Aspanretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 40 mg pantoprazol (45,1 mg natriy pantoprazol seksvigidrati shaklida); yordamchi moddalar: talk, suvsiz natriy karbonati, krospovidon, mannitol, povidon K90, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, kaltsiy stearati, sariq akril polimer­polimetilmetakrilat (Acryl-Eze 93032417 Yellow), xinolin sarig‘i, oq Opadry OY-D-7233.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

pantoprazol (pantoprazole)

Preparatning savdo nomi:

Aspan

Farmakalogik guruhi:

me’da va o‘n ikki barmoq ichak yarasi kasalligini davolash uchun vosita (proton pompa ingibitori).

Dori shakli:

ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan tabletkalar

ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan dumaloq, sariq tabletkalar.

me’da va o‘n ikki barmoq ichak yarasi kasalligini davolash uchun vosita (proton pompa ingibitori).

A02VS02.

Pantoprazol ichakda eruvchan tabletkalar shaklida chiqariladi, shuning uchun pantoprazolni so‘rilishi u me’dani tark etganidan keyin boshlanadi. 10 mg dan 80 mg gacha bo‘lgan dozalar diapazonida pantoprazolning farmakokinetikasi peroral qabul qilingandan keyin ham, hamda vena ichiga yuborilgandan keyin ham to‘g‘ri proportsionalligicha qoladi. Har kungi takroriy dozalarni qabul qilganda pantoprazol to‘planmaydi va farmakokinetik parametrlari o‘zgarmaydi. So‘rilishi Pantoprazol 40 mg dozada bir marta yoki ko‘p marta ichga qabul qilinganida tez so‘riladi. 2,5 mkg/mg ga teng plazmadagi maksimal kontsentratsiyasiga taxminan 2,5 soatdan so‘ng erishiladi. Ichga qabul qilinganda to‘liq so‘riladi, birlamchi o‘tish ta’siriga uchraydi. Mutloq biokiraolishligi 77% ni tashkil qiladi. Antatsidlar bilan bir vaqtda qo‘llanilishi pantoprazolni so‘rilishiga ta’sir qilmaydi. Ovqat qabul qilish so‘rilishini 2 yoki undan ortiq soatga sekinlashtirishi mumkin, lekin AUC va Cmax ko‘rsatkichlariga ta’sir qilmaydi. Taqsimlanishi Taqsimlanish hajmi taxminan 11­23,6 l ni, klirensi taxminan soatiga 0,1 l/kg ni tashkil qiladi, asosan hujayradan tashqi suyuqligida taqsimlanadi. Plazma oqsillari bilan 98% bog‘lanadi. Metabolizmi Pantoprazol asosan R450 fermentlarining tizimlari bilan metabolizmga uchraydi. Pantoprazolning metabolizmi yuborish yo‘liga (peroral yoki vena ichiga) bog‘liq emas. Asosan CYP2C19 fermenti bilan metil guruhini yo‘qolishiga duch kelib metabolizmga uchraydi. Metabolizmining boshqa yo‘li ­ CYP3A4 fermenti bilan oksidlanishdir. Pantoprazolning bironta metaboliti ham ahamiyatli farmakologik faollikka ega emas. Chiqarilishi Peroral qabul qilinganidan keyin yarim chiqarilish davri taxminan 1 soat. Bir marta peroral yoki vena ichiga yuborilgandan keyin taxminan 71% siydik bilan va taxminan 18% axlat bilan chiqariladi.

pylori (Helicobacter pylori) tomonidan chaqirilgan me’da va o‘n ikki barmoq ichak yarasi kassalligida ushbu mikroorganizmning eradikatsiyasi uchun qaytalanishlarni kamaytirish maqsadida ikkita antibiotik bilan majmuada qo‘llanadi: Peptik yara (me’da va o‘n ikki barmoq ichak yarasi kasalligi); O‘rta va og‘ir shakldagi gastroezofageal reflyuks; Zollinger­Ellison sindromi va gipersekretsiyaning boshqa patologik holatlarda.

Agar shifokor tomonidan boshqa tartibda buyurilmasa, quyidagi ma’lumot e’tiborga olinadi. Qo‘llash bo‘yicha qoidalarga rioya qilinmasa, kutilgan samaraga erisha olmaslik mumkin. Tabletkalarni bo‘lish va chaynash mumkin emas. Nonushtadan 1 soat oldin butunligicha ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suv bilan qabul qilinsin. Me’da va o‘n ikki barmoq ichakning H. Pylori – pozitiv yarasi bo‘lgan bemorlarda patogenning to‘liq eradikatsiyasi uchun majmuaviy terapiyani qo‘llash kerak. H. Pylori ning eradikatsiyasida rezistentlikni oldini olish uchun quyidagi majmualar taklif qilinadi: a) Aspan 40 mg ichakda eruvchi tabletkalari kuniga 2 marta + amoksitsillin 1000 mg kuniga 2 marta + klaritromitsin 500 mg kuniga 2 marta buyuriladi. b) Aspan 40 mg ichakda eruvchi tabletkalari kuniga 2 marta + metronidazol  500 mg kuniga 2 marta + klaritromitsin 500 mg kuniga 2 marta buyuriladi. v) Aspan 40 mg ichakda eruvchi tabletkalari kuniga 2 marta + amoksitsillin 1000 mg kuniga 2 marta + metronidazol  500 mg kuniga 2 marta buyuriladi. Agar majmuaviy terapiyaning zarurati bo‘lmasa, masalan, bemor H. Pylori ­ salbiy bo‘lmasa, Aspan  preparati bilan monoterapiya quyidagi dozalarda qo‘llaniladi. O‘n ikki barmoq ichak, me’da yarasida va gastroezofageal reflyuksda: ko‘p hollarda bir Aspan  tabletkasi kuniga bir marta 4­8 hafta davomida qo‘llaniladi. Alohida hollarda, shu jumladan boshqa davolash turlari samara bermagan hollarda, doza ikki marta oshirilishi mumkin (kuniga 2 Aspan  tabletkasi). Keksalarga va buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarga pantoprazolning 40 mg dozasini oshirmaslik kerak. Keksa bemorlarga H. Pylori ning eradikatsiyasi uchun majmuaviy terapiyada pantoprazolning odatdagi dozasini (40 mg dan kuniga 2 marta) bir hafta davomida berish bundan mustasno.

Klinik tadqiqotlarning natijalari bo‘yicha ma’lumotlarga ko‘ra pantoprazolni gastroezofageal reflyuks sababli olayotgan bemorlarning 1% yoki undan ortig‘ida yuzaga kelgan dori vositasini qabul qilish bilan ehtimol bog‘liq bo‘lgan yoki muayyan bog‘liq bo‘lgan kutiladigan nojo‘ya samaralar quyidagilardir: bosh og‘rig‘i, diareya, meteorizm, qorinda og‘riq, toshma, kekirish, uyqusizlik va giperglikemiya. Klinik tadqiqotlarning natijalari bo‘yicha ma’lumotlarga ko‘ra pantoprazolni gastroezofageal reflyuks sababli olayotgan bemorlarning 1% yoki undan kamida kutiladigan nojo‘ya samaralar quyida keltirilgan, biroq bu yerda sanab o‘tilgan nojo‘ya samaralarni pantoprazol bilan bog‘liqligi aniq isbotlanmagan. Umumiy: abstsess, allergik reaktsiyalar, kista, yuzda shish, haroratni oshishi, umumlashgan shish, issiq urishi, churra, laborator ko‘rsatkichlarni o‘zgarishi, charchoq hissi, kandidoz, o‘sma, nospetsifik dori reaktsiyalari, foto sezuvchanlik reaktsiyalari. Yurak­qon tomir tizimi tomonidan: stenokardiya, aritmiya, yurak bo‘lmachasi fibrillyatsiyasi/lipillashi, EKG ni o‘zgarishi, to‘sh ortidagi og‘riqlar, dimlangan yurak yetishmovchiligi, qon ketishi, arterial gipertenziya, arterial gipotenziya, miokard ishemiyasi, yurakni tez urishi, to‘r parda tomirlarini buzilishi, hushdan ketish, taxikardiya, tromboflebit, tromboz, vazodilatatsiya. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: anoreksiya, aftoz stomatit, kardiospazm, kolit, og‘izni qurishi, duodenit, disfagiya, enterit, qizilo‘ngachdan qon ketishi, ezofagit, me’da­ichak kartsinomasi, me’da­ichakdan qon ketishi, me’da­ichak yo‘llarining kandidozi, gingivit, glossit, og‘izdan noxush hid kelishi, qonli qusish, ishtahani oshishi, melena, og‘iz bo‘shlig‘ining kandidozi, og‘iz bo‘shlig‘ining yarasi, periodontal abstsess, periodontit, rektal qon ketishi, me’da yarasi, tilni rangini o‘zgarishi, yarali kolit. Endokrin tizim tomonidan: qandli diabet, glyukozuriya, bo‘qoq. Gepatobiliar tizim tomonidan: o‘t pufagi sanchiqlari, bilirubinemiya, xoletsistit, xolelitiaz, xolestatik sariqlik, gepatit va ishqoriy fosfatazaning darajasini oshishi, gamma­glutamiltranspeptidazalar, AST (SGOT). Qon yaratish va limfatik tizim tomonidan: anemiya, ekximoz, eozinofiliya, gipoxrom anemiya, temir tanqisligi anemiya, leykotsitoz, leykopeniya, trombotsitopeniya. Modda almashinuvi va oziqlanish tomonidan: degidratatsiya, shish, podagra, periferik shish, chanqoq, tana vaznini oshishi yoki kamayishi. Skelet­mushak tizimi tomonidan: artrit, artroz, suyak og‘riqlari, bursit, suyaklarda va bo‘g‘imlarda diskomfort, mushak spazmlari, ensa mushaklarini taranglashishi, mialgiya, tenosinovit. Nerv tizimi tomonidan: tush ko‘rish, ongni chalkashishi, tirishishlar, depressiya, og‘izni qurishi, dizartriya, emotsional o‘zgaruvchanlik, gallyutsinatsiya, giperkineziya, libidoni pasayishi, zo‘riqish, nevralgiyalar, nevritlar, paresteziyalar, reflekslarni pasayishi, uyquni buzilishi, somnolentsiya, normal bo‘lmagan hayollar, tremor, bosh aylanishi. Nafas tizimi tomonidan: bronxial astma, burundan qon ketishi, hiqichoq, laringit, o‘pkalarda diskomfort, pnevmoniya, ovozni o‘zgarishi. Teri va teri osti tomonidan: akne, alopetsiya, kontakt dermatit, ekzema, zamburug‘li dermatit, qon ketishi, oddiy gerpes, o‘rab oluvchi temiratki, lixenoid dermatit, makulo­papulyoz toshma, qichishish, eshakemi. Sezgi a’zolari tomonidan: ko‘rishni buzilishi, ambliopiya, katarakta, eshitishni yo‘qotilishi, diplopiya, quloqda og‘riq, ekstraokulyar falaj, glaukoma, tashqi otit, ta’m bilishni o‘zgarishi, quloqlarda shovqin. Siydik-tanosil tizimi tomonidan: albuminuriya, balanit, ko‘krak bezlarida og‘riq, tsistit, dismenoreya, dizuriya, epididimit, gematuriya, impotentsiya, buyrakda toshlar, buyrakda og‘riq, nikturiya, prostata bezlarida diskomfort, piyelonefrit, moyakni shishi, siydik yo‘lida og‘riq, uretrit, siydik yo‘llarida diskomfort, vaginit.

Aspan preparatining tarkibiga kiruvchi moddalarga yoki u bilan majmuada qo‘llanuvchi dori vositalariga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan bemorlarda preparatni qo‘llash mumkin emas. Samaradorligi va xavfsizligi bo‘yicha ma’lumotlar yetarli emasligi sababli o‘rta yoki og‘ir darajadagi jigar yoki buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda Aspanni H. pylori ning eradikatsiyasini majmuaviy davolash uchun qo‘llash mumkin emas.

Aspan jigarda asosan CYP2C19 izofermenti tomonidan, kam darajada CYP3A4, CYP2D6 va CYP2C9 tomonidan metabolizmga uchraydi. Sog‘lom ko‘ngillilarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda ushbu fermentlar tomonidan metabolizmga uchrovchi diazepam, fenitoin, nifedipin, midazolam, klaritromitsin, metoprolol, diklofenak, naproksen, piroksikam, teofillin preparat bilan bir vaqtda qo‘llanganda pantoprazolning farmakokinetik parametrlarini ahamiyatli o‘zgarishini chaqirmagan (o‘zgartirmagan). Shuningdek pantoprazol ham bir vaqtda qo‘llanganda CYP2C19, CYP3A4, CYP2S6, CYP1A2 fermentlari tomonidan metabolizmga uchraydigan teofillin, diazepam (va desmetildiazepamning faol metaboliti), fenitoin, varfarin, metoprolol, nifedipin, karbamazepin va oral kontratseptivlarning kinetikasiga ahamiyatli ta’sir ko‘rsatmagan. Pantoprazol bilan bir vaqtda qo‘llanganda bu dori vositalarining dozasiga tuzatish kiritishning zarurati yo‘q. In vivo sharoitidagi boshqa tadqiqotlarida digoksin, etanol, gliburid, antipirin va kofein pantoprazol bilan klinik o‘zaro ta’sir qilmasligi aniqlangan. Antatsidlar bilan bir vaqtda qo‘llaganda o‘zaro ta’sir kuzatilmagan. Aspan ketokonazol kabi, biokiraolishligi rN bilan bog‘liq bo‘lgan dori vositalarining so‘rilishini kamaytirishi mumkin. Klaritromitsin, metronidazol va amoksitsillin bilan klinik o‘zaro ta’siri kuzatilmagan. Alkogol bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas, chunki bu me’daning shilliq qavatini qo‘zg‘alishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Majmuaviy davolashda boshqa dori vositalarini qo‘llash bo‘yicha ma’lumotlarni e’tiborga olish kerak. Davolashni boshlashdan oldin me’dada va qizilo‘ngachda xavfli o‘sma bo‘lishi mumkinligini istisno qilish kerak, chunki pantoprazolni qo‘llash simptomlarning yaqqolligini kamaytirishi va to‘g‘ri tashxis qo‘yishni kechiktirishi mumkin. Pantoprazol nevrogen dispepsiya kabi yengil me’da­ichak ko‘rinishlarni davolash uchun mo‘ljallanmagan. Gastroezofageal reflyuks tashxisi majburiy endoskopik tasdiqni talab qiladi. Davolash davrida alkogol iste’mol qilishdan saqlanish kerak, chunki alkogol me’daning shilliq qavatini ta’sirlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Sichqonlarda o‘tkazilgan eksperimental tadqiqotlarda, pantoprazol uzoq muddat davomda qo‘llanganida me’da­ichak o‘smalarining kam uchraydigan turi hosil bo‘lganligi kuzatilgan. Odamlarda o‘smalarni hosil bo‘lishi yuzasidan ma’lumotlar ma’lum emas. Kislota sekretsiyasi blokatorlari bilan uzoq vaqt davolash gipo­ va axlorgidriya bilan bog‘liq bo‘lgan V12 vitamini tanqisligiga (tsianokobalamin) olib kelishi mumkin. Bunday holatni boshqa klinik simptomlar borligida ham e’tiborga olish kerak.

Homiladorlik (V toifasi) Hayvonlarda homiladorlikka va/yoki embrional/homila rivojlanishiga va/yoki tug‘ruq va/yoki postnatal rivojlanishga preparatning ta’siri bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar yetarli emas. Preparatning inson uchun potentsial xavfi ma’lum emas. Homilador ayollarga buyurilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Laktatsiya Pantoprazolni ko‘krak sutiga o‘tish yoki o‘tmasligi ma’lum emas. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda pantoprazol ko‘krak sutiga o‘tishi tasdiqlangan. Emizishni to‘xtatishni yoki Aspan preparati bilan davolashni hal qilishdan oldin bola uchun emizishni afzalligi va emizikli ona uchun Aspan preparati bilan davolashdan kutilgan foydasi hisobga olinishi kerak.

25°S yuqori bo‘lmagan haroratda, original o‘ramida saqlansin.

Dozani oshirib yuborish bilan bog‘liq zaharlanish simptomlari paydo bo‘lganida simptomatik va tutib turuvchi davolashni o‘tkazish kerak. Organizmdan dializ yo‘li bilan chiqarilmaydi.

Retsept bo‘yicha beriladi

Aspan 40 mg ichakda eruvchi tabletkalari blisterlarda. 2 blisterdan (28 ichakda eruvchi tabletkalar) qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

3 yil.