Antigrippin Maksimum rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 paketcha quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: paratsetamol – 360 mg, askorbin kislotasi – 300 mg, kaltsiy glyukonati monogidrati – 100 mg, rimantadin gidroxloridi – 50 mg, rutozid – 20 mg, loratadin – 3 mg; yordamchi moddalar: aspartam, gipromelloza, kolloid kremniy dioksidi, laktoza, ozuqa hushbo‘yi limon yoki asal va limon, yoki malina, yoki qora qorag‘at.

Preparatning savdo nomi:

Antigrippin-Maksimum

Farmakalogik guruhi:

O‘RK va “shamollash” belgilarini bartaraf qilish uchun vosita.

Dori shakli:

ichga qabul qilish uchun eritma tayyorlash uchun kukun (limonli, asal-limonli, malinali, qora qorag‘atli).

Paketcha ichidagisi – deyarli oq rangli granulalarning sarg‘imtir-yashilroq rangli o‘ziga xos hidli (limon, asal bilan limon, malina, qora qaraqat) kukun bilan aralashmasi. Kukun eritilganidan keyingi eritma – rangsiz yoki sarg‘ish, biroz loyqa, o‘ziga xos hidli (limon, asal bilan limon, malina, qora qoraqat) eritma. Sariq rangli erimagan zarrachalar bo‘lishi mumkin.

O‘RK va “shamollash” belgilarini bartaraf qilish uchun vosita.

R05X

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalardagi gripp, O‘RVI, nafas yo‘llarining virusli shikastlanishlari oqibatidagi isitmali holatlarini etiopatogenetik va simptomatik davolashda qo‘llanadi.

Ichga qabul qilinadi. Bir paketcha ichidagisini 1 stakan qaynagan issiq suvda eritiladi. Issiq holda iste’mol qilinadi. Iste’mol qilishdan oldin eritma aralashtiriladi. Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga: bir paketchadan kuniga 2-3 marta ovqatdan keyin 3-5 kun davomida (5 kundan oshmasligi kerak) kasallikning belgilari yo‘qolgunicha qo‘llanadi. Agar preparatni qabul qilish boshlaganidan keyin 3 kun davomida holatning yaxshilanishi kuzatilmasa, preparatni qabul qilishni  to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.

Tarkibiga kiruvchi komponentlariga xos. MNT tomonidan. Kam hollarda – yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, tremor, giperkineziya. Me’da-ichak yo‘llari tomonidan. 7 kundan uzoqroq qabul qilinganida me’da va o‘n ikki barmoq ichakni shikastlanishi: dispepsiya, og‘izni qurishi, anoreksiya, meteorizm, diareya bo‘lishi mumkin. Qon tizimi tomonidan. Xususan, 7 kundan uzoqroq qabul qilinganida, agranulotsitoz, leykopeniya, trombotsitopeniya, neytropeniya, anemiya. Allergik reaktsiyalar. Kam hollarda – teri toshmasi, qichishish, eshakemi bo‘lishi mumkin. Nojo‘ya ta’sirining belgilari paydo bo‘lgan holda, ushbu preparatni qabul qilishni darhol to‘xtatish  va shifokorga murojaat qilish kerak.

Preparatning tarkibiga kiruvchi bir yoki bir necha komponentlarga o‘ta yuqori sezuvchanlik; zo‘rayish bosqichidagi me’da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishlari; me’da-ichak yo‘llaridan qon ketishlar; gemofiliya; gemorragik diatez; gipoprotrombinemiya; portal gipertenziya; K avitaminozi; buyrak yetishmovchiligi, homiladorlik, laktatsiya davri; tiretoksikoz, buyrak, jigarning o‘tkir kasalliklari (o‘tkir glomerulonefrit, o‘tkir piyelonefrit, o‘tkir gepatit yoki ushbu a’zolarning surunkali kasalliklarini zo‘rayishi); surunkali alkogolizm. Tutqanoqda, tserebral aterosklerozda qo‘llanish cheklanadi.

Boshqa dori vositalari bilan birga qabul qilishning zarurati bo‘lganida davolovchi shifokor bilan maslahatlashing. Antikoagulyantlar, glyukokortikoid preparatlar, gepatotoksik vositalar, barbituratlar, tirishishga qarshi vositalar, rifampitsin, alkogol bilan buyurish tavsiya qilinmaydi. Metoklopromid bilan bir vaqtda buyurilganida so‘rilishni oshishi mumkin. Kumarin hosilalari bilan bir vaqtda qo‘llanganida unchalik katta bo‘lmagan gipoprotrombinemiyaning rivojlanishi mumkin.

Qo‘llash davomiyligi – 5 kundan oshmasligi kerak. Uzoq muddat qo‘llanganida (7 kundan ko‘p) yondosh surunkali kasalliklarning zo‘rayishi, arterial gipertenziyasi bo‘lgan keksa patsiyentlarda gemorragik insultning rivojlanishining xavfi oshadi (preparat tarkibiga kiruvchi rimantadin gidroxloridi hisobiga). Metastaz berayotgan o‘smalar bo‘lganida qo‘llanmasin. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga buyurilmasin. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: birinchi 24 soatda teri rangini oqarib ketishi, ko‘ngil aynishi, qusish va epigastral sohada og‘riq, tremor, uyquchanlik, taxikardiya, qonda bilirubinning oshishi, moddalar almashinuvini buzilishi, yondosh surunkali kasalliklarning zo‘rayishi mumkin. Davolash: qusish refleksini chaqirish, me’dani yuvish, adsorbentlarni qabul qilish, simptomatik davolash. Shifokorga murojaat qilish kerak.

Retseptsiz

Ichga qabul qilish uchun eritma tayyorlash uchun kukun 5 g dan (limonli yoki asal va limonli, yoki malinali, yoki qora qorag‘atli) issiqlik bilan kavsharlangan paketchalarda. 3, 6, 8, 12 yoki 24 paketcha qo‘llash yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

2 yil.