Bofen rasmini ko'rish

Tarkibi:

5 ml preparat quyidagilarni saqlaydi: faol modda: ibuprofen (100% quruq moddaga qayta xisoblaganda) – 100 mg; yordamchi moddalar: natriy benzoati (Ye 211), glitserin, suyuq maltit, natriy saxarini, natriy tsitrati, limon kislotasi monigidrati, natriy xloridi, polisorbat 80,  ksantan kamedi, apelsin aromatizatori, tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

ibuprofen

Preparatning savdo nomi:

Bofen

Farmakalogik guruhi:

Tayanch-harakat apparatiga ta’sir qiluvchi vositalar. Nosteroid yallig‘lanishga qarshi va revmatizmga qarshi vositalar. Propion kislotasining xosilalari. Ibuprofen.

Dori shakli:

oral suspenziya

oq yoki deyarli oq rangli, o‘ziga xos apelsin hidli suspenziya.

Tayanch-harakat apparatiga ta’sir qiluvchi vositalar. Nosteroid yallig‘lanishga qarshi va revmatizmga qarshi vositalar. Propion kislotasining xosilalari. Ibuprofen.

M01AЕ01.

Ichga qabul qilinganidan keyin ibuprofen ovqat hazm qilish yo‘llaridan tez so‘riladi va biroz vaqt oralig‘idan so‘ng ta’sir ko‘rsata boshlaydi. Preparatning ta’siri 8 soatgacha davom etadi.

3 oylikdan (tana vazni 5 kg dan kam bo‘lmagan) 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda kelib chiqishi turlicha bo‘lgan isitmani, immunizatsiyadan keyingi, o‘tkir respirator virusli infektsiyalar, shu jumladan grippdagi isitmani, simptomatik davolash;bosh, tish og‘rig‘i, tomoqdagi, tishlarning chiqishidagi, tishlar olib tashlangandan keyingi, boylamlar cho‘zilganidagi og‘riq va og‘riqning boshqa, shu jumladan yallig‘lanish genezli turlarida qo‘llaniladi.

Qisqa muddatli qo‘llash uchun buyuriladi. Har bir qo‘llash oldidan suspenziyani chayqatish kerak. Doza bolaning yoshi va tana vazniga bog‘liq. Sutkalik doza bolaning tana vazniga 20-30 mg/kg ni tashkil qiladi. Bir martalik doza tana vazniga 5-10 mg/kg ni tashkil qiladi. Maksimal sutkalik doza tana vazniga 30 mg/kg dan oshmasligi kerak. Isitma va og‘riqda qo‘llash: 3 oylikdan 6 oylikkacha bo‘lgan bolalar – 2,5 ml dan suspenziya (50 mg) har 8 soatda, lekin sutkada 3 martadan ko‘p emas, sutkalik doza 7,5 ml (150 mg) ni tashkil qiladi; 6 oylikdan 12 oylikkacha – 2,5 ml dan suspenziya (50 mg) har 6-8 soatda, lekin sutkada 4 martadan ko‘p emas,  sutkalik doza 10 ml (200 mg) ni tashkil qiladi; 1 yoshdan 3 yoshgacha – 5 ml dan suspenziya (100 mg) har 8 soatda, lekin sutkada 3 martadan ko‘p emas,  sutkalik doza 15 ml (300 mg) ni tashkil qiladi; 4 yoshdan 6 yoshgacha – 7,5 ml dan suspenziya (150 mg) har 8 soatda, lekin sutkada 3 martadan ko‘p emas, sutkalik doza 22,5 ml (450 mg) ni tashkil qiladi; 7 yoshdan 9 yoshgacha – 10 ml dan suspenziya (200 mg) sutkada 3 marta (sutkada 600 mg); 10 yoshdan 12 yoshgacha – 15 ml dan suspenziya (300 mg) sutkada 3 marta (sutkada 900 mg) buyuriladi. Immunizatsiyadan keyingi isitmada qo‘llash: 3-6 oylik bolalar – 2,5 ml (50 mg), zarurati bo‘lganida – 4 soatdan keyin yana 2,5 ml (50 mg), lekin 24 soat davomida 5 ml (100 mg) dan ortiq qo‘llanmasligi kerak. Davolash davomiyligi kasallikni kechishiga bog‘liq va odatda 3 sutkani tashkil qiladi, agar isitma 3 sutka davomida o‘tib ketmasa, shifokorga murojaat qilish kerak. Agar 3-6 oylik bolalarda kasallik boshlangandan keyin 24 soatdan ko‘proq simptomlar saqlansa, darhol shifokorga murojaat qilish kerak.

Immun tizimi: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, shu jumladan teri toshmalari, eshakemi va qichishish; nospetsifik allergik reaktsiyalar, anafilaktoid/anafilaktik reaktsiyalar, shu jumladan yuz, til, xalqumni shishi, hansirash, taxikardiya, arterial gipotenziya bilan kechuvchi Kvinke shishi, anafilaktik shok; bronxial astma, bronxial astma simptomlarini zo‘rayishi, bronxospazm; odatda mavjud autoimmun kasalliklari (tizimli qizil yugurik, biriktiruvchi to‘qimaning diffuz kasalliklar) bo‘lgan patsiyentlarda – ensa mushaklarining rigidligi, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish, isitma, dezoriyentatsiya bilan kechuvchi aseptik meningit. Qon tizimi va limfatik tizimi: qon yaratilishini buzilishi (anemiya, shu jumladan gemolitik, aplastik anemiya, gematokritni va gemoglobin darajasini pasayishi, leykopeniya, trombotsitopeniya purpura bilan/usiz, pantsitopeniya, neytropeniya, agranulotsitoz, eozinofiliya), ko‘karishlar, trombotsitlarning qaytuvchi agregatsiyasi, o‘pkali eozinofiliya. Birinchi belgilari:  isitma, tomoq og‘rig‘i, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining eroziyalari, grippsimoni simptomlar, yuqori charchoqlik hissi, qon ketishi, shu jumladan burundan, ekximozlar, menorragiyalar. Ibuprofen bilan davomli davolashda qon manzarasini nazorat qilish kerak. Teri va teri osti kletchatkasi: toshma (shu jumladan makulopapulez toshma), eksfoliativ va bullez dermatitlar (shu jumladan Stivens-Djonson sindromi, ko‘p shaklli eritema va toksik epidermal nekroliz), purpura; terini qipiqlanishi, alopetsiya, fotosensibilizatsiya, terchanlikni oshishi. O‘ta kam hollarda og‘ir teri infektsiyalari va suvchechakni kechishi vaqtida yumshoq to‘qimalar tomonidan asoratlar kuzatilishi mumkin. Ovqat hazm qilish tizimi: ko‘ngil aynishi, qusish, ishtahani o‘zgarishi (shu jumladan anoreksiya), epigastriyda diskomfort va og‘riq his qilish, dispepsiya, diareya, og‘izni qurishi, meteorizm, qabziyat; jig‘ildon qaynashi, glossit, ezofagit, gastrit, duodenit, me’da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishlari (shu jumladan yarali stomatit, me’da yarasi), perforatsiya yoki me’da-ichak qon kerishlari (shu jumladan rektal qon ketishlari), melena, ba’zida o‘lim bilan yakunlanuvchi gematemezis, yarali kolit va Kron kasalligini zo‘rayishi, pankreatit. Gepatobiliar tizim: jigar faoliyatini buzilishi, ayniqsa uzoq vaqt qo‘llanganda, gepatit, sariqlik, gepato-renal sindrom, gepatonekroz, jigar yetishmovchiligi ko‘rinishida. Nerv tizimi: bosh og‘rig‘i, tirishishlar, bosh aylanishi, ongni chalkashishi, lohaslik, charchoq, emotsional beqarorlik, jizzakilik, asabiylik, depressiya, uyquchanlik, paresteziyalar, uyqusizlik, xavotirlik, psixomotor qo‘zg‘alish, tserebrovaskulyar asoratlar, gallyutsinatsiyalar, koma. Siydik chiqarish tizimi: tsistit, dizuriya, giperkaliyemiya, giperurikemiya, azotemiya, kreatinin klirensini pasayishi, oliguriya/poliuriya, shishlar bilan kechuvchi buyrak faoliyatini buzilishi, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi (ayniqsa buyrak faoliyatini yondosh ahamiyatli buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda), tubulyar nekroz, papillyar nekroz (ayniqsa uzoq muddat qo‘llanganida, qon zardobida mochevina darajasini oshishi bilan assotsiatsiyalangan), turli shakllardagi toksik nefropatiya, shu jumladan interstitsial nefrit, glomerulonefrit, nefritik sindrom, nefrotik sindrom, gematuriya, proteinuriya. Yurak-qon tomir tizimi: suyuqlikni tutilishi, shishlar, arterial gipotenziya/gipertenziya, yurak urishi, aritmiyalar (shu jumladan sinusli taxikardiya/bradikardiya), yurak yetishmovchiligi, odatda yurak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda, arterial tromboz (miokard infarkti yoki insult). Sezgi a’zolari: quloqlarni shang‘illashi, eshitishni buzilishi, eshitishni yo‘qolishi, vertigo, ko‘ruv nervining toksik nevriti, ko‘rishni noaniqligi, ko‘rishni pasayishi, skotoma, toksik ambliopiya, diplopiya, rangli ko‘rishni o‘zgarishi, kon’yunktivit, ko‘z shilliq qavatini qurishi. Boshqalar: endokrin tizimi va metabolizmda o‘zgarishlar, nafasni susayishi, apnoe, o‘pkalarning nokardiogen shishi, pnevmoniya, alveolit, rinit. Har qanday nojo‘ya reaktsiyalar paydo bo‘lganida Bofen qabul qilishni to‘xtatish va darhol shifokorga murojaat qilish lozim.

Ibuprofenga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;atsetilsalitsil kislotasi yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarga yuqori sezuvchanlik;boshqa NYAQV, shu jumladan tsiklooksigenaza-2 ning selektiv ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llash;me’daning yara kasalligi/faol shakldagi qon ketishi yoki anamnezdagi qaytalanishlar (yara kasalligi yoki qon ketishining ikki yoki ko‘proq yaqqol epizodlari);ilgari ibuprofen, atsetilsalitsil kislotasi (aspirin) yoki boshqa NYAQP qo‘llanganidan keyin kuzatilgan o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (masalan, astma, rinit, angionevrotik shishi yoki eshakemi);qon yaratilishini yoki qon ivishini buzilishlari;tserebrovaskulyar yoki boshqa qon ketishlar;NYAQV bilan oldingi davolash bilan bog‘liq bo‘lgan anamnezdagi me’da-ichakdan qon ketishilar/perforatsiya;jigar, buyrak faoliyatini og‘ir buzilishi; yurak yetishmovchiligi;eshitishni pasayishi;fruktozani nasliy o‘zlashtiraolmaslikda qo‘llash mumkin emas.

Ibuprofenni boshqa NYAQS kabi quyidagilar bilan majmuada qo‘llash mumkin emas: aspirin bilan: aspirin (sutkada 75 mg dan yuqori bo‘lmagan dozada) shifokor buyurgan hollardan tashqari hollarda, chunki bu nojo‘ya reaktsiyalarni paydo bo‘lish xavfini oshirishi mumkin. Sulfonilmochevina preparatlari va fenitoin bilan: samarasi kuchayishi mumkin. Antikoagulyantlar bilan: NYAQV varfarin kabi antikoagulyantlarning davolovchi samarasini oshirishi mumkin. Litiy bilan: bu preparatlarning buyrakdan chiqarilishini pasayishi tufayli, qon plazmasida ularning darajasi oshishi mumkin. Metotreksat bilan: metotreksatning buyrak naychalari sekretsiyasi  kamayishi mumkin, bu bilan uning qondagi kontsentratsiyasi va gematotoksikligi oshadi. Antigipertenziv preparatlar (AAF ingibitorlari va angiotenzin II antagonistlari) va diuretiklar bilan: ularning samarasini pasayishi mumkin. Buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan ayrim patsiyentlarda (masalan, suvsizlanishli yoki buyrak faoliyati susaygan keksa patsiyentlarda) AAF ingibitorlari yoki angiotenzin II antagonistlari va tsiklooksigenazani ingibitsiya qiluvchi preparatlarni bir vaqtda qo‘llash, buyrak faoliyatini yanada yomonlashishiga, shu jumladan mumkin bo‘lgan o‘tkir buyrak yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin, bu odatda qaytuvchi xarakterga ega. Shuning uchun bunday majmualarni, ayniqsa keksa patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Uzoq muddatli davolash zarurati tug‘ilganida patsiyentni adekvat gidratatsiyasini o‘tkazish va majmuaviy davolashni boshida, shuningdek keyinchalik ma’lum davriylik bilan buyrak faoliyatini monitoringini o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqish kerak. Diuretiklar NYAQV ning nefrotoksik ta’siri xavfini oshirishi mumkin. Kortikosteroidlar (shu jumladan glyukokortikosteroidlar) bilan: nojo‘ya reaktsiyalar, ayniqsa me’da-ichak yaralari va qon ketishlarini yuz berish  xavfini oshirishi mumkin. Yurak glikozidlari (shu jumladan digoksin) bilan: yurak yetishmovchiligini zo‘rayishini chaqirishi, kalava filtratsiyasi tezligini pasaytirishi va qon plazmasida glikozidlarning darajasini oshirishi mumkin. Antitrombotsitar vositalar va serotoninning selektiv ingibitorlari bilan: me’da-ichakdan qon ketishi paydo bo‘lish xavfi oshishi mumkin. Kaltsinevrin ingibitorlari (tsiklosporin, takrolimus) bilan: buyrak prostaglandinlariga ta’siri orqali, NYAQV bu preparatlarning nefrotoksikligini oshiradi. Mifepriston bilan: mifepriston qo‘llagandan keyin 8-12 kun davomida NYAQV ni qabul qilish mumkin emas, bu oxirgisining ta’sir samarasini kamayishiga olib kelishi mumkin. Zidovudin bilan: zidovudin va ibuprofen bilan yondosh davolash qabul qilayotgan OITV-infektsiyalangan patsiyentlarda gemartrozlar va gematomalar xavfi oshadi. Xinolon antibiotiklar bilan: tirishishlarni yuz berishi xavfi oshishi mumkin. Probenetsid, sulfinpirazon bilan: ibuprofen bilan bir vaqtda qo‘llash, oxirgilarni organizmdan chiqarilishini kechikishini chaqirishi mumkn. Aminoglikozidlar bilan: NYAQV aminoglikozidlarni chiqarilishini kamaytirishi mumkin. Xolesteramin bilan: bir vaqtda buyurilganida ibuprofenning me’da-ichak yo‘llaridan so‘rilishi kamayishi mumkin. Klinik ahamiyati noma’lum. Antidepressantlar, klopidogrel, prasugrel, geparin, pentoksifillin, dorivor o‘tlarning ekstraktlari (masalan, Gingko bilobi) bilan: NYAQV, shu jumladan ibuprofen bilan qo‘llanganda qon ketish xavfi oshishi mumkin. CYP2C9 ingibitorlari bilan: farmakokinetik o‘zaro ta’sirning mumkinligi: ibuprofenning (CYP2C9 substrati) ta’siri vaqtini (ekspozitsiyasi) oshishi. CYP2C9 ning kuchli ingibitorlari (vorikonazol, flukonazol kabilar) bilan bir vaqtda, ayniqsa ibuprofenni yuqori dozalarida qo‘llanganda, ibuprofenning dozasini kamaytirishni hisobga olish kerak. Aliskiren, ά-adrenoblokatorlar, β-adrenoblokatorlar, kaltsiy kanallarining blokatorlari, klonidin, metildopa, nitratlar bilan: NYAQV ularning gipotenziv samarasiga qarshi ta’sir qiladi.

Preparatni qo‘llashni boshlashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak! Nojo‘ya reaktsiyalar xavfini kamaytirish uchun kasallikning simptomlarini yo‘qotish uchun kerak bo‘lgan eng kam samarali dozani minimal muddat davomida qo‘llash kerak. Ibuprofen infektsiyalarning belgilarini niqoblashi mumkin. Mavjud bo‘lgan suvchechakda, terini og‘ir infektsion shikastlanishlari va yumshoq to‘qimalar tomonidan asoratlar bo‘lishi mumkinligi tufayli, ibuprofenni qo‘llashdan saqlanish tavsiya etiladi. NYAQV, shu jumladan ibuprofenni qo‘llash, bronxial astma, nafas yo‘llarining surunkali obstruktiv kasalliklari, allergik kasalliklari yoki anamnezida bu kasalliklar bo‘lgan patsiyentlarda bronxospazm, astma xurujlari, burun shilliq qavatini shishini qo‘zg‘atishi mumkin. O‘ta yuqori sezuvchanlikning og‘ir o‘tkir reaktsiyalari, shu jumladan anafilaktik shok kam kuzatilgan. O‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarining birinchi belgilarida Bofen preparatini qo‘llashni to‘xtatish kerak. Quyidagilari bo‘lgan shaxslarda ibuprofenni qo‘llashda ehtiyotkorlik kerak: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarining ko‘rinishlari sifatida aseptik meningitni paydo bo‘lishining yuqori xavfi tufayli, tizimli qizil yugirik va biriktiruvchi to‘qimaning boshqa diffuz kasalliklari. Aseptik meningit shuningdek surunkali kasalliklari bo‘lmagan patsiyentlarda xam kuzatilgan;o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarini paydo bo‘lishini yuqori xavfi tufayli, yomonlashgan allergologik anamnez;jigar disfunktsiyasi bilan – arterial bosimni oshishi va/yoki jigar faoliyatini buzilishida yurak yetishmovchiligi kuchayishi mumkin va/yoki organizmda suyuqlikni tutilishi yuz berishi mumkin. Arterial gipertenziyasi va/yoki anamnezida yengil yoki o‘rtacha darajali dimlangan yurak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda davomli davolashni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak (shifokorning maslaxati kerak), chunki boshqa NYAQV bilan davolashdagi kabi, ibuprofen bilan davolashda, suyuqlikni tutilishi, arterial gipertenziya va shish hollari haqida xabar berilgan. Nazorat qilib bo‘lmaydigan arterial gipertenziyasi, dimlangan yurak yetishmovchiligi, barqaror yurak ishemik kasalligi, periferik arteriyalarning kasalliklari va/yoki tserebrovaskulyar patologiyasi bo‘lgan patsiyentlarga ibuprofen faqat foyda/xavf nisbati sinchiklab taxlil qilingandan keyin buyuriladi. Ibuprofenni qo‘llash, ayniqsa yuqori dozalarda (sutkada 2400 mg), shuningdek uzoq muddat davomida davolash arterial tromboembolik asoratlar (masalan, miokard infarkti, insult) xavfini axamiyatsiz oshishiga olib kelishi mumkin. Ibuprofenning past dozasi (masalan, sutkada ≤1200 mg) miokard infarkti xavfini oshishiga olib kelishi mumkin. Yurak-qon tomir asoratlari (arterial gipertenziya, giperlipidemiya, qandli diabet, chekish kabi) xavfining yaqqol omillari bo‘lgan patsiyentlarga NYAQV bilan davomli davolashni faqat sinchkov mulohazadan keyin buyurish kerak. Me’da-ichakdan qon ketishlari, perforatsiyalar, yaralar xavfi anamnezida yara kasalligi bo‘lgan patsiyentlarda NYAQP ning dozasi oshgan sayin oshadi, ayniqsa, agar u qon ketishi yoki perforatsiya bilan asoratlangan bo‘lsa, va keksa shaxslarda. Bu patsiyentlar davolashni minimal dozalardan boshlashlari kerak. Peroral kortikosteroidlar yoki antikoagulyantlar (masalan, varfarin) yoki antitrombotsitar vositalar (masalan, aspirin) kabi gastrotoksiklik yoki qon ketishi xavfini orttirishi mumkin bo‘lgan yondosh preparatlarni qabul qilayotgan patsiyentlarni davolashda extiyotkorlikka rioya qilish kerak. Bu patsiyentlarni davomli davolashda, shuningdek atsetilsalitsil kislotasining (aspirin) past dozalari yoki boshqa dori vositalarini, ular me’da-ichak yo‘llari uchun xavfni oshirishlari mumkin, yondosh qo‘llashga muxtoj patsiyentlar uchun, shifokor tomonidan mizoprestol yoki proton pompasining ingibitorlari bilan majmuaviy davolashni buyurishni ko‘rish kerak. Anamnezida me’da-ichak buzilishlari bo‘lgan patsiyentlar, eng avvalo keksa yoshli patsiyentlar, me’da-ichak yo‘llari tomonidan har qanday g‘ayri-tabiiy bo‘lmagan simptomlar (asosan qon ketishi) xaqida, ayniqsa davolashning boshidagi me’da-ichakdan qon ketishlar xaqida xabar berishlari kerak. Ibuprofen qabul qilayotgan patsiyentlarda me’da-ichakdan qon ketishi yoki yarada, davolashni darhol to‘xtatish kerak. Ibuprofen boshqa NYAQV kabi, trombotsitlar agregatsiyasiga ta’sir qilishi va sog‘lom odamlarda qon ketishi vaqtini uzaytirishi mumkin. Ahamiyatli darajada suvsizlangan patsiyentlarda ibuprofenni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. NYAQV ni qabul qilish nefrotoksiklikka, prostaglandinlar sintezini dozaga bog‘liq pasayishiga olib kelishi va buyrak qon aylanishini buzilishi tufayli, buyrak yetishmovchiligini rivojlanishini qo‘zg‘atishi mumkin. Bunday patsiyentlarda buyrak faoliyatini nazorat qilish kerak. NYAQV bilan davolash tugaganidan keyin buyrak faoliyati odatda tiklanadi. NYAQV ni qo‘llaganda juda kam hollarda, ba’zan o‘lim bilan yakunlanuvchi  jiddiy teri reaktsiyalari, eksfoliativ dermatit, Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz xaqida xabar berilgan. Ko‘pchilik xollarda bu reaktsiyalar patsiyentlarda  qo‘llashning birinchi oyida paydo bo‘lgan. Teri toshmasi, shilliq qavatlarni shikastlanishini birinchi belgilarida yoki o‘ta yuqori sezuvchanlikning har qanday belgilarida Bofenni qabul qilishni to‘xtatish kerak. Tavsiya etilgan dozalarni oshirish mumkin emas.

Preparat faqat tana vazni kamida 5 kg bo‘lgan 3 oylikdan 12 yoshgacha bolalarda qo‘llanadi.

Original o‘ramida, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Bolalarda tana vazniga 400 mg/kg dan ko‘proq qo‘llash intoksikatsiya simptomlarining paydo bo‘lishini chaqirishi mumkin.. Doza oshirib yuborilganida yarim chiqarilish davri 1,5-3 soatgachani tashkil qiladi. Simptomlari: qabul qilingan preparatning miqdori va qabul qilinganidan keyin o‘tgan vaqtga bog‘liq, lekin shaxsiy reaktsiyani istisno qilish mumkin emas. Ko‘pchilik hollarda – qorin og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish, ich ketishi kuzatiladi. Quloqlarda shovqin, lanjlik, uyquchanlik, bosh og‘rig‘i va me’da-ichak qon ketishlari bo‘lishi mumkin. Jiddiyroq zaharlanishlarda bosh aylanishi, tormozlanish, nafasni susayishi/apnoe, tsianoz, hansirash, nistagm, ko‘rishni buzilishi, ba’zida qo‘zg‘alish, tirishishlar, dezoriyentatsiya, es-xushni yo‘qotish, koma kabi neyrotoksiklik simptomlari kuzatiladi. Og‘ir zaharlanishlarda – ahamiyatli arterial gipotenziya, bradikardiya/taxikardiya, yurak bo‘lmachalari fibrillyatsiyasi, giperkaliyemiya, metabolik atsidoz, protrombin vaqtini uzayishi, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, jigar shikastlanishi mumkin. Bronxial astmasi bo‘lgan bemorlarda astma simptomlari zo‘rayishi mumkin. Davolash: simptomatik va tutib turuvchi bo‘lishi, shuningdek nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligini ta’minlanishini o‘z ichiga olishi kerak. Me’dani yuvish (faqat qabul qilinganidan keyin 1 soat davomida), faollashtirilgan ko‘mir, ishqoriy ichimliklar, jadallashtirilgan diurez tavsiya etiladi. Mushaklarning tez-tez va davomli spazmlarida davolashni diazepamni yoki lorazepamni yuborish bilan o‘tkazish kerak. Bronxial astmada bronxodilatatorlarni qo‘llash kerak. Bemorning holatini barqarorlashtirish uchun yurak faoliyati ko‘rsatgichlarini va xayot faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlarini monitoringini o‘tkazish kerak. Gemodializ samarali emas.

Retseptsiz

100 ml dan flakonlarda va bankalarda. 1 flakon yoki 1 banka dozalovchi qoshiqcha bilan birga qutida.

2 yil. Flakon ochilganidan keyin preparatning yaroqlilik muddati 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda 30 sutka.