Vena ichiga (v/i) bir martalik doza qo‘llanganida 250 mg – 2 g chegaralarida tsefepimning farmakokinetikasi to‘g‘ri chiziqlidir.
Tsefepim asosan buyraklar orqali chiqariladi, yarim chiqarilish davri (T½) 2,0 soatni tashkil qiladi, sog‘lom ko‘ngillilarning organizmidan umumiy klirensi minutiga 120,0 ml tezlik bilan sodir bo‘ladi.
Mushak ichiga (m/i) qo‘llanganida preparat to‘liq so‘riladi.
Bir marta m/i inyektsiyadan keyin plazmada maksimal kontsentratsiyaga (Smaks) tahminan 1,5 soat o‘tgach erishiladi.
500 mg – 2 g m/i diapazonda tsefepimning farmakokinetikasi to‘g‘ri chiziqlidir.
9 kun davomida klinik ahamiyatli dozalarni qabul qilgan sog‘lom katta ko‘ngilli erkaklarda to‘planishini isbotlovchi dalillar yo‘q.
Tsefepimning zardob oqsillari bilan bog‘lanishi tahminan 20% ni tashkil qiladi va uning zardobdagi kontsentratsiyasiga bog‘liq emas.
Tsefepimning o‘rtacha taqsimlanish hajmi (Vd) barqaror holatda 18,0 l ni tashkil qiladi.
Terapevtik kontsentratsiyalari siydik, safro, peritoneal suyuqligi, o‘t qopi suyuqligi va so‘lak kabi organizmning turli suyuqliklarida va bronxlarning shilliq qavati, prostata bezi, appendiks va o‘t qopi kabi organizmning to‘qimalarida aniqlanadi.
Tsefepim yallig‘langan gematoentsefalik to‘siq orqali o‘tadi.
Tsefepim kuchsiz N-metilpirrolidingacha (NMP) metabolizmga uchraydi, u tez N-oksidga (NMP-N-oksid) aylanadi.
Tsefepimning chiqarilishi asosan buyraklar orqali bo‘ladi Qabul qilingan dozaning tahminan 85% o‘zgarmagan holda, dozaning 1% dan kamrog‘i NMP ko‘rinishida, 6,8% –NMP-N-oksidi ko‘rinishida va 2,5% – tsefepim epimeri ko‘rinishida chiqariladi.
Tsefepim axamiyatsiz darajada ko‘krak suti bilan chiqariladi.
Tsefepimning farmakokinetikasi 2 oylikdan to 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarda bir martalik va ko‘p martalik dozalardan keyin, dasturlar bo‘yicha har 8 soatda va har 12 soatda tekshirilgan.
V/i ga bir martalik dozadan keyin organizmdan umumiy klirensi Vd mos ravishda minutiga 3,3 ml/kg va 0,3 l/kg ni tashkil qiladi.
Siydikda o‘zgarmagan tsefepimning chiqarilishi yuborilgan dozaning 60,4% tashkil qilgan, o‘rtacha buyrak klirensi esa minutiga 2,0 ml/kg.
Yoshi va jinsi organizmdan klirensiga yoki Vd ga (tana vazniga hisoblanganda) ahamiyatli ta’sir ko‘rsatmaydi.
Tsefepim har 12 soatda 50 mg/kg dan qo‘llanganida to‘planishi kuzatilmagan, shu vaqtning o‘zida Cmax, “kontsentratsiya vaqt” (AUC) egri chizig‘i osti maydoni va parchalanish davri, har 8 soatdagi 50 mg/kg dozadan keyin barqaror holatida taxminan 15% ga oshgan.
Tsefepimning bolalardagi ta’siri v/i ga 50 mg/kg dozadan keyin, v/i ga 2 g dan doza olgan kattalardagi ta’siri bilan bir xil.
50 mg/kg m/i ga dozaning mutlaq bioekvivalentligi 82,3% ni tashkil qiladi.
Tsefepimning farmakokinetikasi turli darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda o‘rganilgan o‘rtacha T½ gemodializga muxtoj bo‘lgan patsiyentlarda 13,5 soat bo‘lgan, uzoq muddatli peritoneal dializga muhtoj bo‘lgan patsiyentlarda esa – 19,0 soat.
Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda organizmdan tsefepimning umumiy klirensi, kreatinin klirensiga (K/K) proportsional kamaygan, bu shu guruh patsiyentlari uchun dozalarga tuzatish kiritish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan.
Jigar faoliyati buzilgan patsiyentlarda tsefepimning farmakokinetikasi o‘zgarmaganligicha qolgan.
Bu guruh patsiyentlari uchun dozalarga tuzatish kiritish zarurati yo‘q.