Bendalretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Faol modda: Albendazol – 400 mg. Yordamchi moddalar: natriy saxaroza, natriy benzoati, limon kislotasi, guar qatroni, ksantan qatroni, suvsiz kremniy dioksidi (aerosil), qalampir yalpiz moyi, saxaroza, mentol, tvin–80 (polisorbit 80), sorbitol, metilparaben, propilparaben, natriy gidroksidi, tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Albendazol

Preparatning savdo nomi:

Bendal

Farmakalogik guruhi:

Antigelmint vosita.

Dori shakli:

Suspenziya

Oq yoki deyarli oq rangli, o‘ziga xos hidli suspenziya.

Antigelmint vosita.

R02SA03

Lyamblioz, oksiuroz, askaridoz, ankilostomoz, trixurioz, angiloz, tenioz va trixinellyozda davolash uchun qo‘llanadi.

Preparat ichga qabul qilinadi. Qo‘llashdan avval, flakon ichidagi vosita bir xil suspenziya hosil bo‘lguncha chayqatiladi. Curgi dori vositalarini qo‘llash va maxsus parhez talab qilinmaydi. Oksiuroz: 1 yoshdan 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun sutkalik doza 200 mg, ya’ni 5 ml ni (1/2 flakon suspenziya) tashkil qiladi. Davolash davomiyligi: 7 kundan keyin takrorlanadigan bir martalik doza; Kattalar va 2 yoshdan oshgan bolalar uchun – sutkalik doza 400 mg, ya’ni 10 ml ni (flakon suspenziya) tashkil qiladi. Davolash davomiyligi: 7 kundan keyin takrorlanadigan bir martalik doza. Gigiyenaning qat’iy choralariga rioya qilish va patsiyent bilan yaqin muloqatda bo‘lganlar ham davolanishlari kerak. Askaridoz, ankilostomoz, trixurioz: 1 dan 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun sutkalik doza 200 mg, ya’ni 5 ml ni (1/2 flakon suspenziya) tashkil qiladi. Davolashning davomiyligi: bir martalik doza;Kattalar va 2 yoshdan oshgan bolalar uchun sutkalik doza 400 mg, ya’ni 10 ml ni (flakon suspenziya) tashkil qiladi. Davolash davomiyligi: bir martalik dozani tashkil qiladi.Trixurioz hollarida, xususan, agar ahlatning parazitologik tahlili natijalari davolashdan so‘ng 3 hafta o‘tganidan keyin ijobiy bo‘lsa, takroriy davolash kursini o‘tkazish kerak.Angiloz, tenioz (boshqa parazit invaziyalar bilan bog‘liq bo‘lgan): kattalar va 2 yoshdan oshgan bolalar uchun sutkalik doza 400 mg, ya’ni 10 ml ni (flakon suspenziya) tashkil qiladi. Davolashning davomiyligi: kamida ketma-ket 3 kun davomida takrorlanadigan bir sutkalik dozani tashkil qiladi.Angiloz va tenioz hollarida, xususan, agar ahlatning parazitologik tahlili natijalari davolashdan so‘ng 3 hafta o‘tganidan keyin ijobiy bo‘lsa, takroriy davolash kursini o‘tkazish kerak.Lyamblioz: bolalar uchun sutkalik doza 400 mg, ya’ni 10 ml ni (flakon suspenziya) tashkil qiladi. Davolash davomiyligi: bir sutkalik doza kamida ketma-ket 5 kun davomida takrorlanadi.Trixinellez: bolalar uchun sutkalik doza kuniga 15 mg/kg ikkita bir martalik dozaga bo‘lib.Kattalar uchun: 800 mg, ya’ni 20 ml ni (flakon suspenziya) tashkil qiladi va kuniga ikkita bir martalik dozaga bo‘lib qabul qilinadi. Davolashning davomiyligi: bir martalik doza ertalab va kechqurun, kasallik belgilarining jiddiyligiga va davolanishni qanchalik tez boshlanishiga qarab, 10-15 kun davomida olib boriladi.

Me’da-ichak buzilishlari (diareya, qusish, qorin og‘rig‘i), bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, uzoq vaqt qo‘llanganida gipertermiya, sochlarni vaqtinchalik to‘kilishi, teri toshmalari bo‘lishi mumkin. Kam hollarda qon tahlilida (leykotsitlar, eritrotsitlar, trombotsitlar sonining kamayishi) yoki jigar ko‘rsatgichlarida vaqtinchalik o‘zgarishlar kuzatilgan.

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, homiladorlik va laktatsiya davri.

Preparat trixinellyozni davolash uchun ishlatilganida jigar faoliyatida va qon tahlillarida o‘zgarishlarning havfi tufayli, muntazam qon tahlillarini o‘tkazish tavsiya qilinadi. Trixinellyoz invaziyalarini davolashda dori vositasining samaradorligini oshirish uchun invaziya boshlangandan keyin davolashni iloji boricha tezroq boshlash kerak. Homiladorlik davrida preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Davolanish vaqtida homiladorlik aniqlangan hollarda, zudlik bilan shifokor nazoratidan o‘tish va davolanishni davom ettirish zaruriyatnini xal etish darkor. Preparat bolalar ola olmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lgan haroratda  saqlansin.

Simptomlari: nojo‘ya ta’sir belgilari kuchayishi mumkin. Davolash: me’dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni buyurish. Zarurati bo‘lganida simptomatik davolash o‘tkaziladi.

Retsept bo‘yicha

Cuspenziya 400 mg/10 ml, flakonlarda.

3 yil.