Anuzol Farmaprim rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi: Faol moddalar: mingdevonaning quruq ektrakti – 30 mg, kseroform (vismut tribromfenolyati va vismut oksidining kompleksi) – 100 mg, rux sulfati geptagidrati – 50 mg; Yordamchi moddalar: glitserin, qattiq yog‘.

Preparatning savdo nomi:

Anuzol-Farmaprim

Farmakalogik guruhi:

Gemorroy va anal yoriqlarni davolash uchun mahalliy qo‘llanadigan preparatlar. Vismut birikmalari majmuada.

Dori shakli:

rektal suppozitoriylar

sarg‘ish-yashildan och-jigarranggacha rangligacha bo‘lgan, kseroformning o‘ziga xos xidiga ega, yaltiroq va/yoki xira yuzali, tsilindrkonus shaklli suppozitoriylar, Kesimida havoli va g‘ovak o‘qi va voronkasimon chuqurchasi bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Qo‘ng‘ir dog‘lari bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.

Gemorroy va anal yoriqlarni davolash uchun mahalliy qo‘llanadigan preparatlar. Vismut birikmalari majmuada.

S05AX02.

Atropin me’da-ichak yo‘llaridan oson so‘riladi, shilliq qavatlar orqali o‘tadi va qon oqimi bilan butun organizm bo‘ylab tez tarqaladi. Gematoentsefalik to‘siq, yo‘ldosh orqali o‘tadi va ona sutida aniqlanadi. Jigarda qisman metabolizmga uchraydi va ham metabolitlari ko‘rinishida, ham o‘zgarmagan holda siydik bilan chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 4 soatni tashkil qiladi.

Preparat gemorroyda (ichki va tashqi), orqa yo‘lining yoriqlarida, anorektal sohani shikastlanishlarida, anal sohada sanchiq hissida, achishish va ta’sirlanishlarda qo‘llanadi.

Rektal buyuriladi. 1 suppozitoriydan kuniga 1-3 marta tozalovchi xo‘qnadan yoki ichak mustaqil bo‘shalganidan keyin kiritiladi. Maksimal sutkalik doza 7 suppozitoriyni tashkil qiladi.

Mahalliy reaktsiyalar: orqa yo‘li sohasida achishish; Immun tizimi tomonidan: allergik reaktsiyalar – o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari; Nerv tizimi tomonidan: uyquni buzilishi, uyquchanlik, bosh og‘rig‘i, tirishishlar; Audio-vestibulyar apparati tomonidan: bosh aylanishi; Ko‘rish a’zolari tomonidan: midriaz, akkomodatsiya parezi; Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, yurakni tez urib ketishi; Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: og‘iz qurishi, chanqoq, qabziyat, diareya; Siydik chiqarish  tizimi tomonidan: siydikni tutilishi. Bu belgilar paydo bo‘lgan hollarda preparatni qo‘llashni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish loim.

Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik;yopiq burchakli glaukoma,prostata bezi xavfsiz giperplaziyaisi;dekompensatsiya bosqichidagi yurak yetishmovchiligi;taxiaritmiya;serdechnaya nedostatochnost v stadii dekompensatsii;taxiaritmiya;miasteniya;ichak atoniyasi;homiladorlik va laktatsiya davri;18 yoshgacha bolalar va o‘smirlar

Mingdevona alkaloidlari m-xolinomimetiklar va antixolinesteraz vositalar, kortikotropin, ketokonazol, qon ivishiga qarshi vositalarning ta’sirini susaytiradi; narkoz vositalarining ta’sir davomiyligini kamaytiradi; yurak glikozidlari, barbituratlar, adrenomimetiklar, trankvilizatorlarning ta’sirini kuchaytiradi. Preparat bilan davolanish vaqtida spirtli ichimliklarni qabul qilish mumkin emas.

Jigar va buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan shaxslarda ishlatilishi: jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Pediatriyada ishlatilishi: preparat 18 yoshdan keyin qo‘llanadi. Homiladorlik va laktatsiya: Homiladorlikda va laktatsiya davrida preparatni qo‘llash mumkin emas. Odamning xulqiga, avtomobilni yoki mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Davolanish davrida transportni haydash yoki diqqatni yuqori jamlanishi, tezkor reaktsiyalarning tezligi va yaxshi ko‘rishni talab etuvchi mexanizmlarni boshqarishda ehtiyotkorlikka amal qilish lozim. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.

Simptomlari: og‘izni qurishi, taxikardiya, midriaz, akkomodatsiya parezi, boo‘ aylanishi, ko‘ngil aynishi, qusish, siydikni tutilishi, psixomotor qo‘zg‘alish, tirishishlar, fotofobiya, terlashni kamayishi, gipertermiya, gallyutsinatsiyalar, nafas falaji. Davolash: simptomatik davolashni o‘tkazish kerak.

Retseptsiz beriladi

Rektal suppozitoriylar. 5 suppozitoriydan kontur uyali o‘ramda. 2 kontur uyali o‘ramdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton o‘ramda.

3 yil.