Qon va limfatik tizimi tomonidan.
Trombotsitopeniya, leykotsitopeniya.
Immun tizimi tomonidan.
Allergik reaktsiyalar.
Metabolizmni buzilishlari va alimentar buzilishlar.
Giperglikemiya.
Ruxiyat tomonidan.
Uyqusizlik, kayfiyatning o‘zgaruvchanligi (jumladan xavotirlik), depressiya, ongni chalkashishi.
Nerv tizimi tomonidan: uyquchanlik, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i (asosan davolashning boshida), charchoqlik, asteniya, tirishishlar, ko‘p terlash, tremor, disgevziya, sinkope, gipesteziya, parasteziya, gipertonus, periferik neyropatiya.
Ko‘rish a’zosi tomonidan.
Ko‘rishni buzilishi (jumladan diplopiya), ko‘z yoshi oqishi.
Eshitish a’zolari va labirint tomonidan.
Quloqlarda shang‘illash.
Yurak tomonidan: yurak urishini tezlashishi, hansirash, ko‘krakda og‘riq.
Boshqa kaltsiy antagonistlarini qabul qilish vaqtidagi kabi, asosiy kasallikni: miokard infarkti, aritmiya (shu jumladan bradikardiya, qorincha taxikardiyasi va bo‘lmachalar xilpillashi), shuningdek to‘sh ortidagi og‘riqni oqibatidan ajratib bo‘lmaydigan tabiiy kechishi kam uchraydigan noxush ko‘rinishlar ta’riflangan.
Qon tomir tizimi tomonidan.
Yuzni qizarishi, qizish hissi, arterial gipotenziya, vaskulit, periferik shishlar.
Respirator, torakal va mediastinal buzilishlar.
Dispnoe, rinit, yo‘tal.
Me’da-ichak yo‘llari tomonidan.
Ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq, dispepsiya, epigastral sohada diskomfort, og‘izni qurishi, ichak peristaltikasini buzilishi (shu jumladan qabziyat, diareya va meteorizm) pankreatit, gastrit, milklar giperplaziyasi.
Gepatobiliar tizimi tomonidan.
Gepatitlar, sariqlik, jigar fermentlari darajasini oshishi (bu ko‘proq xolestaz bilan assotsiatsiyalangan).
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan.
Angionevrotik shish (Kvinke shishi), toshma, qichishish, ko‘p shaklli eritema, eshakemi, alopetsiya, purpura, teri rangini o‘zgarishi, issiqlik hissi, ko‘p terlash, fotosezuvchanlik, eksfoliativ dermatit, Stivens-Djonson sindromi.
Skelet-mushak apparati va biriktiruvchi to‘qimalar tomonidan.
Boldirni shishi, artralgiya, mialgiya, mushaklarni tirishishi, belda og‘riq.
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan.
Sutkalik diurezni biroz oshishi, nikturiya, siydik ajralishini buzilishi, siyishni tezlashishi.
Reproduktiv tizimi va ko‘krak bezlari tomonidan.
Ginekomastiya, jinsiy disfunktsiya.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi holat.
Shish, charchoqlik, og‘riq, lohaslik, tana vaznini oshishi yoki kamayishi.
Preparat bekor qilinganidan keyin nojo‘ya samaralari odatda butunlay yo‘qoladi.
Ekstrapiramid sindrom rivojlanishining ayrim holatlari haqida xabar bo‘lgan.