Nojo‘ya samaralarning uchrash tez-tezligini aniqlash: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100, ammo <1/10), tez-tez emas (≥1/1000, ammo <1/100), kam hollarda (≥1/10000, ammo <1/1000), juda kam hollarda (<1/10000), uchrash tez-tezligi noma’lum (mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida uchrash tez-tezligini baholash imkoni yo‘q).
Infektsiyalar: kam hollarda – og‘ir darajadagi infektsiyalar, shu jumladan fatal holatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan opportunistik infektsiyalar va sepsisni rivojlanishi.
Kuzatilishi mumkin bo‘lgan infektsiyalar (xususan, rinit, bronxit va pnevmoniya) ning miqdori oshishi mumkin.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez – arterial bosimni o‘rtacha darajada oshishi; kam hollarda – arterial bosimni yaqqol darajada oshishi.
Me’da-ichak yo‘llari, jigar tomonidan: tez-tez – ich ketishi, ko‘ngil aynishi, qusish, anoreksiya, og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavati kasalliklari (masalan, aftoz stomatit, lablarda yaralarni hosil bo‘lishi), qorin bo‘shlig‘ida og‘riq, “jigar” transaminazalari (ayniqsa ALT), GGT va IF ning faolligini oshishi, giperbilirubinemiya; juda kam hollarda – gepatit, sariqlik/xolestaz; juda kam hollarda – jigarni, fatal holatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan jigar yetishmovchiligi, o‘tkir jigar nekrozi kabi og‘ir darajadagi shikastlanishlari; pankreatit.
Nafas tizimi va mediastinal buzilishlar: juda kam hollarda – interstitsial o‘pka jarayoni (shu jumladan interstitsial pnevmoniya), o‘lim bilan tugashi mumkin.
Moddalar almashinuvi va oziqlanishni buzilishi: tez-tez – fosfokinazaning darajasini oshishi; tez-tez emas – gipokaliyemiya, giperlipidemiya, gipofosfatemiya; kam hollarda – laktatdegidrogenazaning darajasini oshishi; uchrash tez-tezligi noma’lum – gipourikemiya.
Nerv tizimi tomonidan: tez-tez – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, paresteziyalar, periferik neyropatiya.
Tayanch-harakat apparati: tez-tez – tendovaginit; tez-tez emas – paylarni uzilishi.
Teri va derivatlar: tez-tez – sochlarni tez to‘kilishi, ekzema, terini qurishi; juda kam hollarda – ko‘p shaklli eritema.
Allergiya: tez-tez – yengil allergik reaktsiyalar, toshma (shu jumladan, makulopapulyoz toshma), qichishish; tez-tez emas – eshakemi; juda kam hollarda – jiddiy anafilaktik / anafilaktoid reaktsiyalar, Stivens-Djonson sindromi, Layell sindromi; uchrash tez-tezligi noma’lum – qizil yugurik, pustulyar psoriaz.
Qon yaratish tizimi va limfatik tizim: tez-tez – leykopeniya (leykotsitlar > 2000/mkl); tez-tez emas – anemiya, katta bo‘lmagan trombotsitopeniya (trombotsitlar < 100000/mkl); kam hollarda – eozonofiliya, leykopeniya (leykotsitlar < 2000/mkl), pantsitopeniya (ehtimol, antiproliferativ ta’siri hisobiga); juda kam hollarda – agranulotsitoz.
Potentsial miyelotoksik agentlarni yaqinda, yondosh yoki keyinchalik qo‘llanishi gematologik samaralarning yuqori xavf darajasi bilan assotsiatsiya bo‘lishi mumkin.
Xavfli, ayniqsa limfoproliferativ kasalliklarni rivojlanish xavfi biron-bir immunodepressiv preparatlar qo‘llanganida oshadi.
Reproduktiv tizimi: uchrash tez-tezligi noma’lum – spermaning kontsentratsiyasini, spermatazoidlarning umumiy miqdori va ularning harakatchanligini qaytuvchan kamayishi.
Umumiy buzilishlar: tez-tez – anoreksiya, tana vaznini biroz yo‘qolishi, asteniya bo‘lishi mumkin.