Benzonalretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: benzobarbital – 100 g; yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, metiltsellyuloza, stearin kislotasi.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

benzobarbital (benzobarbital)

Preparatning savdo nomi:

Benzonal

Farmakalogik guruhi:

tirishishga qarshi preparat

Dori shakli:

ichga qabul qilish uchun tabletkalar

dumaloq, bir tomonida riskasi va ikki tomonida faskasi bo‘lgan, xidsiz yassi, oq rangli, tabletkalar.

tirishishga qarshi preparat

N03AA.

So‘rilishi Benzobarbital me’da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi. Taqsimlanishi Plazma oqsillari bilan sust bog‘lanadi. Miyada, jigarda va buyrakda yuqori kontsentratsiyalari hosil bo‘ladi. Gistogematik to‘siq orqali va ko‘krak sutiga o‘tadi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) 3-4 kunni tashkil qiladi. Metabolizmi va chiqarilishi Tutqanoqqa qarshi ta’sir ko‘rsatuvchi fenobarbitalni ajratib, organizmda tez metabolizmga uchraydi. Keyinchalik tsitoxrom R450 mikrosomal tizimi orqali oksidlanadi. Ham o‘zgarmagan holda, ham metabolitlar ko‘rinishida buyrak orqali chiqariladi.

Tirishish sindromi. Turli genezli tutqanoq (djekson, kojevnikov – fokal xurujlar). Kichik xurujlarda (tirishishlarsiz) qo‘llaniladi.

Ichga, ovqatdan keyin qabul qilinadi. Dozalash tartibi shaxsiy ravishda belgilanib, shifokor tomonidan buyuriladi. Kattalar uchun bir martalik doza 100 mg dan 300 mg gacha, sutkalik doza – 800 mg gacha o‘zgarib turadi. Ko‘pchilik hollarda Benzonalni 100 mg dan sutkada 3 marta buyuriladi. Davolash bir martalik dozani bir marta qabul qilishdan  boshlanadi. 2-3 kundan keyin dozani klinik samaraga erishgungacha (xurujlar sonini kamayishi yoki to‘liq yo‘qolishigacha) oshirish kerak. Davolashni uzoq, kamida 1-3 yil (xatto xurujlar bo‘lmaganda ham) sutkada bitta bir martalik dozadan buyurib davom ettirish kerak. xurujlar qaytadan boshlagan hollarda avvalgi sutkalik dozaga qaytish lozim. Kattalar uchun eng yuqori dozalar: bir martalik doza – 300 mg, sutkalik doza – 1000 mg. 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga bir martalik doza – 25-50 mg, sutkalik doza – 100- 150 mg ni tashkil qiladi; 7 yoshdan 10 yoshgacha: bir martalik doza – 50-100 mg; 11 yoshdan 14 yoshgacha: bir martalik doza – 100 mg, sutkalik – 300-400 mg ni tashkil etadi; Katta yoshdagi bolalar uchun eng katta doza: bir martalik – 150 mg, sutkalik doza – 450 mg ni tashkil etadi. Agar bemor ilgari boshqa tutqanoqqa qarshi vositalarni qabul qilgan bo‘lsa, Benzonal bilan davolashga asta sekin o‘tish kerak: avval bir dozani benzonal bilan almashtiriladi, so‘ngra (3-5 kundan keyin) preparatning ikkinchi va uchinchi dozalari almashtiriladi.

Markaziy nerv tizimi tomonidan: kam hollarda – ko‘nikish, doriga qaramlik, “bekor qilish” sindromi, uyquchanlik, holsizlik, tormozlanish, bosh og‘rig‘i, nutqni qiyinlashishi, ataksiya, nistagm, ruhiy reaktsiyalarni sekinlashuvi. Nafas tizimi tomonidan: bronxospazm. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial bosimni pasayishi, trombotsitopeniya, anemiya, tromboflebit. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ishtaxani pasayishi. Boshqalar: allergik reaktsiyalar. Odatda, bu holatlar 3-4 kundan keyin mustaqil ravishda o‘tib ketadi. Zarurat bo‘lganda preparatning dozasini kamaytirish yoki kofein buyurish mumkin.

shaxsiy o‘zlashtira olmaslik.jigar va/yoki buyrak faoliyatini buzilishlari bilan kechuvchi og‘ir kasalliklari,dekompensatsiya fazasidagi surunkali yurak yetishmovchiligidepressiv holatlar (o‘z joniga qasd qilishga urinishlar bilan kechuvchi holatlar)anemiyabronxial astmagipertireozqandli diabetbuyrak usti bezi yetishmovchiligi,giperkinezlar,homiladorlik (I uch oylik), emizish davri,3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Narkotik analgetiklarni, umumiy anesteziya dori vositalarini, neyroleptiklarni, trankvilizatorlarni, tritsiklik antidepressantlarni, etanolni, uxlatuvchi dori vositalarining samarasini kuchaytiradi; paratsetamol, antikoagulyantlar, tetratsiklinlar, grizeofulvin, glyukokortikosteroidlar, mineralokortikoidlar, yurak glikozidlari, xinidin, D vitamini va ksantinlarning samarasini susaytiradi.

Xozirgi vaqtda tutqanog‘i bo‘lgan bemorlarni davolashni boshqa tutqanoqqa qarshi vositalar, nojo‘ya samaralari kamroq bo‘lgan dori vositalari (valproat kislotasi, karbamazepin va boshqalar) bilan boshlash kerak. Benzonalni majmuaviy davolash tarkibida buyurish mumkin. Avtotransportni xaydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Benzobarbitalni qabul qilayotgan patsiyentlar yuqori diqqatni jamlashni va psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanilmasin.

Preparat yorug‘likdan va namlikdan himoyalangan joyda, 15°S dan 25°S gacha haroratda saqlansin.

Simptomlari: doza oshirib yuborilganda yengil va o‘rtacha og‘irlikdagi xolatlarda ongni chalkashishi, uyquchanlik kuzatiladi. Og‘ir xolatlarda – koma, ongni buzilishi, taxikardiya, aritmiya, arterial bosimni pasayishi, reflekslarni pasayishi yuz beradi. Davolash: zarurat bo‘lganida simptomatik davolashni o‘tkazish kerak.

Retsept bo‘yicha

48 tabletka saqlovchi karton o‘ram: xar birida 24 tabletkadan 2 blister.

3 yil.