Amitriptilin ATMretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol modda: amitriptilin gidroxloridi (amitriptilinga qayta hisoblanganda – 25 mg); yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, mikrokristall tsellyuloza, natriy kroskarmelloza, gipromelloza, magniy stearati, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, polietilenglikol 6000, titan dioksidi (Ye 171), talk, polisorbat 80, karmoizin (Ye 122).

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

amitriptilin

Preparatning savdo nomi:

Amitriptilin ATM

Farmakalogik guruhi:

Antidepressant

Dori shakli:

qobiq bilan qoplangan tabletkalar

dumaloq shaklli, och-pushtidan pushti ranggacha bo‘lgan, yuqori va pastki yuzalari qavariq, qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Sindirilganida lupa ostida bitta yaxlit qavat bilan o‘ralgan yadro ko‘rinadi.

Antidepressant

N06AA09

So‘rilishi. Preparat tabletkalarini peroral qabul qilinganda qon zardobida taxminan 4 soatdan keyin maksimal darajaga (tmax = 3,89±1,87 soat; diapazon 1,03-7,98 soat) erishiladi. 50 mg preparatni peroral qabul qilgandan keyin Cmax o‘rtacha qiymati = 30,95±9,61 ng/ml, diapazon 10,85-45,7 ng/ml (111,57±34,64 nmol/l; diapazon 39,06-1,64,52 nmol/l) ni tashkil qiladi. Peroral qabul qilinganda mutloq biokiraolishlikning o‘rtacha qiymati 53% (Fabs =0,527±0,123; diapazon 0,219-0,756) ni tashkil qiladi. Taqsimlanishi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi taxminan 95% ni tashkil qiladi. Amitriptilin va uning asosiy metaboliti–nortriptilin–yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi. Biotransformatsiyasi. Amitriptilinni metabolizmi asosan metil guruhini yo‘qolishi (CYP2S19, CYP3A) va gidroksi guruhini qo‘shilishi (CYP2D6) yo‘llari, keyinchalik glyukuron kislotasi bilan kon’yugatsiyasi orqali yuz beradi. Bunda metabolizm genetik polimorfizmi bilan xarakterlanadi. Ikkilamchi amin-nortriptilin asosiy faol metabolit hisoblanadi. Nortriptilin serotoninga nisbatan noradrenalinni qamrab olinishini kuchli ingibitoridir, shu bilan bir vaqtda amitriptilin kabi ikkala neyromediatorlarni qamrab olinishini bir xil muvaffaqiyatli susaytiradi. Keyingi metabolitlar (tsis- va trans-10-gidroksiamitriptilin, shuningdek tsis- va trans 10-gidroksinortriptilin) kamroq ta’sir kuchidagi nortriptilinga xos profili bilan xarakterlanadi. Demetilnortriptilin va amitriptilin-N-oksid plazmada mavjud, faqat oz miqdorda, ulardan amitriptilin-N-oksidi  butunligicha faollikdan mahrum. Hamma metabolitlar amitriptilin va nortriptilin bilan solishtirilganda kam antixolinergik faollikka ega. Plazmada miqdoriy jihatdan 10-gidroksinortriptilinning umumiy miqdori ustun, ammo ko‘pchilik metabolitlar kon’yugatsiya  ko‘rinishida saqlanadi. Chiqarilishi. Peroral qabul qilingandan keyin amitriptilin uchun yarim chiqarilish davri (T1/2β) taxminan 25 soat (24,65±6,31 soat, diapazon 16,49-40,36 soat) ni tashkil qiladi. Tizimli klirensning (Cls) o‘rtacha qiymati 39,24±10,18 l/g, diapazon 24,53- 53,73 l/g ni tashkil qiladi. Asosan siydik bilan chiqariladi. Amitriptilin buyraklar orqali o‘zgarmagan ko‘rinishda kam miqdorda chiqariladi (taxminan 2%). Emizikli onalarda amitriptilin va nortriptilin oz miqdorda ko‘krak sutiga o‘tadi. Ayollarda ko‘krak sutidagi va qon zardobidagi kontsentratsiyasining nisbati 1:2 ni tashkil qiladi. Ko‘pchilik patsiyentlarda amitriptilin va nortriptilinni plazmadagi barqaror yig‘indi darajasiga 1 hafta davomida erishiladi. Bunday holatda preparat tabletkalarini odatdagi sutkada 3 marta qo‘llangan davolash vaqtidagi bilan amitriptilin va nortriptilinni plazmadagi darajasi sutka davomida taxminan teng darajada bo‘lishi ko‘rsatilgan. Keksa yoshdagi patsiyentlarda metabolizmni jadalligi kam pastligi tufayli, yarim chiqarilish davrini uzoqroq ekanligi aniqlangan. Jigarning aniq og‘irlik darajasidagi shikastlanishi preparatni jigarda parchalanishini cheklashi mumkin, bu esa preparatni qon plazmasida yuqori miqdorini ko‘rsatadi. Buyrak yetishmovchiligi preparatani kinetikasiga ta’sir qilmaydi. Polimorfizmi. Preparatning metabolizmi genetik polimorfizmga bog‘liq. (CYP2D6 va CYP2S19 izoenzimlar).

ayniqsa xavotirlanish, qo‘zg‘alish va uyquni buzilishi kabi xarakterli belgilar bilan kechuvchi og‘ir depressiya;shizofreniyasi bo‘lgan bemorlarda depressiya holatlarida gallyutsinatsiyalarni zo‘rayishini va paranoid maniyalarni oldini olish uchun neyroleptik bilan majmuaviy qo‘llash;surunkali og‘riq sindromi;organik patologiya bo‘lmagan sharoitdagi tungi enurezda qo‘llanadi.

Depressiya. Davolashni kichik dozalarni qo‘llashdan boshlab, klinik samarani va dori vositasiga nisbatan sezuvchanlik belgilarini sinchkov kuzatgan holda ularni asta-sekin oshirish lozim. Sutkada 150 mg dan yuqori dozalarni (sutkada 225 mg gacha, ba’zida esa – sutkada 300 mg gacha) statsionar sharoitda qo‘llash lozim. Kattalar: avval 25 mg dan sutkada 3 marta bo‘lgan dozada, zarur bo‘lganida dozani har ikkinchi kuni sutkada 25 mg dan 150 mg gacha asta-sekin oshirish kerak (kam hollarda statsionar sharoitida sutkada 225-300 mg gacha). Samarani bir maromda saqlab turuvchi doza optimal terapevtik dozaga mos tushadi. 65 yoshdan katta patsiyentlar: avval 10 mg dan sutkada 3 marta bo‘lgan dozada, zarur bo‘lganida dozani har ikkinchi kuni sutkada 100-150 mg gacha asta-sekin oshirish kerak. Qo‘shimcha dozani odatda kechqurun buyuriladi. Samarani bir maromda saqlab turuvchi doza optimal terapevtik dozaga mos tushadi. Davolash davomiyligi: Antidepressant samara odatda 2-4 hafta davomida rivojlanadi. Antidepressantlar bilan davolash simptomatik xarakterga ega va shuning uchun uni muvofiq vaqt oralig‘ida, sog‘aygandan keyin qaytalanishlarni profilaktika qilish maqsadida odatda 6 oy davomida o‘tkazish lozim. Depressiya holati qaytalanuvchi bemorlarda (unipolyar) yangi epizodlarni bartaraf qilish uchun samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash bir necha yillar davomida zarur bo‘lishi mumkin. Surunkali og‘riq sindromi Kattalar: Avval 25 mg dan kechqurun buyuriladi. Davolash samaradorligiga qarab dozani kechqurun asta-sekin maksimal 100 mg gacha oshirish mumkin. Keksa yoshdagi  bemorlar uchun davolashni tavsiya qilingan dozaning taxminan yarmiga teng dozadan boshlash lozim. Tungi enurez 7-12 yoshli bolalar – 25 mg, 12 yoshdan kattalar – 50 mg uyqudan 30 minut – 1 soat uyqudan oldin. Davolash davomiyligi-3 oydan ko‘p emas. Buyrak funktsiyasini susayishida: buyrak funktsiyasini susayishi bo‘lgan patsiyentlarga amitriptilinni odatdagi dozalarda buyurish mumkin. Jigar funktsiyasini susayishida: dozalariga ehtiyot bilan tuzatish kiritish kerak, agar mumkun bo‘lsa, qonni zardobida preparatning miqdorini aniqlash kerak.. Qo‘llash usuli: dozani oshirishni odatda preparatni kechqurun yoki uyqudan oldin qabul qilish hisobiga amalga oshiriladi. Samarani bir maromda ushlab turuvchi davolashda umumiy sutkalik dozani bir marta asosan uyqudan oldin qabul qilish mumkin. Tabletkalarni chaynamasdan va suv bilan ichib butunligicha yutish lozim. Davolashni to‘xtatish: davolashni to‘xtatish kerak bo‘lgan hollarda preparat dozasini asta-sekin bir necha hafta davomida kamaytirish lozim.

Amitriptilin boshqa tritsiklik antidepressantlarni qabul qilinganda paydo bo‘ladiganga o‘xshash nojo‘ya samararlarni chaqirish xususiyatiga ega. Ayrim quyida keltirilgan nojo‘ya samaralar (bosh og‘rig‘i, tremor, diqqatni jamlashni buzilishi, qabziyat va libidoni pasayishi), shuningdek depressiyaning simptomlari bo‘lishi mumkin va odatda depressiya holati yaxshilangan sari susayib boradi.

amitriptilinga yoki preparatning har qanday komponentlariga yuqori sezuvchanlik;bir vaqtda MAO ingibitorlarini (monoaminoksidaza ingibitorlari) qo‘llagan holda davolash yoki MAO ingibitorlari bilan davolash to‘xtatilgandan keyin ikki hafta davomida qabul qilish. MAO ingibitorlari bilan davolashni amitriptilinni qabul qilish to‘xtatilgandan 14 sutkadan keyin boshlash mumkin;glaukoma;paralitik ichak tutilishi;tutqanoq;pilorostenoz;qovuq atoniyasi;dekompensatsiya bosqichidagi yurak yetishmovchiligi, yurak ishemik kasalligi (YUIK);yaqinda o‘tkazilgan miokard infarkti;har qanday turdagi blokadalar yoki yurak ritmini buzilishlari;paroksizmal taxikardiyada qo‘llash mumkin emas. Nisbiy qarshi ko‘rsatmalar bo‘lib hisoblanadi: urodinamikani buzilishi bilan kechadigan prostatata bezining gipertrofiyasi;me’da va o‘n ikki barmoq ichakning peptik yarasi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan majmualar MAO ingibitorlari (noselektiv, shuningdek selektiv A (moklobemid) va V (selegilin)) –“serotonin sindromi”ni xavf rivojlanishi mumkun. (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang) . Noxush majmualar Simpatomimetik vositalar: amitriptilin adrenalin, efedrin, izoprenalin, noradrenalin, fenilefrinni va fenilpropanolaminni kardiovaskulyar samaralarini kuchaytirish qobiliyatiga ega. Adrenergik neyronlarni blokatorlari: tritsiklik antidepressantlar guanetidin, betanidin, rezerpin, klonidin va metildopani antigipertenziv samaralariga to‘sqinlik qilishi mumkin. Tritsiklik antidepressantlar bilan davolash vaqtida antigipertenziv davolash sxemasini ko‘rib chiqish tavsiya qilinadi. Antixolinergik vositalar: tritsiklik antidepressantlar ko‘rish a’zolariga, MNT, ichak va qovuqqa nisbatan qo‘llanadigan dori vositalarini samaralarini kuchaytirishi mumkin; paralitik ichak tutilishi va giperpireksiyaning yuqori xavfi tufayli ularni bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish lozim. Elektrokardiogrammada QT intervalini uzayishini chaqiruvchi dori vositalari, shu jumladan antiaritmik preparatlar (xinidin), antigistamin (astemizol va terfenadin), ayrim antipsixotik dori vositalari (xususan pimozid va sertindol), tsizaprid, galofantrin va sotalol tritsiklik antidepressantalar bilan birga qabul qilingan hollarda qorinchalar aritmiyasi ehtimolini oshirishi mumkin. Flukonazol va terbinafin kabi zamburug‘larga qarshi preparatlar qon zardobida tritsiklik antidepressantlarni kontsentratsiyasini va yondosh toksiklikni yaqqolligini oshiradi. Hushni yo‘qotish va xaotik polimorf qorinchalar taxikardiyasi holatlari bo‘lishi mumkin. MNT depressantlari: amitriptilin alkogolni, barbituratlarni va boshqa MNT susaytiruvchi vositalari samaralarini kuchaytirish qobiliyatiga ega.

Amitriptilinni bir vaqtda MAO ingibitorlari bilan buyurish mumkin emas (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” va “Dorilarning o‘zaro ta’siri” bo‘limlariga qarang). Amitriptilin va MAO ingibitorlarini bir vaqtda buyurish serotonin sindromini (xavotirli qo‘zg‘alishlar, ongni chalkashishi, tremor, mioklonus va gipertermiyani o‘z ichiga olishi mumkin bo‘lgan simptomlar bilan birga) rivojlanishiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Amitriptilin qo‘llanadigan davolashni noselektiv MAO ingibitorlarini qabul qilish to‘xtatilgandan 14 sutkadan, shuningdek moklobemid va selegilinni qaytuvchan ta’sirlari bo‘lgan preparatlarni qo‘llash to‘xtatilgandan keyin kamida 1 sutkadan keyin boshlash mumkin. Preparatni yuqori dozalarda qo‘llanganda yurak ritmini buzilishlari va og‘ir arterial gipotenziyani rivojlanish ehtimoli oshadi. Bunday holatlarni rivojlanishi, shuningdek yurak kasalliklari bo‘lgan bemorlarda odatdagi dozalarni qo‘llanganda ham bo‘lishi mumkin. Amitriptilinni tirishish buzilishlari, siydikni tutilishi, gipertireozi bo‘lgan bemorlarga, paranoidal simptomlari, shuningdek jigar yoki yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lganida ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Depressiya o‘z joniga qasd qilishni yuqori xavfi bilan bog‘liq. Bunday xavf turg‘un remissiyaga erishgunga qadar mavjud bo‘lishi mumkin va davolash kursi davomida to‘satdan paydo bo‘lishi mumkin. Antidepressantlar bilan davolash fonida, ayniqsa davolashni boshida, bemorlar holatini klinik yomonlashuvini va/yoki o‘z joniga fikrlarni va xulqni paydo bo‘lishiga nisbatan sinchkov kuzatish kerak. Suitsidga moyilligi bo‘lgan bemorlarga ko‘p miqdordagi dori vositalariga qabul qilishga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Amitriptilinni gipertireoz bo‘lgan bemorlarga yoki tireoid preparatlarni qabul qiladiganlarga buyurish hollarida alohida e’tibor lozim, chunki bunda yurak aritmiyasi rivojlanishi mumkin. Keksa yoshdagi patsiyentlar, ayniqsa amitriptilin bilan davolash vaqtida postural gipotenziyani rivojlanishiga moyilliklari mavjud. Maniakal-depressiv buzilishlari bo‘lgan bemorlarda kasallik maniakal bosqichiga o‘tishi mumkin, kasallikni maniakal bosqichiga o‘tish vaqtidan boshlab patsiyent amitriptilin bilan davolashni to‘xtatishi kerak. Amitiriptilinni shizofreniyani depressiv komponenti bo‘yicha qo‘llanganda ruhiy simptomlarni kuchayishi mumkin. Amitriptilinni neyroleptiklar bilan majmuaviy buyurish kerak. Ko‘z kamerasini kichik chuqurlik va tor burchakli kamdan-kam uchraydigan holatlari bo‘lgan patsiyentlarda qorachiqlarni kengayishi oqibatida (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang) o‘tkir glaukoma xurujlarini kuchayishi mumkin. Tri-/tetratsiklik antidepressantlarni davolash fonida anestetiklarni qabul qilish aritmiya va arterial gipotenziyani rivojlanish xavfini oshirishi mumkin. Agar iloji bo‘lsa amitriptilinni jarrohlik operatsiyalaridan bir necha sutka oldin qo‘llashni to‘xtatish kerak. Shoshilinch jarroxlik aralashuvlaridan voz kechib bo‘lmaydigan holatlarda anesteziologni amitriptilin bilan davolanganligi to‘g‘risida albatta xabardor qilish kerak. Boshqa psixotrop vositalari kabi amitriptilin ham organizmni insulin va glyukozaga bo‘lgan sezuvchanligini o‘zgartirish qobiliyatiga ega. Bu qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda diabetga qarshi davolashga tuzatish kiritishni talab qiladi. Bundan tashqari depressiv kasalliklar, xususan patsiyent organizmida glyukoza muvozanatini o‘zgarishi bilan namoyon bo‘lishi mumkin. Tritsiklik antidepressantlarni qo‘llash fonida antixolinergik yoki neyroleptiklar dori vositalarini bir vaqtda, ayniqsa issiq ob-havoda buyurilganda giperpireksiya holatlari to‘g‘risida xabar qilingan. Uzoq davolashdan keyin to‘satdan uni to‘xtatilishi bosh og‘rig‘i, lohaslik, uyqusizlik va ta’sirlanish kabi bekor qilish simptomlarini sababchisi bo‘lishi mumkin. Bunday simptomlar doriga qaramlik belgilari hisoblanmaydi. Yordamchi moddalar: preparat tabletkalari o‘z tarkibida laktoza monogidrati saqlaydi. Kam uchraydigan nasliy galaktozani parchalanishini buzilishlari, laktoza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktozani malabsorbtsiyasi bo‘lgan bemorlarga bu dori vositasini qabul qilmaslik kerak. Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanilishi. Amitriptilinni homiladorlik davrida buyurilmaydi, faqat agar patsiyent uchun kutiladigan foyda, homila uchun bo‘lgan nazariy xavfdan ustun bo‘lgandagina buyurish mumkin. Tritsiklik antidepressantlarni yuqori dozalarda homiladorlikni III uch oyligida buyurish chaqaloqlarda neyro xulq-atvor buzilishlarni chaqirishi mumkin. Xabarlarga muvofiq chaqaloqlarda agar preparat homilador ayollarga tug‘ruqdan oldin buyurilgan bo‘lsa amitriptilinni va nortriptilinni (amitriptilinni metaboliti) ta’siri sifatida faqat uyquchanlik va siyishni tutilish hollari aniqlangan. Preparat kichik kontsentratsiyalarda ko‘krak sutiga kiradi, shuning uchun chaqaloqlarga terapevtik dozalarda qo‘llanganda uning ta’sirini ehtimoli kam. Bola qabul qilayotgan doza, ona dozasining bolaning tana vazniga nisbatan hisoblanganda taxminan 2% (mg/kg) ni tashkil qiladi. Klinik zarurat bo‘lgan sharoitda amitriptilin bilan davolashni emizish davrida davom ettirish mumkin, ammo bolani, ayniqsa tug‘ilgandan keyin birinchi 4 hafta davomida kuzatish tavsiya qilinadi. Bolalar. Amitriptilinni bolalar va o‘smirlarda xavfsizligi va samaradorligiga nisbatan yetarli darajada ma’lumotlarni yo‘qligi tufayli, depressiyalarni davolash uchun qo‘llanmaydi. Amitriptilin bilan hamma yosh guruhlarida davolash kardiovaskulyar nojo‘ya reaktsiyalarni xavfi bilan bog‘liq. Amitiriptilinni 7-12 yoshli bolalarga organik patologiya bo‘lmagan hollarda tungi enurezni davolash uchun buyurish mumkin. Avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta’sir qilish qobiliyati. Amitriptilin sedativ dori vositasi hisoblanadi. Psixotrop preparatini qabul qilayotgan patsiyentda umumiy diqqatni va fikrlashni jamlash qobiliyatini buzilishini kutish mumkin, bu esa avtomobilni boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlashni taqiqlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: simptomlar sekin ixtiyorsiz va niqoblangan, ammo ba’zida keskin va to‘satdan paydo bo‘lishi mumkin. Dastlab uyquchanlik yoki qo‘zg‘alishlar va gallyutsinatsiyalar kuzatilishi mumkin. Antixolinergik simptomlar midriaz, taxikardiya, siydikni tutilishi, shilliq qavatini qurishi va ichak motor faoliyatini susayishi ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Tirishishlar, isitma, markaziy nerv tizimini susayishi to‘satdan rivojlanishi mumkin. Ongni pasayishi nafas faoliyatini susayishi bilan bo‘lgan komagacha kuchayadi. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: aritmiyalar (ventrikulyar taxiaritmiyalar, qorinchalarni xilpillashi-lipillashi, fibrillyatsiyasi). EKGda uzaygan PR intervali, QRS kompleksini kengayishi, QT uzayishi, T tishchasini kengayishi yoki inversiyasi, ST segmentini depressiyasi, shuningdek turli darajadagi, xatto yurakni to‘xtab qolishigacha bo‘lgan yurak blokadasi. QRS kompleksini kengayishi odatda dozani o‘tkir oshishidan keyin toksiklik og‘irligiga to‘g‘ri keladi. Yurak yetishmovchiligi, arterial  gipotenziya, kardiogen shok rivojlanadi. Metabolik atsidoz, gipokaliyemiya oshadi. Uyg‘ongandan keyin yana ongni chalkashishi, xavotirli qo‘zg‘alishlar, gallyutsinatsiyalar va ataksiya bo‘lishi mumkin. Davolash: Gospitalizatsiya (jadal davolash bo‘limida) qilish. Davolash simptomatik va tutib turuvchi xarakterga ega. Me’dani xatto kechki peroral qabuldan keyin zond bilan tozalash va lavaj, shuningdek faollashtirilgan ko‘mir preparatlarini qo‘llash ko‘rsatilgan. Xatto holat og‘ir bo‘lmagan sharoitda ham sinchkov monitoringni o‘tkazish majburiy hisoblanadi. Holatni, puls xarakterini, arterial bosimini va nafas ko‘rsatkichlarini baholash lozim. Qisqa vaqt oralig‘ida  qonda elektrolitlar va gaz miqdorni aniqlashni o‘tkazish kerak. Zarur bo‘lganda intubatsiya orqali nafas yo‘llarini o‘tkazuvchanligini ta’minlash. Umuman nafasni mumkin bo‘lgan to‘xtab qolishini bartaraf qilish uchun o‘pkalarni majburiy ventilyatsiyasini qo‘llagan holda davolashni o‘tkazish tavsiya qilinadi. Uzluksiz EKG-monitoringini 3-5 sutka davomida o‘tkazish kerak. Yurak yetishmovchiligi va yurak aritmiyalarida qorinchalarni QRS intervalini kengayishida natriy xloridini gipertonik eritmasini (Na+ 100-200 mmol ) tez yuborilganda qonni rN ishqoriy tomonga o‘zgarishi (bikarbonat eritmasini buyurish yoki giperventilyatsiyani o‘tkazish) samarali bo‘lishi mumkin. Qorinchalar aritmiyasida an’anaviy aritmiyaga qarshi vositalarni, masalan 50-10 mg lidokain kabilarni (1-1,5 mg/kg) vena ichiga, keyinchalik minutiga 1-3 mg tezlikda infuziya ko‘rinishida qo‘llash mumkin. Zarur bo‘lganida kardioversiya va defibrillyatsiya qo‘llanadi. Tsirkulyator yetishmovchilikni plazma o‘rnini bosuvchilar yordamida, og‘ir holatlarda-dobutamin infuziyasi yo‘li bilan (avval minutiga 2-3 mkg/kg tezlikda) dozani samaraga ko‘ra oshirib to‘g‘rilanadi. Qo‘zg‘alish va tirishishlarni diazepamni buyurish orqali to‘xtatish mumkin. Dozani oshirilishga bo‘lgan sezgirlik ko‘p darajada shaxsiy bo‘ladi. Bolalar bunda alohida darajada kardiotoksiklik va tirishish holatini rivojlanishiga moyillikka ega. Kattalarda 500 mg dan yuqori dozalar o‘rta va og‘ir darajadagi intoksikatsiyani chaqirishi mumkin, 1000 mg dan ahamiyatsiz darajada kam dozalarda letal bo‘lgan.

Retsept bo‘yicha

10 ta tabletkadan PVX/alyumin folgali kontur uyali o‘ramda. 5 kontur-uyali o‘ramlar qo‘llash yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

3 yil.