Benikvit Vretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

3 ml li har bir ampulada quyidagilar saqlanadi: faol moddalar: tiamin gidroxloridi (V1 vitamini) – 100 mg; riboflavin natriy fosfati (V2 vitamini) – 5 mg; piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini) – 100 mg; nikotinamid – 100 mg; tsianokobalamin (V12 vitamini) – 1000 mkg; D-pantenol – 50 mg; yordamchi moddalar: benzil spirti, xlorbutanol, EDTA, monotioglitserol, polisorbat 80, propilenglikol, inyektsiya uchun suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

V guruhi vitaminlarining majmuasi. Dori shakli: inyektsiya uchun eritma.

Preparatning savdo nomi:

Benikvit V

Farmakalogik guruhi:

vitaminlar.

qizildan qizg‘ish jigarrang rangigacha bo‘lgan eritma, qahrabo rangli ampulalarda.

vitaminlar.

A11BA Farmakologik xususiyatlari Yog‘da va suvda eriydigan majmuaviy vitamin preparati bo‘lib, tarkibiga quyidagilar kiradi: V1 vitamini – uglevodlar metabolizmida qatnashadi, nerv tizimining faoliyatini faollashtiruvchi kofermentdir (nerv impulslarini o‘tkazilishi uchun zarur omil). Pentozo-fosfat geksoz utilizatsiyalarida koferment xisoblanadi, bundan tashqari, nuklein kislotalarining o‘tmishdoshi – nukleotidlarning sintezida qatnashadi. Bu vitamin tanqisligida Beri-beri kasalligi rivojlanadi. V2 vitamini – xujayra nafasi va ko‘rish jarayonlarining eng muhim katalizatoridir. U organizmda flavoenzim-flavin mononukleotidi va flavin adenin dinukleotidini o‘zgartiradi. Ular mitoxondriylarning nafas zanjirida elektronlarni o‘tkazishda va uglevodlar, yog‘ kislotalari va aminokislotalarning metabolizmini ko‘p martalik oraliq bosqichlarida ichki oksidlanishda koferment sifatida ishlaydi. Ko‘pincha nikotin kislotasining tanqisligi bilan birga riboflavinning tanqisligi teri va shilliq qavatlarning shikastlanishilarini (xeylit, stomatit), ko‘rishning buzilishlarini (irit, kon’yunktivit), ba’zida qon aylanishini buzilishini (mushak spazmlari, migren) chaqiradi. V6 vitamini – piridoksal-5-fosfat ko‘rinishida koferment sifatida ko‘pchilik fermentativ reaktsiyalarda, shu jumladan transaminizatsiyada va dekarboksilizatsiyada ishtirok etadi. Vitamin neyromediatorlarning sintezida qatnashishi tufayli, oqsillar va aminokislotalarning metabolizmi, shuningdek aksonlarning miyelin qobig‘ini shakllanishida juda muhimdir. V6 vitaminining yetishmovchiligida nerv tizimining kasalliklarini rivojlanishi va eritrogenez sekinlashishi mumkin. V12 vitamini – eritrotsitlarni hosil bo‘lishi, o‘sishi va miyelinni shakllanishi uchun muhimdir. V12 vitaminining tanqisligi megaloblast anemiyani rivojlanishiga, demiyelinizatsiyaga va boshqa nevrologik buzilishlarga olib keladi. Nikotinamid- bir nechta degidrogenazalar va oksidazalarning elektronlarni o‘tkazishida qatnashadi. Ular hujayralar nafasida, yog‘ va uglevodlar almashinuvida muhim rol o‘ynaydi. Yetishmovchiligi terida namoyon bo‘luvchi va me’da-ichak hamda nerv-ruhiy buzilishlar bilan kechuvchi pellagrani chaqiradi. D-pantenol – atsetilizatsiyada va oksidlanishda rol o‘ynaydi, uglevodlar, yog‘lar metabolizmida va atsetilxolinning sintezida ishtirok etadi. Yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega.

Gipovitaminoz, astenik va nevrotik holatlar, turli etiologiyali polinevritlar, nevralgiyalar, dermatitlar va turli etiologiyali dermatozlarni oldini olish va davolash uchun qo‘llanadi. Qo‘llash usuli va dozalari Mushak ichiga kuniga 1 marta yoki shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llaniladi.

Terlash, taxikardiya, husnbuzar toshmasi, boshqa tizimli reaktsiyalar, allergik reaktsiyalar: teri toshmasi va eshakemi, qichishish, bronxospazm, Kvinke shishi, anafilaktik shok kuzatilishi mumkin.

Preparatning turli komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Tiamin sulfit saqlovchi moddalar tomonidan to‘liq dekompensatsiyalanadi. Boshqa vitaminlar V1 vitaminining parchalanish mahsulotlari ishtirokida faolsizlanadi. Levodopa V6 vitaminining terapevtik samarasini oladi. Tsikloserin, D-penitsillamin, adrenalin, noradrenalin va sulfanilamidlar bilan o‘zaro ta’sir qiladi. Preparat oksidlanish-qaytarilish moddalari va fenobarbital, riboflavin, benzilpenitsillin, glyukoza, metabisulfitlar hamda og‘ir metall tuzlari bilan nomutanosibdir. Mis tiaminni parchalanishini tezlashtiradi, rN 3 dan ortiq bo‘lganida tiamin faolligini yo‘qotadi.

Benikvit V ni homiladorlik va laktatsiyada qo‘llanishi – shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va emizikli bolalarda ishlatilmasin. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Retsept bo‘yicha

Inyektsiya uchun eritma 3 ml dan qahrabo rangli shisha ampulalarda. 5 ampula qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan plastik lotokda. Saqlash sharoiti Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

2 yil.