Angilipt Zdorovye

Tarkibi:

1 ballon quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: 0,75 g eruvchi streptotsid, suvsiz sulfatiazol natriyga qayta hisoblanganda 0,54 g sulfatiazol natriy, 0,015 g timol, 0,015 g evkalipt moyi, 0,015 g qalampir yalpiz moyi; yordamchi moddalar: 96% li etanol, qand-rafinad, glitserin, polisorbat-80, tozalangan suv.

Preparatning savdo nomi:

Angilipt-Zdorovye

Farmakalogik guruhi:

Respirator tizimga ta’sir etuvchi vositalar. Tomoq kasalliklarida qo‘llanadigan preparatlar. Antiseptiklar.

Dori shakli:

ingalyatsiya uchun sprey.

och-sariqdan to‘q-sariq rangligacha bo‘lgan, o‘ziga xos hidli, tiniq suyuqlik.

Respirator tizimga ta’sir etuvchi vositalar. Tomoq kasalliklarida qo‘llanadigan preparatlar. Antiseptiklar.

R02AA20.

LOR-a’zolari va og‘iz bo‘shilig‘i shilliq qavatining infektsion-yallig‘lanish kasalliklarini (tonzillit, faringit, laringit, aftoz va yarali stomatit) mahalliy davolashda qo‘llanadi.

Kattalar va 3 yoshdan katta bolalarga preparat 1-2 sekund davomida og‘iz bo‘shig‘iga sepib, og‘iz bo‘shlig‘i va burun-halqumining shilliq qavatlariga xo‘llash yo‘li bilan mahalliy qo‘llanadi Kattalarda chayish sutkada 3-4 marta o‘tkaziladi. Agar shifokorning alohida ko‘rsatmasi bo‘lmasa, 3 yoshdan katta bolalarda chayish sutkada 1-2 marta o‘tkaziladi. Preparatni qo‘llash davomiyligi kasallikni kechishiga bog‘liq va odatda 3-10 sutkani tashkil qiladi. Qo‘llash davomiyligi va muddati kasallikning og‘irligiga bog‘liq bo‘lib, shifokor tomonidan individual ravishda belgilanadi. Ballondan foydalanish qoidalari. Ballondan himoya qopqoqchasi yechiladi.Ilova qilingan uchlikdan oldindan tozaligiga ishonch hosil qilib, uchlik (purkagich) ni ballon klapanining shtokiga o‘rnatiladi.1 minut davomida ballon chayqatiladi va dispers oqim paydo bo‘lgunicha ko‘pi bilan 5 marta bosiladi. Oqim bo‘lmaganida operatsiya yana bir marta takrorlashga ruxsat beriladi.Purkagichning erkin uchi og‘iz bo‘shlig‘iga kiritiladi, ballonni vertikal holda ushlab turib, purkagichning boshchasiga bosiladi. Purkash davomiyligi – 1-2 sek.Chayishni tugatib, purkagich ballon klapanining shtokidan olinadi va uning ifloslanishini oldini olish uchun ballon himoya qopqoqchasi bilan yopiladi.Purkagichni toza joyda saqlash, har kuni iliq suv oqimida yuvib, keyinchalik iliq joyda quritish kerak.

Odatda, preparat yaxshi o‘zlashtiriladi, ammo alohida hollarda: Immun tizimi tomonidan: allergik reaktsiyalar, shu jumladan angionevrotik shish, bronxospazm. Teri tomonidan: toshmalar, qichishish, eshakemi, preparat tushgan joyda shish. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, mahalliy samaralar (og‘izda achishish hissi, tomoqda karash yoki qichishish). Boshqalar: umumiy holsizlik, nafas olishni qiyinlashishi kuzatilishi mumkin. Biron-bir noxush ko‘rinishlar yoki g‘ayri tabiiy reaktsiyalar rivojlangan hollarda, preparatni keyinchalik qo‘llash yuzasidan shifokor bilan maslahatlashing.

Preparatning komponentlariga individual yuqori sezuvchanlik (shu jumladan sulfanilamidlar, efir moylari va preparatning boshqa komponentlarini o‘zlashtiraolmaslik), 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi Homiladorlik yoki emizish davrida preparatni, foyda/xavf nisbatini baholab, preparatning dozalash tartibiga qat’iy rioya qilib, shifokor nazorati ostida qo‘llash mumkin.

Original o‘ramda 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Dozani oshirib yuborilish hollari ta’riflanmagan. Prepartning nojo‘ya samaralari kuchayishi mumkin. Davolash. Preparatni bekor qilish, og‘iz bo‘shlig‘ini iliq qaynatilgan suv bilan yuvish kerak. Simptomatik davolash o‘tkaziladi.

«Farmatsevticheskaya kompaniya “Zdorovye” MCHJ Ukraina, 61013, Xarkov sh., Shevchenko ko‘ch., 22.

«Farmatsevticheskaya kompaniya “Zdorovye” MCHJ Ukraina, 61013, Xarkov sh., Shevchenko ko‘ch., 22.

Retseptsiz

30 ml 1 ballon purkagich-moslama va himoya qopqog‘i bilan birga qutida.

1,5 yil.