Aminotsink.

Tarkibi:

faol moddalar: gidrolizati proteini 20% -1000,0 mg , riboflavin (V2 vitamini) – 0,5 mg, piridoksin (V6 vitamini) – 0,5 mg, niatsinamid – 10,0 mg, D-pantenol – 0,5 mg, rux sulfati -16,5 mg, magniy xloridi – 2,5 mg, marganets xloridi – 0,1 mg, temir xolin tsitrati – 20,0 mg, xolekaltsiferol (D3 vitamini) – 200 MЕ, kaltsiy glyukonati – 20,0 mg, L-lizin monogidroxloridi – 15,0 mg. yordamchi moddalar: qand, sorbitol 70%, natriy benzoati, bronopol, mevali aromatizator, natriy EDTA, karamel  bo‘yovchi, tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

gidrolizati proteini 20%, riboflavin (V vitamini), piridoksin (V vitamini), niatsinamid, D-pantenol, rux sulfati, magniy xloridi, marganets xloridi, temir xolin tsitrati, xolekaltsiferol (Dvitamini), kaltsiy glyukonati, L-lizin monogidroxlorid.

Preparatning savdo nomi:

Aminotsink.

Farmakalogik guruhi:

Vitaminlar

Dori shakli:

sirop.

jigarrang rangli sirop.

Vitaminlar

A11A

Aminotsink  vitamin va minerallarga yuqori ehtiyoj bilan birga kechuvchi holatlarda: bolalarda ishtahani yo‘qolishi, yuqori jismoniy va nerv-ruhiy yuklama, nomuntazam, sifatsiz ovqatlanish, beri-beri kasalligi, o‘sishni sekinlashishi, gipokaltsiyemiya va temir yetishmovchiligi bilan bog‘liq anemiya, organizmning infektsiyalar va shamollash kasalliklariga qarshiligini oshirish uchun oldini olish vositasi sifatida qo‘llanadi.

Bir choy qoshiqdan (5 ml) kuniga 2 marta ovqatdan keyin yoki shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha.

Preparatning komponentlariga allergik reaktsiyalar paydo bo‘lishi mumkin. Tavsiya qilingan dozadan oshirmang. Tasodifan yuqori dozalar qabul qilinganida shifokorga murojaat qiling.

Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik, gipervitaminozda qo‘llash mumkin emas.

Preparat temir va kaltsiy saqlaydi, shuning uchun tetratsiklinlar guruhi antibiotiklari, hamda mikroblarga qarshi vositalar–ftoxinolonlar hosilalarining ichakda so‘rilishini kechiktiradi. Alyuminiy, magniy, kaltsiy saqlovchi antatsid preparatlar, hamda xolesteramin temirning so‘rilishini kamaytiradi. Tiazidlar guruhi siydik haydovchi vositalari bilan bir vaqtda buyurilganida giperkaltsiyemiyaning ehtimoli oshadi.

Tavsiya etilgan dozadan oshirmang. Aminotsinkni vitaminlar saqlovchi boshqa preparatlar bilan birga qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Iste’mol qilishdan oldin chayqating. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgandan keyin ishlatilmasin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Retseptsiz

Sirop,  qahrabo rangli plastik flakonlarda 200 ml dan, karton qutida.

18 oy. Ulashish: 3 129 Views