Balzam Zolotaya zvezda rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol moddalar: Levomentol                                                  – 28,000 g; Ratsemik kamfora                                        – 8,880 g; Qalampir yalpiz moyi                                 – 22,900 g; Evkalipt barglari moyi                           – 0,100 g; Chinnigul gullari moyi                             – 0,460 g; Xitoy dolchin moyi                                    – 0,380 g yordamchi moddalar: Green mediol aromatizatori           –           – 0,700 g; Polietilenglikol 400 (makrogol)         – 12,500 g Propilenglikol                                       – 3,400 g Sandal daraxti moyi                                  – 0,020 g Jigarrang Solvent Red 3 bo‘yovchisi           – 0,035 g Suyuq parafin                                             – 100 ml gacha.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

chinnigul gullari moyi+kamfora+xitoy dolchin moyi+qalampir yalpiz bargi moyi+uzunchoq bargli evkalipt moyi+[levomentol]

Preparatning savdo nomi:

Balzam Zolotaya zvezda

Farmakalogik guruhi:

Tabbiy moddalardan olinadigan mahalliy ta’sirlovchi vosita.

Dori shakli:

suyuq balzam

jigarrang-qizg‘ish rangli, efir moylariga hos hidli tiniq eritma.

Tabbiy moddalardan olinadigan mahalliy ta’sirlovchi vosita.

R05X

O‘tkir respirator kasalliklar (O‘RK), shamollash, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, rinit (tumov), hashoratlar chaqishini kompleks davolashda simptomatik vosita sifatida qo‘llanadi.

Allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin, ular paydo bo‘lganida preparatni qo‘llash to‘xtatilishi lozim. Balzamning qoldiqlarini namlangan salfetkalarda artish va ko‘p miqdordagi suv bilan yuvib tashlash kerak.

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Teri qoplamalarini shikastlanishlari, preparatni qo‘llash taxmin qilingan teri sohalarida teri kasalliklari (piodermiya, dermatit, ekzema) bo‘lganda qo‘llash mumkin emas. Tutqanoq, tirishishga moyillik, spazmofiliya, bronxial astma, ko‘kyo‘talda qo‘llash mumkin emas. 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Mavjud emas.

Balzamnini ko‘z, burun va og‘iz shilliq qavatiga, shuningdek, shikastlangan teri sohasiga tushishdan saqlanishi lozim. Fotosensibilizatsiyani rivojlanish xavfini oldini olishda surtma surtilgandan so‘ng quyosh nurlaridan saqlanish lozim. Balzamni shilliq qavatlarga tushgan holatlarda preparatni namlangan salfetkalarda artish va ko‘p miqdordagi suv bilan yuvib tashlash kerak. Preparatni bolalarga shifokor maslahatisiz qo‘llash mumkin emas.

Homiladorlik va emiziklii ayollarda qo‘llash tajribasi yo‘qligi sababli homiladorlik davrida va emizish vaqtida preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.

300S yuqori bo‘lmagan haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.

Bugungi kungacha dozani oshirib yuborilishi holatlari haqida xabarlar kelib tushmagan. Preparatni tasodifan ichga qabul qilib yuborilganda dozani oshirib yuborilishi simptomlari: me’da-ichak tomonidan (ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorin sohasida og‘riq) va nevralogik buzilishlar (bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, qizish xissi/“qizib ketish“ tirishish, nafas olishni susayishi va koma) o‘z ichiga oladi. Davolash simptomatik. Kichik yoshdagi bolalarda kamforani ingalyatsiyasi va o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan laringospazmni rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan xavf borligi tufayli, qusishni chaqirish mumkin emas. Balzam ichga qabul qilinganida zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak.

Retseptsiz

5 ml dan burladigan plastik qopqoqchali tiniq shisha flakonlarda. Har bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

5 yil.