uchun vosita.

Dori shakli:

mahalliy qo‘llash uchun kukun

Antiseptik va dezenfektsiya uchun vosita.

D08AD

Dermatitlar, piodermiya, ekzema (shu jumlardan nam ekzema), bezli toshma, konyuktivit, otit, kolpit, pedikulyozda qo‘llanadi.

Sirtga 3% li eritma xo‘llangan ko‘rinishda qo‘yiladi. Teri kasalliklarida (nam ekzema, dermatitlar, pioderma, yorgak toshmalarda) 3% eritma xo‘llangan ko‘rinishda qo‘yish buyuriladi. Qo‘llash usuli: issiq qaynatilgan 65-70 ml suvda 2 g kukun eritiladi (1/2 choy qoshiq kukun issiq qaynatilgan 80-90 ml suvda eritiladi), eritma xona haroratgacha sovutiladi va xo‘llangan ko‘rinishda ishlatiladi.

Borat kislotasiga yuqori sezuvchanlik, buyrak faoliyatini buzilishi, homiladorlik davrida, yosh bolalar, laktatsiya davrida sut bezlariga ishlov berish mumkin emas. Dorilarning o‘zaro ta’siri Sirtga qo‘llanilganda boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilishi ta’riflanmagan. Maxsus ko‘rsatmalar Borat kislotasini keng teri yuzalariga, hamda bo‘shliqlarni chayish uchun ishlatilmaydi. Sochlar bilan qoplangan teriga hamda o‘tkir yallig‘lanish kasalliklarida borat kislotasi ishlatilmaydi. Preparat bolalar olomaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Doza oshirib yuborilganda va uzoq vaqt foydalanganda, o‘tkir va surunkali toksik reaktsiyalarga bo‘lishi mumkin (ko‘ngil aynishi, qusish, dirayeya, toshma, bosh og‘rig‘i, ongni chalkashishi, tirishishlar, oliguriya, shok). Davolash: simptomatik.

Retseptsiz

Paketchalarda 3, 5, 7, 10, 20 grammdan kukun.

3 yil. Ulashish: 17 503 Views