Blemarenretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: limon kislotasi – 1197,0 mg; kaliy gidrokarbonati – 967,5 mg; natriy tsitrati – 835,5 mg; yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, mannitol, adipin kislotasi, makrogol 6000, natriy saxarinati, limon aromatizatori.

Preparatning savdo nomi:

Blemaren

Farmakalogik guruhi:

nefrolitiazni davolash uchun vosita.

Dori shakli:

vishillovchi tabletkalar

oq rangli, dumaloq shaklli, yassi, qirrali, limon hidli tabletkalar.

nefrolitiazni davolash uchun vosita.

G04BS

Biokiraolishligi – taxminan 100%. Buyrak orqali chiqariladi.

siydik kislotali va kaltsiy-oksalat toshlarini eritish va ularni hosil bo‘lishini oldini olish;aralash siydik kislotali-oksalat toshlarini eritish (oksalatlarning miqdori 25% dan kam bo‘lganida);tsitostatiklar yoki siydik kislotasini chiqarilishini oshiruvchi preparatlarni qabul qiluvchi shaxslarda siydikni ishqoriylashtirish;teri porfiriyasini simptomatik davolashda qo‘llanadi.

Vishillovchi tabletkalar: Qabul qilishdan oldin tabletkalar 200 ml suyuqlikda (choy, meva sharbati yoki ishqoriy mineral suv) eritiladi. Sutkalik doza – 2-6 tabletkani tashkil qiladi. Sutkalik doza kun davomida teng taqsimlanadi va ovqatdan keyin qabul qilinadi. Agar sutka davomida siydik rN 6,2-7,0 (siydik kislota toshlarini eritish uchun); 7,5-8,5 (tsistin toshlari uchun); 7,2-7,5 (porfiriyani davolash uchun); kamida 7,0 (tsitostatiklar bilan davolaganda) chegarasida bo‘lsa doza to‘g‘ri tanlangan deb hisoblanadi. Agar siydik rN ko‘rsatkichi ko‘rsatilgandan pastroq bo‘lsa, dozani oshirish, agar yuqori bo‘lsa – kamaytirish kerak. Davolash davomiyligi – 4-6 oyni tashkil qiladi. Samaradorlik nazoratini (siydik rN ni aniqlash) kuniga 3 marta, har bir martalik dozani qabul qilishdan oldin indikator qog‘ozi yordamida amalga oshiriladi. Qog‘ozda olingan rang 2 minut davomida shkala bo‘yicha baholanadi va olingan ko‘rsatkich nazorat kalendariga kiritiladi. Tsistin toshlari bo‘lganida va porfiriyani davolaganda samaradorlikni nazorat qilish uchun rN 7,2 dan 9,7 gacha kattalikda bo‘lgan maxsus indikator qog‘ozni ishlatish kerak.

Allergik reaktsiyalar, shishlar (natriyni tutilishi), metabolik alkaloz, dispepsiya.

o‘ta yuqori sezuvchanlik;o‘tkir va surunkali buyrak yetishmovchiligi;metabolik alkaloz;mochevinani parchalovchi mikroorganizmlar chaqirgan siydik chiqarish yo‘llari infektsiyalari;siydik rN 7 dan yuqori;qat’iy tuzsiz parhezga rioya qilish zarurati (masalan arterial gipertenziyaning og‘ir shakllari) da qo‘llash mumkin emas.

Tsitratlar va alyumin saqlovchi preparatlarni bir vaqtda qabul qilish alyuminni so‘rilishini kuchayishiga olib kelishi mumkin. Bunday preparatlarni qabul qilish orasidagi oraliq kamida 2 soatni tashkil qilishi mumkin. Preparatning tarkibida kaliy mavjudligi tufayli, yurak glikozidlarini Blemaren bilan birga buyurganda ularning samarasi susaytirishi mumkin. Arterial bosimni pasaytiruvchi ayrim dori vositalari (aldosteron antagonistlari, kaliy tejovchi diuretiklar, angiotenzinga aylantiruvchi ferment blokatorlari), shuningdek nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar va analgetiklar kaliyni chiqarilishini kamaytirishi mumkin. Bunday vositalarni bir vaqtda qabul qilish mumkinligini shifokor belgilaydi.

O‘rtacha sutkalik doza (4 vishillovchi tabletka) taxminan 1,5 mg kaliy va 0,9 g natriy saqlaydi (osh tuzini qabul qilish cheklangan bemorlarda e’tiborga olish kerak). Kaliy ionlarini tutilishi bilan kechmaydigan surunkali buyrak yetishmovchiligida qo‘llash mumkin. Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarga buyurish mumkin. Siylik kislotali toshlarni eritganda sutkalik dozani oshirish mumkin emas, chunki rN 7,0 dan oshganida siydik kislotali kristallarda fosfatlarni cho‘kishi yuz beradi, bu ularni keyinchalik erishiga to‘sqinlik qiladi. Davolash vaqtida oqsil va purin asoslariga boy ovqatlarni qabul qilishni cheklash, shuningdek yetarli miqdorda suyuqlik (kamida 1,5-2 litr) qabul qilishni ta’minlash kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Ochilgandan keyin namlikdan himoyalansin!

Retsept bo‘yicha

20 tabletkadan plastmass tubada. 4 tuba indikartor qog‘oz, nazorat kalendari va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

2 yil.