Amlodipinretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol modda: 5 mg va 10 mg amlodipinga ekvivalent bo‘lgan amlodipin bezilati. yordamchi moddalar: mikrokristallik tsellyuloza, magniy stearati.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Amlodipin bezilati.

Preparatning savdo nomi:

Amlodipin

Farmakalogik guruhi:

Antigipertenziv vosita (kaltsiy kanallarining blokatori).

Antigipertenziv vosita (kaltsiy kanallarining blokatori).

Ichga qabul qilingandan so‘ng, ovqat qabul qilishdan qat’iy nazar, me’da-ichak yo‘llaridan sekin so‘riladi (90%); qondagi maksimal kontsentratsiyasi 6-12 soatdan so‘ng aniqlanadi. Preparatning qon plazmasidagi barqaror muvozanatli kontsentratsiyasiga 7-8 kun uzluksiz qabul qilinganidan keyin erishiladi. Taqsimlanish hajmi – taxminan 20 l/kg, biokiraolishligi 60-65% ni tashkil qiladi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi – 95-98% dan ortiq. Preparatning yarim chiqarilish davri 35-40 soat, bu uni sutkada 1 marta buyurish imkonini beradi. Nofaol metabolitlarini hosil bo‘lishi bilan asosan jigarda metabolizmga uchraydi. Qabul qilingan dozaning 10% dan kamrog‘i o‘zgarmagan holda, taxminan 60% nofaol metabolitlari ko‘rinishida buyraklar orqali chiqariladi, 20-25% metabolitlari ko‘rinishida o‘t-safro bilan va ichak orqali, shuningdek ko‘krak suti bilan chiqariladi. Gematoentsefalik to‘siq orqali o‘tadi. Arterial gipertoniyasi bo‘lgan bemorlarda yarim chiqarilish davri taxminan 48 soatni tashkil qiladi, keksa patsiyentlarda 65 soatgacha oshadi, jigar yetishmovchiligida – 60 soatgacha, buyraklar faoliyati buzilganda – o‘zgarmaydi. Gemodializda chiqarilmaydi.

Arterial gipertenziya, zo‘riqish stenokardiyasi, vazospastik stenokardiya, og‘riqsiz miokard ishemiyasi, dekompensatsiyalangan surunkali yurak yetishmovchiligida (yordamchi davo sifatida) qo‘llanadi.

Ichga, boshlang‘ich doza – sutkada 5 mg bir marta qabul qilinib, keyinchalik bilan 7-14 kun davomida asta sekin sutkada bir marta 10 mg gacha oshiriladi; arterial gipertenziyada tutib turuvchi doza – sutkada 2,5-5 mg. Zo‘riqish stenokardiyasi va vazospastik stenokardiyada – sutkada 5-10 mgdan bir marta; stenokardiya xurujlarini oldini olish uchun- sutkada 10 mg. Ozg‘in patsiyentlarga, bo‘yi baland bo‘lmagan patsiyentlarga, keksa bemorlarga, jigar faoliyati buzilgan bemorlarga gipotenziv dori vositasi sifatida boshlang‘ich 2,5 mg dozada, antianginal dori vositasi sifatida- 5 mg buyuriladi. Surunkali yurak yetishmovchiligida boshlang‘ich doza – sutkada 2,5 mg dan 1 marta buyuriladi, yaxshi o‘zlashtirilganida dozani asta-sekin sutkada 1 marta 10 mg gacha oshiriladi.

Yurak-tomir tizimi tomonidan: yurak urishi, hansirash, arterial bosimni yaqqol pasayishi, hushdan ketish, vaskulit, shishlar (to‘piq va oyoqlarni shishi), yuzga “qon quyilishlari”, kam hollarda – ritmni buzilishi (bradikardiya, yurak qorinchasi taxikardiyasi, bo‘lmachalarni lipillashi), ko‘krak qafasida og‘riq, ortostatik gipotenziya; juda kam hollarda – yurak yetishmovchiligini rivojlanishi va chuqurlashishi, ekstrasistoliya. Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, toliqish, uyquchanlik, kayfiyatni buzilishi, tirishishlar; kam – hollarda hushni yo‘qotish, giperesteziya, asabiylik, paresteziyalar, tremor, vertigo, asteniya, lohaslik, uyqusizlik, depressiya, g‘ayri – tabiiy tushlar ko‘rish, juda kam hollarda – ataksiya, apatiya, ajitatsiya, amneziya. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, epigastriyada og‘riqlar, kam hollarda – “jigar” transaminazalari darajasini oshishi va sariqlik (xolestaz bilan bog‘liq), pankreatit, og‘izni qurishi, meteorizm, milklarni giperplaziyasi, qabziyat yoki diareya, juda kam hollarda – gastrit, ishtahani oshishi. Siydik jinsiy tanosil tomonidan: kam hollarda – pollakiuriya, siyishga og‘riqli qistovlar, nikturiya, jinsiy faoliyatni buzilishi (shu jumladan potentsiyani pasayishi); juda kam hollarda – dizuriya, poliuriya. Teri qoplamalari tomonidan: juda kam hollarda – kserodermiya, alopetsiya, dermatit, purpura, teri rangini o‘zgarishi. Allergik reaktsiyalar: terini qichishishi, toshma (shu jumladan eritematoz, makulapapulez toshma, eshakemi), angionevrotik shish. Tayanch – harakat apparati tomonidan: kam hollarda – artralgiya, artroz, mialgiya (uzoq qo‘llanganida); juda kam hollarda – miasteniya. Boshqalar: kam – ginekomastiya, poliurikemiya, tana vaznini oshishi/kamayishi, trombotsitopeniya, leykopeniya, giperglikemiya, ko‘rishni buzilishi, kon’yunktivit, diplopiya, ko‘zda og‘riq, quloqlarni shang‘illashi, orqa og‘rig‘i, dispnoe, burundan qon ketishi, ko‘p terlash, chanqoq; juda kam hollarda – sovuq yopishqoq ter, yo‘tal, rinit, parosmiya, ta’m sezishni buzilishi, akkomodatsiyani buzilishi, kseroftalmiya.

O‘ta yuqori sezuvchanlik (shu jumladan boshqa digidropiridaminlarga), og‘ir arterial gipotenziya, homiladorlik, laktatsiya davri.

Kaltsiy kanallarining barcha blokatorlari (shu jumladan amlodipin ham) yurak yetishmovchiligi va yaqqol aortal stenozi bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanishi kerak. Kam hollarda, ayniqsa koronar arteriyalarning yaqqol obstruktsiyasi bo‘lgan patsiyentlarda, davolashni boshlashda yoki amlodipinning dozasi oshirilganda, stenokardiya ko‘proq, davomiyroq va og‘irroq rivojlanishi mumkin. “Sekin” kaltsiy kanallarining blokatorlarida “bekor qilish” sindromi yo‘qligiga qaramasdan, davolashni to‘xtatish oldidan dozani sekin-asta pasaytirish tavsiya qilinadi. Amlodipinni avtomobilni boshqarishga yoki mexanizmlar bilan ishlashga ta’siri to‘g‘risida xabarlar bo‘lmagan. Shunday bo‘lsada, ayrim patsiyentlarda ko‘pincha davolashning boshida uyquchanlik va bosh aylanishi paydo bo‘lishi mumkin. Ular paydo bo‘lganida patsent avtomobilni boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlashda maxsus ehtiyotkorlik choralariga rioya qilishi kerak. Amlodipinni homiladorlik va emizish davrida qo‘llashning xavfsizligi aniqlanmagan. Homiladorlik davrida faqat ona uchun taxmin qilinayotgan foyda, homila uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lgandagina qo‘llash mumkin. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin

Belgilari: arterial bosimni yaqqol pasayishi, taxikardiya, xaddan tashqari periferik vazodilyatatsiya. Davolash: me’dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir buyurish, yurak-qon tomir tizimi faoliyatini tutib turish, yurak va o‘pka faoliyati ko‘rsatkichlarini nazorat qilish, patsiyentning oyoq-qo‘llarni ko‘tarib qo‘yilgan holatda yotqizish. Kaltsiy kanallari blokadasining asoratlarini bartaraf qilish uchun – kaltsiy glyukonatini vena ichiga yuborish lozim. Gemodializ samarasiz.

Retsept bo‘yicha

Tabletkalar 5 va 10 mg dan, oq yoki deyarli oq rangligacha bo‘lgan, dumaloq tabletkalar.

2 yil.