Bazidretsept bilan

Tarkibi:

Tseftazidim pentagidrati (tseftazidimga qayta hisoblanganda) – 1,0; Natriy karbonati – 0,1 g.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Tseftazidim

Preparatning savdo nomi:

Bazid

Farmakalogik guruhi:

Antibiotiklar (tsefalosporinlar guruhi).

Dori shakli:

Inyektsiya uchun eritmani tayyorlash uchun kukun.

Oq yoki deyarli oq sarg‘ish rangli kristall kukun.

Antibiotiklar (tsefalosporinlar guruhi).

Preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infektsion-yallig‘lanish kasalliklarini (mono- yoki aralash infektsiyalar) davolash: – og‘ir infektsiyalar (sepsis, septitsemiya, bakteriyemiya, peritonit, meningit, immuniteti pasaygan patsiyentlardagi infektsiyalar; jadal davolash bo‘limlarining patsiyentlaridagi infektsiyalar, masalan infektsiyalangan kuyishlar); – suyaklar va bo‘g‘imlarning infektsiyalari (septik artrit, osteomiyelit, bakterial bursit); – nafas yo‘llarining infektsiyalari (o‘tkir va surunkali bronxit, infektsiyalangan bronxoektazlar, grammusbat mikroorganizmlar chaqirgan pnevmoniya, o‘pka abtsessi, plevra empiyemasi); – siydik chiqarish yo‘llarining infektsiyalari (o‘tkir va surunkali piyelonefrit, piyelit, prostatit, tsistit, uretrit /bakterial/, buyrak abtsessi); – teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalari (mastit, jarohat infektsiyalari, terining yaralari, tsellyulit, saramas, infektsiyalangan kuyishlar); – me’da-ichak yo‘llari, o‘t-safro chiqarish yo‘llari va qorin bo‘shlig‘i infektsiyalari (peritonit, enterokolit, qorin orti abtsesslari, divertikulit, kichik chanoq a’zolarining yallig‘lanishi, xoletsistit, xolangit, o‘t pufagi empiyemasi); – ginekologik infektsiyalar; – quloq, tomoq va burun infektsiyalari (o‘rta otit, sinusit, mastoidit); – gonoreya (ayniqsa, penitsillinlarga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentlarda); – gemodializ va peritoneal dializ, hamda uzluksiz ambulator peritoneal dializ bilan bog‘liq bo‘lgan infektsiyalarda qo‘llanadi.

Tseftazidim faqat parenteral qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Doza kasallikning og‘irligi, qo‘zg‘atuvchining turi, bemorning yoshi, vazni, buyraklar faoliyatiga qarab shaxsiy ravishda belgilanadi. Preparat vena ichiga yoki katta dumba mushagining yuqori tashqi kvadrantiga yoki sonning lateral sohasiga chuqur qilib yuboriladi. Tsetazidim eritmasini bevosita vena ichiga yoki infuzion tizimi naychasiga yuborish mumkin. Kattalarga sutkada 1-6 g dan vena ichiga yoki mushak ichiga buyuriladi; yuborishlar soni – sutkada 2-3 marta. Siydik chiqarish yo‘llarining infektsiyalarida 0,5–1 g dan har 12 soatda buyuriladi. Ko‘pchilik infektsiyalarda 1 g doza har 8 soatda yoki 2 g dan har 12 soatda qo‘llash samaralidir. Kasallikning og‘ir kechishida, ayniqsa immuniteti pasaygan patsiyentlarda, shu jumladan neytropeniyali patsiyentlarda, 2 g dan 8 yoki 12 soatda yoki 3 g dan har 12 soatda buyurish lozim. Psevdomonadalar chaqirgan o‘pka infektsiyalarida va mukovistsidozli patsiyentlarga sutkada 100-150 mg/kg dozada buyuriladi; yuborishlar soni – sutkada 3 marta. Og‘ir yoki hayotga havf soluvchi infektsiyalarda preparat vena ichiga 2 g dan har 8 soatda buyuriladi. Suyaklar va bo‘g‘imlarning infektsiyalarida preparat vena ichiga 2 g dan har 12 soatda buyuriladi. Kattalar uchun maksimal sutkalik doza – 6 g. Keksa yoshdagi patsiyentlarga o‘tkir kasalliklarda, tseftazidimning klirensini pastligini hisobga olib, sutkada 3 g dan oshiq bo‘lmagan dozada buyurish tavsiya etiladi. 2 oylikdan oshgan bolalarga preparat sutkada 30-50 mg/kg dozada buyuriladi; yuborishlar soni – sutkada 2-3 marta; immuniteti pasaygan, mukovistsidoz yoki meningit bilan kasallangan bolalarga sutkada 150 mg/kg (maksimal sutkada 6 g) dozada buyuriladi; inyektsiyalar soni – sutkada 3 marta. Yangi tug‘ilgan va 2 oygacha bo‘lgan chaqaloqlarga preparat sutkada 30 mg/kg dozada buyuriladi; inyektsiyalar soni – sutkada 2 marta. Davolashni infektsiya belgilari tugagandan keyin yana 2 kun davomida davom ettirish mumkin. Asoratlangan infektsiyalarda davolash kursi zarurat bo‘lganida uzaytirilishi mumkin. Buyraklar faoliyatini buzilishi bo‘lgan kattalarga (shu jumladan gemodializda bo‘lgan bemorlarda) 1 g boshlang‘ich yuklama dozadan keyin, kreatinin klirensiga qarab dozani kamaytirish lozim.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: diareya, ko‘ngil aynishi, qusish, ich qotishi, qorin og‘rig‘i, jigar transaminazlari LDG, GGT va IF; faolligini tranzitor oshishi; kam – stomatit, kolit (shu jumladan psevdomembranoz). Qon yaratish tizimi tomonidan: eozinofiliya, juda kam – leykopeniya, neytropeniya, agranulotsitoz, trombotsitopeniya, limfotsitoz. Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, paresteziyalar, ta’m sezishni buzilishi, buyrak faoliyatining yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga doza noto‘g‘ri tanlanganida – tremor, tirishishlar, entsefalopatiya kuzatiladi. Allergik reaktsiyalar: toshma, eshakemi, isitma, qichishish, eozinofiliya; juda kam – bronxospazm, AB pasayishi, angionevrotik shish; ayrim hollarda – ko‘p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz. Mahalliy reaktsiyalar: vena ichiga yuborilganida – flebit, tromboflebit; mushak ichiga yuborilganida – inyektsiya o‘rnida og‘riq bo‘lishi mumkin. Boshqalar: gemolizsiz Kumbsning musbat reaktsiyasi, qon zardobida kreatinin darajasining tranzitor oshishi. Biologik ta’siri bilan bog‘liq samaralari: superinfektsiya (kandidoz, shu jumladan qin shilliq qavatining kandidozi).

– tsefalosporinlarga yuqori sezuvchanlik; – penitsillinlarga yuqori sezuvchanlik; – laktatsiya davri.

Tsefalosporin antibiotiklari nefrotoksik samaraga ega bo‘lgan preparatlar bilan bir vaqtda buyurilganida, buyraklar tomonidan nojo‘ya ta’sirlarning, ayniqsa ilgari buyrak kasalliklari bo‘lgan yoki buyraklar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan bemorlarda rivojlanishining ehtimoli oshadi. Tseftazidimni aminoglikozidlar guruhi antibiotiklari bilan bir idishda aralashtirish mumkin emas, chunki bu ularni o‘zaro faolsizlanishiga olib keladi. Vankomitsin tseftazidim bilan cho‘kma hosil qilganligi tufayli nomutanosibdir. Bu preparatlarni bir naycha orqali yuborish zarurati bo‘lganida, sistemani yoki vena ichiga yuborish uchun moslamani yaxshilab yuvish kerak. Preparatni halqali diuretiklar bilan bir vaqtda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Qo‘yidagi eritmalar bilan farmatsevtik jihatdan mutanosib: 0,9% natriy xloridi, 5% li dekstroza, 0,45% natriy xloridi va 5% dekstroza. Tseftazidim (500 mg 1,5 ml inyektsiya uchun suvda) va metronidazol (500 mg/100 ml) eritmalari aralashtirilganida ikkala komponenti ham o‘z faolligini saqlab qoladi.

Tseftazidim bilan davolashdan oldin, patsiyentda tseftazidim, tsefalosporin va penitsillin guruhi antibiotiklariga yoki boshqa preparatlarga nisbatan yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari bo‘lmaganligini aniqlash kerak. Anamnezida penitsillin guruhi antibiotiklariga yoki beta-laktamazalar ta’siriga chidamli bo‘lgan boshqa antibiotiklarga allergik reaktsiyalari bo‘lgan patsiyentlarga, tseftazidimni alohida ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Tseftazidimga allergik reaktsiyalar rivojlanganida, preparatni darhol bekor qilish lozim. O‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari rivojlanganida adrenalin, gidrokortizon, antigistamin preparatlarini qo‘llash va boshqa shoshilinch muolajalar o‘tkazish mumkin. Keng ta’sir doirasiga ega antibiotiklarni, shu jumladan tseftazidimni uzoq vaqt qo‘llanilishi, ularga sezgir bo‘lmagan mikroorganizmlarni (masalan, Candida, Enterococcus) ko‘payishiga olib kelishi mumkin, bunday hollarda davolashni to‘xtatish yoki muvofiq davolash o‘tkazish talab qilinadi. Davolashda bemorning holatini doimo baholash kerak. Penitsillinlar va tsefalosporinlar guruhiga kiruvchi keng ta’sir doirasiga ega antibiotiklar kabi tseftazidim bilan davolashda, Enterobacter ning ba’zi sezgir shtammlarida rezistentlik rivojlanishi mumkin. Shuning uchun, agarda zarurati bo‘lsa, Enterobacter chaqirgan infektsiyalarni davolashda mikroorganizmlarning sezgirligini vaqti-vaqti bilan tekshirib turish kerak. Buyrak yetishmovchiligida tseftazidimning dozasi buyraklar faoliyatini buzilish darajasiga qarab kamaytiriladi. Doza noto‘g‘ri tanlansa, nevrologik buzilishlar bo‘lishi mumkin. Tseftazidim siydikda glyukozani aniqlashning fermentativ usullarining natijalariga ta’sir ko‘rsatmaydi, lekin misni qaytarilish testi natijalariga, uncha katta bo‘lmagan darajada ta’sir qilishi mumkin (Benidikt, Feling, Klinitest). Tseftazidim anamnezida qon ketishi va me’da-ichak yo‘llarining kasalliklari (ayniqsa nospetsifik yarali kolit) bo‘lgan patsiyentlarga, kutilayotgan foyda va potentsial xavfni sinchiklab o‘lchab ko‘rib, ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Tsefalosporinlarni qo‘llashda ichak mikroflorasini bostirilishi tufayli K vitaminining sintezi pasayadi. Bu esa K vitaminiga bog‘liq bo‘lgan qon ivishi omillari darajasining kamayishiga va kam hollarda – gipoprotrombinemiya va qon ketishiga olib kelishi mumkin. Keksa yoshdagi, umuman og‘ir holatdagi yoki holsizlangan jigar faoliyati buzilgan va sifatsiz ovqatlanadigan patsiyentlarda qon ketishi havfi oshadi. Tseftazidimni homiladorlik va laktatsiya davrida, faqat ona uchun kutiladigan foyda, homila uchun bo‘lgan potentsial havfdan ustun bo‘lgan xoldagina qo‘llash mumkin. Yangi tug‘ilgan va 1 oygacha bo‘lgan chaqaloqlarga preparatni buyurish zarurati tug‘ilganda, tseftazidimni qo‘llashdan kutilayotgan foyda va potentsial havfni sinchiklab baholash lozim. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: bosh aylanishi, paresteziyalar, bosh og‘rig‘i, tirishishlar, laboratoriya tekshirishlari natijalarining o‘zgarishi. Davolash: zarurati bo‘lganida simptomatik davolash o‘tkaziladi, og‘ir hollarda gemodializ samarali. Maxsus antidoti yo‘q.

Inyektsiya uchun eritmani tayyorlash uchun kukun 1,0 g flakonlarda.

2 yil. Ulashish: 3 116 Views