Aminazin Zdorovyeretsept bilan

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 25 mg xlorpromazin gidroxloridi; yordamchi moddalar: suvsiz kaltsiy gidrofosfati, mikrokristall tsellyuloza, kartoshka kraxmali, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, kaltsiy stearati, stearin kislotasi, makrogol 4000, talk, gipromelloza, titan dioksidi (Ye 171), Sariq shafaq FCF bo‘yovchisi (Ye 110).

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

xlorpromazin (chlorpromazine)

Preparatning savdo nomi:

Aminazin-Zdorovye

Farmakalogik guruhi:

Antipsixotik vositalar. Xlorpromazin.

Dori shakli:

qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

sariqdan och-to‘q sariq rangligacha, ikki tomonlama qavariq, qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Ko‘ndalang kesimida ikki qavat ko‘rinadi.

Antipsixotik vositalar. Xlorpromazin.

N05AA01.

Kattalar. Surunkali paranoid va gallyutsinator-paranoid xolatlar, shizofreniyada psixomotor qo‘zg‘alish xolatlari (gallyutsinator-alahsirash, gebefrenik, katatonik sindrom), alkogolli psixoz, maniakal-depressiv psixozdagi maniakal qo‘zg‘alish, tutqanoqdagi ruhiy buzilishlar, presenil psixoz, maniakal-depressiv psixozi bo‘lgan patsiyentlarda ajitatsiyalangan depressiya, shuningdek qo‘zg‘alish, zo‘riqish bilan kechuvchi boshqa kasalliklar; mushak tonusini oshishi bilan kechuvchi nevrologik kasalliklar; Menyer kasalligi, qusish, o‘smalarga qarshi vositalar va nur bilan davolaganda qusishni davolash va oldini olish; davomli hiqichoq; qichishuvchi dermatozlar; majmuaviy davolash tarkibida: turg‘un og‘riq, shu jumladan kauzalgiya (analgetiklar bilan majmuada), turg‘un xarakterli uyquni buzilishida (uxlatuvchi vositalar va trankvilizatorlar bilan birga) qo‘llanadi. Bolalar. Shizofreniya, autizmda qo‘llanadi.

Ichga ovqatdan keyin buyuriladi. Dozasi, qabul qilish tez-tezligi va davolash tartibi ko‘rsatmalar va patsiyentning xolatiga qarab, shaxsiy ravishda belgilanadi. Dozani minimal dozadan boshlab, oshirish yo‘li bilan tanlanadi. Davolash davomiyligi – 3 xaftadan 2-4 oy va undan ko‘proqqacha davom etadi. Kattalar uchun boshlang‘ich doza 2-3 qabulga bo‘lingan holda sutkada 25-75 mg ni tashkil etadi. So‘ngra dozani odatda 3-4 qabulga bo‘lingan holda 75-300 mg ni tashkil etuvchi samarani bir maromda ushlab turuvchi sutkalik dozagacha asta-sekin oshirish mumkin, ammo ayrim patsiyentlarga 1 g sutkalik doza talab etilishi mumkin. Keksa yoshdagi bemorlarda, jigar va yurak-qon tomir kasalliklarida doza 2-3 marta kamaytiriladi. Davomli hiqichoq. Kattalarga 25-50 mg dan sutkada 3-4 marta buyuriladi. 5 yoshdan oshgan bolalarga kattalarning dozasini 1/3-1/2 qismi buyuriladi; eng yuqori sutkalik doza – bir necha qabul qilishga bo‘lingan holda 75 mg ni tashkil etadi.

Markaziy nerv tizimi tomonidan: uzoq muddat qo‘llanilganida akatiziya, ruhiy indifferentlik va ruhiyatning boshqa o‘zgarishlari, tashqi ta’sirlarga reaktsiyani sekinlashishi, ko‘rishni noaniqligi bo‘lishi mumkin; kam hollarda – distonik ekstrapiramid reaktsiyalar, parkinsonik sindrom, kechki diskineziya, neyroleptik depressiya, termoregulyatsiyani buzilishi, xavfli neyroleptik sindrom; yakka hollarda – tirishishlar, uyqusizlik, qo‘zg‘alish. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial gipotenziya, taxikardiya bo‘lishi mumkin; juda kam hollarda – EKG da o‘zgarishlar (QT intervalini uzayishi, ST-segmentini depressiyasi, T va U tishlarini o‘zgarishi, aritmiya) Ovqat-hazm qilish yo‘llari tomonidan: kam hollarda – xolestatik sariqlik, dispepsik ko‘rinishlar (ko‘ngil aynishi, qusish); juda kam hollarda – og‘izni qurishi. Qon yaratish tizimi tomonidan: kam hollarda – leykopeniya, agranulotsitoz. Siydik chiqarish tizimi tomonidan: kam hollarda – siyishni qiyinlashishi; juda kam hollarda – priapizm. Endokrin tizimi tomonidan: hayz tsiklini buzilishi, impotentsiya, ginekomastiya, tana vaznini oshishi; juda kam hollarda – galaktoreya. Dermatologik reaktsiyalar: kam hollarda – terini pigmentatsiyasi, fotosensibilizatsiya. Allergik reaktsiyalar: teri toshmalari, qichishish bo‘lishi mumkin; kam hollarda – dermatit, ko‘p shaklli eritema; juda kam hollarda – eshakemi, angionevrotik shish, bronxospazm, tizimli qizil yugurik. Ko‘rish a’zolari tomonidan: yuqori dozalarda uzoq vaqt qo‘llanilganida ko‘zning oldingi tuzilmalarida (ko‘zning shox pardasi va gavharida) xlorpromazin yig‘ilib qolishi mumkin, bu ko‘z gavharining tabiiy qarish jarayonini tezlashtirishi mumkin.

Xlorpromazinga va preparatning boshqa komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik; jigar faoliyatini og‘ir buzilishlari (tsirroz, gepatit, gemolitik sariqlik) va/yoki buyrak faoliyatini og‘ir buzilishlari (nefrit, o‘tkir piyelit, buyrak amiloidozi), qon yaratuvchi a’zolar faoliyatini og‘ir buzilishlari; bosh miya va orqa miyaning avj oluvchi tizimli kasalliklari (sekin avj oluvchi neyroinfektsiyalar, masalan tarqalgan skleroz); zo‘rayish davridagi me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi; miksedema; og‘ir yurak-qon tomir kasalliklari (dekompensatsiya bosqichidagi yurak yetishmovchiligi va yurak nuqsonlari, yaqqol miokardiodistrofiya, og‘ir arterial gipotenziya, kechki bosqichdagi revmokardit); tromboemboliya; bronxoektatik kasallikning kechki bosqichi; yopiq burchakli glaukoma; prostata bezi giperplaziyasi bilan bog‘liq siydikni tutilishi; insult, bosh miya jarohatining o‘tkir davri; o‘t-tosh va siydik-tosh kasalligi; o‘tkir infektsion kasalliklar; markaziy nerv tizimini yaqqol susayishi, barbituratlar, alkogol, narkotiklar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.

Boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llanilganida quyidagilar kuzatilishi mumkin: markaziy nerv tizimini susaytiruvchi preparatlar, shuningdek etanol yoki etanol saqlovchi preparatlar bilan – markaziy nerv tizimini susayishini kuchayishi, shuningdek nafasni susayishi;tritsiklik antidepressantlar, maprotilin yoki monoaminooksidaza ingibitorlari bilan – sedativ va antixolinergik samaralarni uzayishi va kuchayishi, xavfli neyroleptik sindromni rivojlanish xavfini oshishi;tirishishga qarshi preparatlar bilan – tirishishga tayyorlik bo‘sag‘asini pasayishi;gipertireozni davolash uchun preparatlar – agranulotsitozni rivojlanish xavfini oshishi;ekstrapiramid reaktsiyalarni chaqiruvchi preparatlar bilan – ekstrapiramid buzilishlar tez-tezligini oshishi va og‘irlashishi;gipotenziv preparatlar bilan – yaqqol arterial gipotenziya, ortostatik gipotenziyani kuchayishi;efedrin bilan – efedrinning qon tomirlarini toraytiruvchi ta’sirini susayishi;amfetaminlar bilan – antagonistik o‘zaro ta’sirlar;antixolinergik vositalar bilan – antixolinergik ta’sirni kuchayishi;antixolinesteraz vositalar bilan – mushak kuchsizligi, miasteniyaning kechishini yomonlashishi;epinefrin bilan – epinefrinning samarasini o‘zgarishi, buning natijasida arterial bosimni yanada pasayishi va og‘ir gipotenziya va taxikardiya rivojlanishi mumkin;amitriptilin bilan – kechki diskineziyani rivojlanish xavfini oshishi, paralitik ileus rivojlanishi mumkin;diazoksid bilan – yaqqol giperglikemiya;doksapin bilan – giperpireksiyani kuchayishi;litiy karbonati bilan – yaqqol ekstrapiramid simptomlar, neyrotoksik ta’sir;morfin bilan – mioklonusni rivojlanishi;tsizaprid bilan – EKG da QT intervalini additiv uzayishi;shizofreniyasi bo‘lgan patsiyentlarda nortriptilin bilan – qonda xlorpromazin darajasini yuqoriligiga qaramay, klinik xolat yomonlashishi mumkin;zolpidem yoki zopiklon bilan – xlorpromazinning sedativ ta’sirini kuchayishi;estrogenlar bilan – xlorpromazinning neytroleptik ta’sirini kuchayishi;guanedin bilan – guanedinning antigipertenziv ta’sirini kamayishi yoki hatto to‘liq bostirilishi;levodopa bilan – levodopaning samaralarini susayishi;yurak glikozidari bilan – ularning ta’sirini susayishi kuzatiladi. Qon plazmasidagi xlorpromazinning kontsentratsiyasini alyuminiy va magniy gidroksidini saqlovchi antatsidlar (ovqat-hazm qilish yo‘llarida xlorpromazinni so‘rilishini buzadi), barbituratlar (jigarda xlorpromazin metabolizmini kuchaytiradi) kamaytiradi. Qon plazmasida xlorpromazinning kontsentratsiyasini xloroxin, sulfadoksin/pirimetamin oshiradi. Tsimetidin xlorpromazinning qondagi kontsentratsiyasini kamaytirishi yoki oshirishi mumkin. Xlorpromazin qonda imipraminning kontsentratsiyasini oshirishi, qonda fenitoinning kontsentratsiyasini oshirishi yoki kamaytirishi mumkin.

Qon manzarasining patologik o‘zgarishlari bo‘lgan patsiyentlarni davolashda, jigar va buyrak faoliyatini o‘rtacha darajadagi buzilishlarida, alkogolli intoksikatsiyada, Reye sindromida, sut bezi raki, o‘rtacha darajadagi yurak-qon tomir kasalliklarida, glaukomaga moyillikda, Parkinson kasalligida, klinik ko‘rinishlari bilan kechuvchi prostata bezi giperplaziyasida, nafas a’zolarining surunkali kasalliklarida (ayniqsa bolalarda), tutqanoq xurujlarida, tromboembolik asoratlarning yuqori xavfi bilan kechuvchi kasalliklarda, revmatizmda, revmokarditda, qandli diabetda, keksa yoshdagi patsiyentlarda (xaddan tashqari sedativ va gipotenziv ta’sir xavfini oshishi tufayli), xolsizlangan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Bolalarda, ayniqsa davolashning birinchi 4 sutkasi davomida yoki doza oshirilgandan keyin, ekstrapiramid simptomlar rivojlanishini ehtimoli yuqoridir. Xavfli neyroleptik sindromning simptomlaridan biri bo‘lgan gipertermiya rivojlangan xollarda, preparatni qabul qilishni darhol to‘xtatish kerak. Neyroleptik depressiyani kamaytirish uchun antidepressantlar va markaziy nerv tizimining rag‘batlantiruvchilari qo‘llanadi. Preparat bilan uzoq vaqt davolaganda qon tarkibi, protrombin indeksi, jigar va buyrak faoliyatini nazorat qilish kerak. Terini fotosensibilizatsiyasi bo‘lishi mumkinligi tufayli, quyoshda uzoq vaqt bo‘lishdan saqlanish lozim. Ko‘ngil aynishi vestibulyar stimulyatsiya yoki ovqat-hazm qilish yo‘llarining mahalliy ta’sirlanishi natijasi bo‘lganida preparat qusishga qarshi ta’sir namoyon etmaydi. Preparatni ovqat-hazm qilish yo‘llari atoniyasi va axiliyasi bo‘lgan bemorlarda qo‘llanganda me’da shirasi yoki xlorid kislotasini bir vaqtda buyurish (xlorpromazinning me’da motorikasi va me’da shirasi sekretsiyasiga susaytiruvchi ta’siri tufayli), parhez va ichak faoliyatini kuzatish tavsiya etiladi. Preparatni qo‘llayotgan patsiyentlarda riboflavinga ehtiyoj oshishi mumkin. Preparatni gipotireoz, feoxromotsitoma, miasteniyasi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Neyroleptik fenotiazinlar QT intervalini uzayishini kuchaytirishi mumkin, bu yurak qorinchalari aritmiyalari, shu jumladan to‘satdan o‘limga potentsial olib kelishi mumkin bo‘lgan “piruet” turdagi aritmiyalar xavfini oshiradi. Preparatni buyurishdan oldin bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavf omillarini (yurak kasalliklari, anamnezida QT intervalini uzayishi; metabolik buzilishlar (gipokaliyemiya, gipokaltsiyemiya, gipomagniyemiya); ochlik, alkogolni xaddan ziyod iste’mol qilish, QT intervalini uzayishini chaqiruvchi dori vositalari bilan yondosh davolash) inkor etish maqsadida patsiyentning tekshirish (biokimyoviy xolat, EKG) kerak. Preparat bilan davolashni boshida va zarurati bo‘lganida davolash vaqtida EKG nazoratini o‘tkazish zarur. Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi. Homiladorlik davrida preparatni qo‘llashga o‘tkir zarurat tug‘ilganda davolash muddatini cheklash, homiladorlikning so‘ngida esa, iloji boricha dozani kamaytirish kerak. Xlorpromazin tug‘ruq jarayonini uzaytiradi. Zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish lozim. Bolalar. Preparat bolalarda 5 yoshdan boshlab autizm, shizofreniyani davolash uchun qo‘llanadi. Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta’sir qilish xususiyati. Davolanish davrida avtotransportni boshqarish va diqqatni jamlash va psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab etuvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish lozim. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Original o‘ramida, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: nutqni noaniqligi, chayqalib yurish, bradikardiya, nafas olishni qiyinlashishi, yaqqol kuchsizlik, ongni chalkashishi, reflekslarni susayishi, uyquchanlik, tirishishlar, keyinchalik – toksik gepatit. Davolash: simptomatik. Spetsifik antidoti mavjud emas. Gemodializda chiqarilmaydi. Depressiyani kamaytirish uchun markaziy nerv tizimini rag‘batlantiruvchilari (sidnokarb) buyuriladi. Nevrologik asoratlar parkinsonizmga qarshi vositalar (tsiklodol, tropatsin) buyurilib, kamaytiriladi yoki bartaraf etiladi. Kollaptoid xolatlarda kordiamin, kofein, mezaton yuborish tavsiya etiladi.

Retsept bo‘yicha

Qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 25 mg dan №20 (10x2), №20 (20x1) blisterda, qutida; №20 blisterda.

3 yil.