Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Tarkibi:
faol moddalar: amoksitsillina trigidrat – 0,25 g i 0,5 g;
Ta'sir etuvchi modda(XPN):
amoksitsillin
Preparatning savdo nomi:
Amoksitsillin
Farmakalogik guruhi:
Antibiotiklar (penitsillinlar guruhi).
Dori shakli:
tabletkalar
kartoshka kraxmali, kaltsiy stearati yoki magniy stearati, talk. oq rangli, o‘ziga xos hidli tabletkalar.
Antibiotiklar (penitsillinlar guruhi).
J01CA04
Preparat me’da-ichak yo‘lida amalda to‘liq (93%) so‘riladi, ovqatlanish preparatning so‘rilishiga ta’sir qilmaydi, me’daning kislotali muhitida parchalanmaydi.
Plazmada eng yuqori kontsentratsiyasiga ichilgandan keyin 1-2 soatda erishiladi.
Preparatning 17% ga yaqini plazma oqsillari bilan bog‘lanadi.
Tananing to‘qimalariga biologik suyuqliklariga (orqa miya suyuqligi bundan mustasno), ona sutiga kiradi, hamda yo‘ldosh to‘sig‘idan o‘tadi.
Jigarning normal faoliyatida o‘t suyuqligidagi kontsentratsiyasi qondagi kontsentratsiyasidan 2-4 marta ko‘p bo‘ladi.
Katta qismi buyrak orqali, asosan naychalar ekskretsiyasi bilan, 50% ga yaqini o‘zgarmagan holda ajralib chiqadi.
Yarimchiqarilish davri 1-2 soat, jigar faoliyati buzilganda u o‘zgarmaydi, ammo buyrak faoliyati buzilganda (kreatinin klirensi 15 ml/min ga teng yoki kam) uzayadi, anuriyada esa (5-15 soat) ¢rtacha 8,5 soatga yetadi.
Preparatga sezgir bo‘lgan mikroorganizmlar chaqirgan infektsiyalarni, ayniqsa nafas yo‘li, siydik-tanosil tizimi, o‘t suyuqligi yo‘llari, me’da-ichak yo‘li, teri va yumshoq to‘qima yuqumli kasalliklarini davolashda qo‘llanadi.
Antibiotik-jarrohlik kompleks davolash doirasida o‘t pufakchasi va o‘t yo‘llarini salmonella tashuvchiligidan sanatsiya qilish uchun qo‘llaniladi.
Ichga, ovqatlanishdan oldin yoki keyin ichiladi.
Kattalar va 10 yoshdan katta bo‘lgan bolalarga (tanasining vazni 40 kg dan ortiq bo‘lsa) odatda sutkasiga 1,0-1,5 g dozada tavsiya qilinadi.
5 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarga bir sutkalik dozasi odatda 0,75 g ni, 2 yoshdan 5 yoshgacha – 0,375 g ni, 2 yoshdan kichik bo‘lgan bolalarga 30 mg/kg ni tashkil qiladi.
Sutkalik dozasi 2-3 mahalga bo‘lib ichiladi.
Og‘ir kechuvchi yuqumli kasalliklarni davolash uchun qabul qilish dozasini ikki martaga oshirish mumkin.
Preparat bilan davolash muddati 5-7 kundan kam bo‘lmasligi kerak, ammo surunkali bronxit xurujida odatda faqat yiringli balg‘am ajralishi davrida qo‘laniladi.
Beta-gemolitik streptokokklar chaqirgan infektsiyalarda, asoratning oldini olish maqsadida kamida 10 kungacha davolanish tavsiya qilinadi.
Kasallik belgilari yo‘qolgandan keyin ham preparatni 48 soat davomida ichish tavsiya qilinadi.
O‘tkir so‘zakda 3 g preparatni 1 g probenetsid bilan birgalikda bir marta qabul qilinadi.
Ayollarni davolaganda ko‘rsatilgan dozani takrorlash tavsiya qilinadi.
Jigar faoliyatining pasayishida preparatning dozasi o‘zgartirilmaydi.
Gemodializdan keyin preparatning chiqib ketgan dozasi to‘ldiriladi.
Buyrak faoliyati buzilgan kasallarda kreatinin klirensi 30 ml/min dan kam bo‘lganda, preparatning dozasi kamaytiriladi yoki qabul qilish oralig‘i uzaytiriladi.
Kreatinin klirensi 15-20 ml/min bo‘lganda preparatni qabul qilish oralig‘i kamida 12 soat bo‘lishi kerak.
Anuriya bilan og‘rigan bemorlarga preparatning sutkalik dozasi 2 g dan oshmasligi kerak.
Siydik-tanosil yo‘llari yuqumli kasalliklarida qabul qilish dozasini o‘zgartirish talab qilinmaydi.
Allergik reaktsiyalar: eritema, eshakemi, rinit, kon’yuktivit; ayrim hollarda isitma, bo‘g‘inlarda og‘riq, eozinofiliya; juda kam hollarda anafilaktik shok, Kvinke shishi.
Ovqat hazm qilish yo‘llarini buzilish hollari: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, orqa chiqaruv teshigi qichimasi.
Juda kam hollarda psevdomembranoz va gemorragik kolitlar, ayrim hollarda interstitsial nefrit rivojlanishi mumkin.
Juda kam hollarda agronulotsitoz, trombotsitopeniya bo‘lishi mumkin.
Bakteriostatik antibiotiklar (tetratsiklin, xloramfenikol, makrolidlar) bilan birgalikda ichilganda o‘zaro antogonizm yuzaga keladi.
Aminoglikozid va tsefalosporin guruhi antibiotiklari bilan qo‘llanganda mikrobga qarshi ta’sirida sinergizm kuzatiladi.
Allopurinol bilan birgalikda ichilganda terida allergik reaktsiyaning qayd qilinishi oshirmaydi.
Preparat steroid homiladan saqlovchi vositalarning ta’sirini kamaytiradi xamda penitsillin va tsefalosporinlar bilan qarama-qarshi sensibilizatsiyaga ega.
Probenitsid, fenilbutazon, oksifenbutazon, atsetilsalitsil kislota, sulfinpirazonlar preparatning plazmadagi kontsentratsiyasini va uning yarim chiqishini ko‘paytiradi.
Antatsidlar preparatning so‘rilishini kamaytiradi.
Simptomlari: me’da-ichak yo‘li faoliyatining buzilishi: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya va uning natijasida suv-elektrolit balansi buzilishi mumkin.
Davolash: me’dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir va tuzli ich suruvchi vositalar buyurish, suv-elektrolit balansi buzilganda esa tuzli eritmalar bilan infuziya tavsiya qilinadi.
Retsept bo‘yicha
Tabletkalar 0,25 g va 0,5 g dan.
Kontur uyali va kontur uyasiz o‘ramlarda №10 ta tabletkadan.
№10 yoki №20 tabletkadan bankalarda.