Askorbin kislotasiretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol modda: askorbin kislotasi – 50 mg; yordamchi moddalar: natriy gidrokarbonat – 23,85 mg, suvsiz natriy sulfit – 2 mg, inyektsiya uchun suv – 1 ml gacha karbonat angidrid gazi bilan to‘yingan.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

askorbin kislotasi

Preparatning savdo nomi:

Askorbin kislotasi

Farmakalogik guruhi:

Vitaminlar.

Dori shakli:

inyektsiya uchun eritma.

rangsiz yoki biroz sarg‘ish rangli, tiniq eritma.

Vitaminlar.

A11GA01 Farmakologik xususiyatlari Yaqqol antioksidant xususiyatlarga ega. Ko‘pchilik biokimyoviy reaktsiyalarda vodorodning tashilishini boshqaradi, uch karbon kislotalari tsiklida glyukozaning ishlatilishini yaxshilaydi, tetragidrofolat kislotasining hosil bo‘lishida va to‘qimalarning regeneratsiyasida, steroid gormonlar, kollagen, prokollagenning sintezida ishtirok etadi. ²ujayralararo moddaning kolloid holatini va kapillyarlarni me’yoriy o‘tkazuvchanligini (gialuronidazani susaytiradi) saqlab turadi. Proteolitik fermentlarni faollashtiradi, aromatik aminokislotalar, pigmentlar va xolesterin almashinuvida ishtirok etadi. Jigarda glikogenning to‘planishiga yordam beradi. Jigarda nafas fermentlarini faollashuvi hisobiga uning detoksikatsion va oqsil hosil qilish faoliyatini kuchaytiradi, protrombin sintezini oshiradi. Safro ajralib chiqishini yaxshilaydi, me’da osti bezini tashqi sekretor va qalqonsimon bezining inkretor faoliyatini tiklaydi. Immunologik reaktsiyalarni boshqaradi (antitelolar, S3 – komplement komponenti, interferon sintezini faollashtiradi), fagotsitozga yordam beradi, organizmni infektsiyalarga bo‘lgan qarshiligini oshiradi. Yallig‘lanishga qarshi va allergiyaga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Gistaminning ajralib chiqishini tormozlaydi va degradatsiyasini tezlashtiradi, PG va boshqa yallig‘lanish mediatorlarini va anafilaksiyani hosil bo‘lishini susaytirdi.

Leykotsitlarga, trombotsitlarga, so‘ngra esa barcha to‘qimalarga oson kiradi; gipofizning orqa bo‘lagida, buyrak usti bezlarining po‘stlog‘i, ko‘z epiteliysi, urug‘ bezlarining oraliq hujayralari, tuxumdonlar, jigar, miya, taloq, me’da osti bezi, o‘pkalar, buyraklar, ichak devori, yurak, mushaklar, qalqonsimon bezida to‘planadi. Asosan jigarda dezoksiaskorbin va keyin shovilsirka va diketogulon kislotalarigacha metabollanadi. o‘zgarmagan askorbat va metabolitlari siydik, ahlat, keyin ko‘krak suti bilan chiqariladi. Yuqori dozalarda chiqarilishi keskin kuchayadi, bunday yuqori chiqarilish qabul qilish to‘xtatilganidan keyin ham saqlanishi mumkin. Chekish va etil spirtini istyemol qilish organizmdagi zahiralarini keskin pasaytirib (nofaol metabolitlarga aylanishi) parchalanishini tezlashtiradi.

S gipo- va avitaminozni oldini olish va davolash, gemorragik diatez, kapillyarotoksikoz, gemorragik insult, yordamchi vositasi sifatida: qon ketishlari (burun, o‘pka, bachadon va boshqalardan), infektsion kasalliklar, intoksikatsiyalar, alkogolli va infektsion deliriy, o‘tkir nur kasalligi, posttransfuzion asoratlar, jigar (Botkin kasalligi, surunkali gepatitlar va tsirrozlar), me’da-ichak yo‘llarining kasalliklari (axiliya, yara kasalligi, ayniqsa qon ketishidan keyingi, enteritlar, kolitlar, gelmintozlar), xoletsistit, buyrak usti bezlarining yetishmovchiligi (Addison kasalligi), uzoq bitmaydigan yaralar, jarohatlar, suyak sinishlari, distrofiya, jismoniy va aqliy yuklamalar, homiladorlik va laktatsiya, gemosideroz, melanodermiyalar, eritrodermiyalar, psoriaz, surunkali tarqalgan dermatozlar, aterosklerz, bronxial astma, biriktiruvchi to‘qimaning diffuz kasalliklari (revmatoid artrit, tizimli qizil yugurik, sklerodermiya) va boshqalar; antikoagulyantlar dozasini oshirib yuborish, akonit, anestezin, anilin, antabus, barbituratlar, benzol, dixloretan, kaliy permanganat, metil spirti, margimush, uglerod oksidi, sinil kislotasi, sulfanilamidlar, talliy, fenol, xinin bilan zaharlanishda qo‘llanadi.

Kattalarga mushak ichiga va vena ichiga 5% askorbin kislota eritmasi 1-5 ml dan, bolalarga – 1-2 ml dan yuboriladi. Zaharlanishda 60 ml gacha yuboriladi. Davolash kursi kasallikning xarakteri va kechishiga qarab belgilanadi. Nojo‘ya ta’sirlari Arterial gipertenziya, modda almashinuvini tuzilishi, me’da osti bezining insulyar apparati faoliyatini (giperglikemiya, glyukonuriya) va glikogen sintezini susayishi, kapillyarlar o‘tkazuvchanligini va to‘qimalar trofikasini pasayishi, trombotsitoz, giperprotrombinemiya, tromb hosil bo‘lishi, eritrotsitopeniya, neytrofil leykotsitoz, miokard distrofiyasi, buyraklarning glomerulyar apparatini shikastlanishi, allergik reaktsiyalar (shu jumladan anafilaktik shok); uzoq vaqt qabul qilinganida siydik toshlarini hosil bo‘lishi, rux, mis almashinuvini buzilishi, MNT qo‘zg‘aluvchanligini oshishi, uyquni buzilishi, mikroangiopatiyalarni rivojlanishi.

Preparatni katta dozalarda yuqori qon ivishi oshgan, tromboflebit, trombozlarga moyilligi bo‘lgan bemorlarga, qandli diabetda, hamda askorbin kislotasiga yuqori shaxsiy sezuvchanlikda buyurish tavsiya qilinmaydi. Dorilarning o‘zaro ta’siri Qonda salitsitlar (kristalluriya xavfini oshiradi), etinilestradiol, benzilpenitsillin va tetratsiklinlar kontsentratsiyasini oshiradi, oral kontratseptivlarni – kamaytiradi. Kumarin hosilalarining antikoagulyatsion samarasini kamaytiradi. Ichakda temir preparatlarining so‘rilishini yaxshilaydi. Xinolin qatori preparatlari, kaltsiy xloridi, salitsilatlar, kortikosteroidlar uzoq vaqt qo‘llanganida, S vitaminining zahirasini kamaytiradi.

Askorbin kislotasi tiklovchi sifatida turli laboratoriya sinamalarining natijalarini o‘zgartirishi (qondagi glyukoza, bilirubin miqdorini, transaminazalar, LDG faolligini) mumkin. Uzoq davolanish vaqtida buyraklar faoliyatini, AB ni va me’da osti bezini faoliyatini (uning insulyar apparatini susayishi tufayli) ayniqsa yuqori dozalarda buyurilganida nazorat qilish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin. Chiqarilish shakli 5% inyektsiya uchun eritma, 1 ml, 2 ml va 5 ml dan ampulalarda.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Retsept bo‘yicha

1 yil 6 oy.