Azilabretsept bilan

Tarkibi:

1 flakon quyidagilarni saqlaydi: faol modda: azitromitsin (azitromitsin digidrati ko‘rinishida) – 100 mg; yordamchi moddalar: qalampir yalpiz aromatizatori, glitserin, sorbitol 70%, sariq quyosh shafaqi bo‘yovchisi, kardamon aromatizator, Neotam shirin ta’m beruvchi, natriy saxarinati, doshion, kansan kamedi, bronopol, metil gidroksibenzoati, propil gidroksibenzoati, suvsiz kolloid kremniy, mentol, saxaroza, tozalangan suv

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

azitromitsin

Preparatning savdo nomi:

Azilab

Farmakalogik guruhi:

antibiotik (makrolidlar guruhi).

Dori shakli:

ichga qabul qilish uchun suspenziya, 100 mg/5 ml.

to‘q sariq rangli kardamon ta’mli suspenziya.

antibiotik (makrolidlar guruhi).

J01FA10

Azitromitsin og‘iz orqali qabul qilinganida tez so‘riladi, bu uning kislotali muhitga chidamliligi va lipofilligi bilan ifodalanadi. Ichga bir marta qabul qilgandan so‘ng azitromitsinning 37% so‘riladi, va plazmadagi cho‘qqi kontsentratsiyasi (0,41 μg/ml) 2-3 soatdan keyin qayd etiladi. Vd taxminan 31 l/kg ni tashkil qiladi. Azitromitsin nafas yo‘llari, urogenital tizimning to‘qimalari va a’zolari, prostata bezi, teri va yumshoq to‘qimalarga yaxshi o‘tadi va to‘qimani turiga qarab 1 dan 9 μg/ml ga yetadi. To‘qimalardagi yuqori kontsentratsiyasi (plazmadagi kontsentratsiyasiga nisbatan 50 marta yuqori) va davomli yarim parchalanish davri azitromitsinni plazma oqsillari bilan kam bog‘lanishi, shuningdek uni eukariotik hujayralarga o‘tishi va lizosomaning atrofidagi rN past bo‘lgan muhitda to‘planish xususiyati bilan ifodalanadi. Azitromitsinni lizosomalarda to‘planish xususiyati hujayra ichidagi qo‘zg‘atuvchilarni eliminatsiyasi uchun juda muhim. Fagotsitlar azitromitsinni infektsiya joylashgan joyga yetkazadilar, u yerda u fagotsitoz jarayonida ajralib chiqadi. Ammo fagotsitlardagi yuqori kontsentratsiyasiga qaramasdan, azitromitsin ularning faoliyatlariga ta’sir ko‘rsatmaydi. Terapevtik kontsentratsiyasi oxirgi dozasini ichga qabul qilgandan so‘ng 5-7 kun saqlanadi. Azitromitsinni qabul qilganda jigar fermentlarining faolligi tranzitor oshishi mumkin. Plazmadan dozasining yarmini chiqarilishi to‘qimalardagi dozasining yarmini 2-4 kun davomida kamayishini aks ettiradi. Preparatni 8 soatdan 24 soatgacha intervalda qabul qilgandan so‘ng yarim parchalanish davri 14-20 soatni tashkil qiladi, preparatni 24 soatdan 72 soatgacha intervalda qabul qilgandan so‘ng esa 41 soatni tashkil qiladi, bu Azilab®ni sutkada 1 marta qabul qilish imkonini beradi. Asosiy chiqarilish yo‘li – safro orqali. Taxminan 50% o‘zgarmagan holda, qolgan 50% 10 ta faol bo‘lmagan metabolitlari shaklida chiqariladi. Qabul qilingan dozaning taxminan 6% buyraklar orqali chiqariladi.

yuqori nafas yo‘llarining infektsiyalari (bakterial faringit/tonzillit, sinusit, o‘rta otit)quyi nafas yo‘llarining infektsiyalari (bakterial bronxit, interstitsial va alveolyar pnevmoniya, surunkali bronxitni zo‘rayishi)teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalari (surunkali migratsiyalanuvchi eritema – Laym kasalligini boshlang‘ich bosqichi, saramas, impetigo, ikkilamchi piodermatozlar)me’da va o‘n ikki barmoqli ichakning Helicobacter pylori chaqirgan infektsiyalariurogenital yo‘llarining infektsiyalari (gonoreyali va gonoreyali bo‘lmagan uretrit va/yoki tservitsit) da qo‘llanadi.

Azilab® peroral suspenziya holida sutkada 1 marta ovqatdan 1 soat oldin yoki 2 soat keyin o‘lchov qoshig‘i yoki o‘lchov shpritsi yordamida qabul qilinadi. Yuqori va quyi nafas yo‘llarining infektsiyalari, teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalari (surunkali migratsiyalanuvchi eritemadan tashqari) Bir kurs dozasi 30 mg/kg tashkil qiladi. Davolashni ikkita sxemasi qo‘llanadi: tana vazniga 10 mg/kg kuniga bir marta 3 kun davomida;birinchi kunida tana vazniga 10 mg/kg va 2-kundan 5-kungacha tana vazniga 5 mg/kg. Preparat bolalarga tana vaznidan kelib chiqib buyuriladi: Tana vazniAzilab peroral suspenziya tayyorlash uchun kukun100 mg/5 ml5 kg2,5 ml (50 mg)6 kg3 ml (60 mg)7 kg3,5 ml (70 mg)8 kg4 ml (80 mg)9 kg4,5 ml (90 mg)10-14 kg5 ml (100 mg) Tana vazni 14 kg dan ortiq bo‘lgan bolalarga uzoq ta’sir qiluvchi suspenziya shaklini buyurish tavsiya etiladi. Surunkali migratsiyalanuvchi eritema Preparatning bir kurs dozasi 60 mg/kg tashkil qiladi: 1-kunida 20 mg/kg dan va keyingi 2 dan 5-kungacha 10 mg/kg dan bir marta qabul qilinadi. Me’da va o‘n ikki barmoqli ichakni Helicobacter pylori chaqirgan kasalliklari: Tana vazniga 20 mg/kg kuniga bir marta antisekretor vositalar va boshqa dori preparatlari bilan birga buyuriladi. Preparatning dozasi o‘tkazib yuborilgan holda, uni darhol qabul qilish kerak, so‘ngra esa navbatdagi dozalari 24 soat interval bilan qabul qilinadi. Qabul qilishdan oldin flakonning ichidagisi bir xil suspenziya hosil bo‘lgunicha yaxshilab chayqatiladi. Suspenziyani bevosita qabul qilgandan so‘ng og‘iz bo‘shlig‘ida qolgan suspenziyaning miqdorini yuvish va yutish uchun bolaga bir necha qultum suyuqlik beriladi.

qusish, diareya, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, meteorizm, qabziyat;qonda jigar aminotransferazalari, bilirubin, eozonofillarning miqdorini tranzitor oshishi. Ko‘rsatkichlar davolash tugaganidan so‘ng 2-3 haftadan keyin normaga qaytadi;xolestatik sariqlik, gepatit;o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (qizarish, teri toshmasi, qichishish, angionevrotik shish, yorug‘likka sezuvchanlik). Juda kam hollarda: ko‘p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz;toliqish, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ta’m va hid bilishni buzilishi, paresteziyalar, xushdan ketish, bezovtalik, asabiylik, uyqusizlik;yurakni tez urishi, aritmiyalar;artralgiya, interstitsial nefrit, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi.

makrolid antibiotiklariga yuqori sezuvchanlik;jigar va buyraklar faoliyatini og‘ir darajadagi buzilishlarida qo‘llash mumkin emas.

Antatsidlar Azilab® suspenziyasini so‘rilishini ahamiyatli darajada kamaytiradilar, shuning uchun preparatni bu preparatlarni qabul qilishdan bir soat oldin yoki ikki soat keyin qabul qilish kerak. Makrolid antibiotiklar digoksin, tsiklosporin, astemizol, triazolam, midazolam yoki alfentanil bilan o‘zaro ta’sir qiladi. Bu preparatlar bir vaqtda qabul qilinganida sinchkovlik bilan kuzatish tavsiya etiladi. Azitromitsin tsitoxrom R-450 bilan bog‘lanmaydi va shuning uchun teofillin, terfenadin, varfarin, karbamazepin, metilprednizolon va tsimetidin bilan o‘zaro ta’sir qilmaydi.

Azilab® 100 mg/5 ml suspenziyasi bolalarda qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Preparatni qo‘llash davomiyligi yo‘riqnomada ko‘rsatilgan muddatdan oshmasligi kerak. Azilab® preparatini jigar faoliyati buzilgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng qo‘llanilmasin.

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Azilab®ning dozasini oshirib yuborilishi bo‘yicha ma’lumotlar yo‘q. Makrolid antibiotiklarining dozalarini oshirib yuborilishi eshitishni vaqtinchalik yo‘qolishi, og‘ir darajadagi ko‘ngil aynishi, qusish va diareya bilan namoyon bo‘ladi. Bunday holatda qusishni chaqirish va zudlik bilan simptomatik davolash kerak.

Retsept bo‘yicha

15 ml suspenziya RЕT jigarrang flakonda. 1 flakon o‘lchov qalpoqchasi bilan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

24 oy.