Allergik reaktsiyalar: eshakemi, terini qizarishi, eritematoz, toshmalar, angionevrotik shish, rinit, kon’yunktivit, kam – isitma, artralgiya, eozinofiliya, eksfoliativ dermatit, ko‘p shaklli ekssudativ eritema (shu jumladan Stivens-Djonson sindromi), zardob kasalligi bilan o‘xshash reaktsiyalar: yakka hollarda – anafilaktik shok.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: disbakterioz, ta’mni o‘zgarishi, qusish, ko‘ngil aynishi, diareya, stomatit, glossit, “jigar” fermentlari faolligini oshishi, kam – soxtamembranoz enterokolit.
Nerv tizimi tomonidan: qo‘zg‘alish, xavotirlik, uyqusizlik, ataksiya, ongni chalkashishi, xulqni o‘zgarishi, depressiya, periferik nevropatiya, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, tutqanoqsimon reaktsiyalar.
Laboratoriya ko‘rsatkichlari: leykopeniya, neytropeniya, trombotsitopenik purpura, anemiya.
Boshqalar: nafasni qiyinlashishi, taxikardiya, interstitsial nefrit, qin kandidomikozi, superinfektsiya (ayniqsa surunkali kasalliklari yoki organizmning chidamliligi pasaygan patsiyentlarda).