ATF LONG rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi. faol modda: 10 mg yoki 20 mg ATF-LONG muvofiq ravishda 6,3 mg yoki 12,6 mg adenin nukleotidlari yig‘indisi (natriy xloridi va suv saqlamaydigan moddaga qayta xisoblaganda) yordamchi moddalar: saxaroza, laktoza monogidrati, makkajo‘xori kraxmali, kaltsiy stearati, natriy benzoati (Ye 211), suvsiz kolloid kremniy dioksidi.

Preparatning savdo nomi:

ATF-LONG

Farmakalogik guruhi:

kardiologik preparatlar.

Dori shakli:

tabletkalar

10 mg li tabletkalar: oq rangli, yassi yuzali, faskali tabletkalar; 20 mg li tabletkalar: oq rangli, yassi yuzali, faska va riskali tabletkalar.

kardiologik preparatlar.

S01ЕV10.

Preparat quyidagilarni majmuaviy davolashda buyuriladi: yurak ishemik kasalligi, stabil stenokardiya, tinch holat va zo‘riqish stenokardiyasi;infarktdan keyingi va miokardit oqibatidagi kardioskleroz (diffuz va o‘choqli kardioskleroz);paroksizmal qorincha ustka va supraventrikulyar taxikardiya va ritmning boshqa buzilishlari;vegeto-qon tomir distoniyasi;miokardiodistrofiya;miokarditlar;surunkali charchoq sindromi;turli kelib chiqishga ega bo‘lgan giperurikemiya; Jismoniy yuklamalarga tolerantlikni oshirish maqsadida qo‘llanadi.

ATF-LONG® tabletkalari til ostiga qabul qilinadi va  to‘liq so‘rilib ketgunigacha tutib turiladi. Bir martalik dozasi ovqat qabul qilishdan qat’iy nazar 10-40 mg kuniga 3-4 marta ni tashkil qiladi. Davolash muddatini shifokor belgilaydi, u o‘rtacha 20-30 kunni tashkil qiladi. Zarurati bo‘lganida davolash kursi 10-15 kundan keyin takrorlanadi. Maksimal sutkalik doza – 160 mg ni tashkil qiladi.

Ko‘ngil aynishi, epigastriyada nohush hislar, allergik reaktsiyalar (shu jumladan teri toshmalari, qichishish, Kvinke shishi) kuzatilishi mumkin. Shuningdek arterial bosimni pasayishi, bosh og‘rig‘i, taxikardiya, diurezni kuchayishi, yuzni qizarishi, qizish hissi, bosh aylanishi, ko‘krakda nohush hislar, ovqat hazm qilish yo‘llari motorikasini kuchayishi, bronxospazm bo‘lishi mumkin. Davomli va nazorat qilinmasdan qabul qilinganda – giperkaliyemiya yoki gipermagniyemiya kuzatiladi.

preparatga va uning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;o‘tkir miokard infarkti;shokning kardiogen va boshqa turlari;bronxo‘pka tizimining obstruktiv kasalliklari;bronxial astmaning og‘ir shakllari;II-III darajali AV-blokada;giperkaliyemiya, gipermagniyemiya;gemorragik insultda qo‘llash mumkin emas.

Yurak glikozidlari: atrioventrikulyar blokada paydo bo‘lishini yuqori xavfi kuzatiladi. Kaliy tejovchi diuretiklar, kaliy preparatlari va AAF ingibitorlari bilan: giperkaliyemiyani rivojlanish xavfi oshadi. Magnerot va boshqa magniy preparatlari bilan – gipermagniyemiya kuzatiladi. Dipiridamol ATF-LONG® preparatining terapevtik samarasini kuchaytiradi. Ksantinol nikotinati, kofein, teofillin, aminofillin – ATF-LONG® preparatining terapevtik samarasini kamaytiradi. ATF-LONG® beta-adrenoblokatorlar, kaltsiy kanallarining blokatorlari, nitratlarning antianginal ta’sirini kuchaytirishi mumkin.

yaqqol arterial gipotenziyada;yurak glikozidlari bilan, atrioventrikulyar blokadaning paydo bo‘lishini yuqori xavfi tufayli ehtiyotkorlik bilan qo‘llaniladi. Uzoq vaqt davomida qo‘llanganda qonda kaliy va magniyning darajasini nazorat qilish lozim. Bronxospazmlarga moyillikda ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Tabletkalarning tarkibiga saxaroza va laktoza kiradi, shuning uchun qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak; fruktozani, glyukoza-galaktozani, saxaroza-izomaltozani nasliy o‘zlashtiraolmaydigan patsiyentlar preparatni qabul qilmasliklari kerak. Kofein saqlovchi mahsulotlarni (kofe, choy, kola ichimliklari) iste’mol qilishni cheklash kerak.

Homilador ayollarda qo‘llash mumkin emas. Davolanish davrida emizishni to‘xtatish kerak.

Original o‘ramida, 2oS dan 8ºS gacha haroratda saqlansin.

Bradikardiya, AV-blokada, arterial gipotenziya, sinkopal holat rivojlanishi mumkin. Davolash. Preparatni qabul qilishni to‘xtatish va simptomatik davolashni boshlash lozim. Bradikardiyada atropin sulfati yuborish kerak.

Retseptsiz

10 tabletkadan blisterda, 4 blisterdan qutida.

2 yil.