Faol modda: Ambroksol gidroxloridi – 30 mg. Yordamchi moddalar: laktoza, makkajo‘xori kraxmali, mikrokristall tsellyuloza, polivinilpirrolidon, magniy stearati, aerosil.
Ambroksol gidroxloridi.
Ambrozef
Balg‘am ko‘chiruvchi vositalar. Farmakologik xususiyatlari Yaqqol balg‘am ko‘chiruvchi ta’sirga ega mukolitik preparat. Preparat bronxlarning shilliq qavatining seroz hujayralarini rag‘batlantirishi hisobiga va mukopolisaxaridlarning depolimerizatsiyasi natijasida balg‘amning qovushqoqligini kamaytiradi va balg‘amni suyultiradi. Ambroksol xilpillovchi epiteliyning harakat faolligini kuchaytiradi, mukotsiliar transportni oshiradi, balg‘amning seroz va shilliq komponentlarining nisbatini me’yorlashtiradi. Bundan tashqari, gidrolizlovchi fermentlarni faollashtirib va Klark hujayralaridan lizosomalarni ajralib chiqishini kuchaytirib, balg‘amning qovushqoqligini pasaytiradi, va shu yo‘l bilan nafas yo‘llaridan balg‘amni ko‘chishini yengillashtiradi. Ambroksol alveolalarda surfaktant sintezi va sekretsiyasini oshiradi. Surfaktant hosil bo‘lishini oshishi hisobiga preparat yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi, antioksidant xususiyatlarga ega va mahalliy immunitetni oshiradi. Ambroksolning ta’siri 30 minut davomida namoyon bo‘ladi va 6-12 soat davomida saqlanib turadi.
Tabletkalar.