Amiodaronretsept bilan

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 200 mg amiodaron gidroxloridi; yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, kartoshka kraxmali, povidon, kaltsiy stearati.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Amiodaron/Amiodarone

Preparatning savdo nomi:

Amiodaron

Farmakalogik guruhi:

III guruh antiaritmik vosita. Amiodaron.

Dori shakli:

tabletkalar 200 mg

oq yoki deyarli oq rangli, yassi tsilindrik, riska va faskali tabletkalar.

III guruh antiaritmik vosita. Amiodaron.

S01BD01.

Davolish faqat statsionar yoki ambulator kardiolog kuzatuvi ostida amalga oshirilishi mumkin. Amiodaron faqat boshqa dori vositalari bilan davolash naf bermagan og‘ir aritmiyalarni yoki boshqa dori vositalari buyurilishi mumkin bo‘lmaganida; WPW-sindromi bilan bog‘liq bo‘lgan taxiaritmiyalarni; agar boshqa dori vositalarni buyurish mumkin bo‘lmagan bo‘lmachalarning xilpilashi va lipillashini; paroksizmal xarakterli taxiaritmiyalarni, shu jumladan bo‘lmachali, atrioventrikulyar va qorinchali taxikardiyani, qorinchalar fibrillyatsiyasini, agar boshqa dori vositalarini buyurish mumkin bo‘lmaganda davolash uchun ko‘rsatilgan.

Ichga, ovqat qabul qilishdan oldin, yetarli miqdordagi suv bilan birga qabul qilinadi. Yuklama (“to‘yintiruvchi”) doza: statsionarda – boshlang‘ich doza (bir necha qabulda) -sutkada 600-800 mg, maksimal – sutkada 1200 mg 10 g yig‘indi dozaga erishilgunicha; ambulator – boshlang‘ich doza (bir necha qabulda) – sutkada 600-800 mg, 10 g yig‘indi dozaga erishilgunicha (10-14 kun). Samarani bir maromda saqlab turuvchi doza – sutkada 100-400 mg. Minimal samarali dozani ishlatish kerak. Davomli T1/2 oqibatida preparatni kunora qabul qilish yoki preparatni qabul qilishda – xaftada 2 kun tanaffus qilish mumkin.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: o‘rtacha bradikardiya (dozaga bog‘liq); tez-tez emas – turli darajali SA va AV blokada, yangi aritmiyalarni paydo bo‘lishi yoki mavjud bo‘lgan aritmiyalarni chuqurlashishi, shu jumladan yurakni to‘xtashi bilan; juda kam hollarda- yaqqol bradikardiya, sinus tugunini to‘xtashi, surunkali yurak yetishmovchiligini avj olishi (davomli qo‘llashda). Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, ishtahani pasayishi, ta’m sezishni qiyinlashishi, “jigar” transaminazalari faolligini alohida oshishi; tez-tez – o‘tkir toksik gepatit; juda kam hollarda- surunkali jigar yetishmovchiligi (soxta alkogolli gepatit, tsirroz), shu jumladan fatal. Nafas tizimi tomonidan: interstitsial yoki alveolyar pnevmonit, pnevmoniya bilan obliteratsiyalanuvchi  bronxiolit, plevrit, o‘pka fibrozi; juda kam hollarda – og‘ir nafas yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda bronxospazm, o‘tkir respirator sindrom, o‘pkadan qon ketishi. Sezgi a’zolari tomonidan: shox parda epiteliyida mikrocho‘kmalar (rangli oreolni yoki kuchli yorug‘likda predmetlarning konturlarini noaniqligiga shikoyat); juda kam hollarda – ko‘ruv nervining nevriti/ko‘ruv neyropatiyasi. Moddalar almashinuvi tomonidan: tez-tez – gipotireoz, gipertireoz; juda kam hollarda- ADG sekretsiyasining buzilishi sindromi. Teri qoplamalari tomonidan: fotosensibilizatsiya; terining kulrang yoki xavorang pigmentatsiyasi; juda kam hollarda- eritema (bir vaqtdagi nur bilan davolashda), teri toshmasi, eksfoliativ dermatit, alopetsiya. Nerv tizimi tomonidan: tez-tez – tremor, uyquni buzilishi, shu jumladan “dahshatli” tushlar ko‘rish; kam hollarda – periferik neyropatiya va/yoki miopatiya; juda kam hollarda- miyachali ataksiya, xavfsiz  bosh miya ichki gipertenziya, bosh og‘rig‘i. Boshqalar: juda kam hollarda – vaskulit, epididimit, impotentsiya, trombotsitopeniya, gemolitik va aplastik anemiya.

O‘ta yuqori sezuvchanlik (shu jumladan yodga), sinus tuguni kuchsizligi sindromi, sinusli bradikardiya, sinoatrial blokada, II va III darajali atrioventrikulyar blokada (kardiostimulyatorni ishlatishsiz), kardiogen shok, gipokaliyemiya, kollaps,  arterial gipotenziya, gipotireoz, tireotoksikoz, o‘pkalarning interstitsial kasalliklari, monoaminooksidaza ingibitorlarini qabul qilishda qo‘llash mumkin emas. Ikki va uchbog‘li blokadalar (kardiostimulyatorni ishlatishsiz), gipomagniyemiya, gipotireoz, gipertireoz, Q-T intervalini uzayishi, Q-T intervalini uzaytiruvchi va paroksizmal taxikardiya chaqiruvchi dori vositalarini bir vaqtda qabul qilish, homiladorlik, laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan majmualar (“piruet” turi qorincha polimorf taxikardiya rivojlanishining xavfi): Ia sinfi (xinidin, gidroxinidin, dizopiramid, prokainamid), III sinfi (dofetilid, ibutilid, bretiliya tozilati) antiaritmik dori vositalari, sotalol; bepridil, vinkamin, fenotiazinlar (xlorpromazin, tsiamemazin, levomepramazin, tioridazin, trifluopenazin, flufenazin), benzamidlar (amisulpirid, sultoprid, sulpirid, tiaprid, veraliprid), buterofenonlar (droperidol, galoperidol), sertindol, pimozid; tritsiklik antidepressantlar, tsiprazid, makrolidlar (eritromitsin vena ichiga, spiramitsin), azollar, bezgakka qarshi dori vositalari (xinin, xloroxin, mefloxin, galofantrin, lumefantrin); pentamidin (parenteral), difemanil metilsulfati, mizolastin, astemizol, terfenadin, ftorxinolonlar (shu jumladan moksifloksatsin). Tavsiya etilmaydigan majmualar: beta-adrenoblokatorlar, sekin kaltsiy kanallarining blokatorlari (verapamil, diltiazem ichak peristaltikasini rag‘batlantiruvchi diltiazem; surgi dori vositalari. Ehtiyotkorlik bilan qo‘llashni talab qiluvchi majmualar: gipokaliyemiya chaqiruvchi diuretiklar, amfoteritsin V (vena ichiga), tizimli glyukokortikosteroidlar, tetrakozaktid – ritmni qorinchali buzilishlari rivojlanishining xavfi;prokainamid – prokainamidning nojo‘ya samaralari rivojlanishini xavfi;bilvosita ta’sirga ega antikoagulyantlar (varfarin) – qon ketishlar rivojlanishini xavfi;yurak glikozidlari – avtomatizmning (yaqqol bradikardiya) va AV o‘tkazuvchanlikning (digoksinning kontsentratsiyasini oshishi) buzilishi;esmolol – qisqaruvchanlik, avtomatizm va o‘tkazuvchanlikni buzilishi (simpatik nerv tizimining kompensator reaktsiyalarini bostirilishi);fenitoin, fosfenitoin – nevrologik buzilishlar rivojlanishining xavfi;flekainid – amiodaron uning kontsentratsiyasini oshiradi;CYP3A4 izofermenti ishtirokida metabolizmga uchraydigan dori vositalari (tsiklosporin, fentanil, lidokain, takrolimus, sildenafil, midazolam, triazolam, digidroergotamin, ergotamin, statinlar, shu jumladan simvastatin – amiodaron ularning kontsentratsiyasini oshiradi;orlistat amiadoron va uning metabolitlarining kontsentratsiyasini; klonidin, guanfatsin, xolinesteraza ingibitorlari (donepezil, galantamin, rivastigmin, takrin, ambenoniy xloridi, piridostigmin, neostigmin), pilokarpin – yaqqol bradikardiya rivojlanishi xavfini pasaytiradi;tsimetidin, greypfrut sharbati amiodaronning metabolizmini sekinlashtiradi va uning plazmadagi kontsentratsiyasini oshiradi;ingalyatsion narkoz uchun dori vositalari – bradikardiya, AB ning pasayishi, o‘tkazuvchanlikni buzilishi, yurakdan otilib chiqayotgan qon xajmini pasayishi, o‘tkir respirator distress-sindrom rivojlanishini xavfi;radiofaol yod – qalqonsimon bezini radioizotop tekshirish natijalari buzilishi mumkin;rifampitsin va teshik dalachoy preparatlari plazmada amiodaronning kontsentratsiyasini pasaytiradi; OITV proteazalari amiodaronning plazmadagi kontsentratsiyasini oshirishi mumkin;klopidogrel – uning plazmadagi kontsentratsiyasini pasaytirishi mumkin;dekstrometorfan – uning kontsentratsiyasini oshirishi mumkin.

Davolashni boshlashdan oldin EKG, o‘pkalarning rentgenologik tekshirishni o‘tkazish, qalqonsimon bezi faoliyatini (gormonlarning kontsentratsiyasi), jigar (transaminazalar faolligi) va plazma elektrolitlarining (kaliy) kontsentratsiyasini baholash kerak. Davolash davrida vaqti-vaqti bilan transaminazalar (o‘zgarganda, xatto davolashni to‘xtatishgacha doza kamaytiriladi) va EKG (QRS kompleksining kengligi va QT intervalining davomiyligi) tahlili o‘tkaziladi. O‘zgarishlar amiodaronning dozasiga tuzatish kiritish va aritmiyaga qarshi ta’sirini baholashni talab qiladi. Xar yili o‘pkalarni rentgenologik tekshirish, yarim yilda 1 marta – tashqi nafas faoliyatini tekshirish tavsiya etiladi. Qalqonsimon bezi disfunktsiyasining klinik belgilari bo‘lmaganida davolashni to‘xtatish kerak emas. Nafas tizimi tomonidan buzilishlar amiodaron erta bekor qilinganida asosan qaytuvchan bo‘ladi. Klinik simptomlarda amiodaron bilan davolashni qayta baholash imkoniyatini ko‘rib chiqish kerak. Fotosensibilizatsiya rivojlanishini oldini olish uchun quyoshda bo‘lishdan yoki quyoshdan himoyalovchi kremlarni ishlatishdan saqlanish tavsiya etiladi. Ko‘rishning noaniqligi yoki ko‘rish o‘tkirligini pasayishi paydo bo‘lganida, amiodaronni qo‘llashning maqsadga muvofiqligi masalasini hal qilish uchun, oftalmologik tekshiruvni, shu jumladan fundoskopiya, tekshirishni o‘tkazish tavsiya etiladi. Homiladorlik va laktatsiyada qo‘llash faqat ritmni hayot uchun xavfli buzilishlaridagina qo‘llash mumkin. Yod saqlaydi, shuning uchun qalqonsimon bezda radiofaol yodning to‘planishi testlarining natijalariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Jarroxlik aralashuvlar o‘tkazilganida, anesteziologni preparatni qabul qilish xaqida xabardor qilish kerak. Amiodaron va simvastatin bir vaqtda qo‘llangan holda, bunday patsiyentlarda rabdomioliz rivojlanishini potentsial xavfi tufayli, simvastatinning dozasi 10 mg dan oshmasligi kerak. Amiodaron va lovastatin bir vaqtda qo‘llangan holda, lavastatinining dozasi sutkada 40 mg dan oshmasligi kerak. Patsiyent shuningdek xar qanday kutilmagan mushak og‘rig‘i, mushak kuchsizligi paydo bo‘lgan holda darhol shifokorga murojaat qilish kerakligi xaqida ogohlantirilgan bo‘lishi kerak. Har qanday kutilmagan mushak og‘rig‘i, mushak kuchsizligi paydo bo‘lgan holda darhol shifokorga murojaat qilish kerak. Davolanish davrida avtotransportni haydash va diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish kerak. Preparatning tarkibida laktoza borligi tufayli, galaktozani tug‘ma o‘zlashtiraolmasligi, Lappa laktaza tanqisligi, glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi bo‘lgan patsiyentlarga qabul qilishi tavsiya etilmaydi.

Yorug‘lik va namlikdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Simptomlari: bradikardiya, atrioventrikulyar blokada, arterial bosimni pasayishi, “piruet” tur paroksizmal taxikardiya, mavjud bo‘lgan surunkali yurak yetishmovchiligini yomonlashishi, jigar faoliyatini buzilishi, yurakni to‘xtashi. Darhol shifokorga murojaat qilish kerak.

Retsept bo‘yicha

10 tabletkadan 3 yoki 6 kontur uyali o‘ram qutida.

3 yil.