Ambrostat

Tarkibi:

faol modda: ambroksol gidroxloridi – 30 mg; yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, natriy kroskarmellozasi, mikrokristallik tsellyuloza, magniy stearati.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

ambroksol gidroxloridi

Preparatning savdo nomi:

Ambrostat

Farmakalogik guruhi:

balg‘am ko‘chiruvchi vositalar

Dori shakli:

tabletkalar.

oq rangli, yassitsillindrik, hidsiz tabletkalar.

balg‘am ko‘chiruvchi vositalar

R05CB06

Tabletkalar ichga, ovqatdan keyin, katta mikdordagi suyuqlik bilan, butunligicha qabul qilinadi. Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga sxema bo‘yicha buyuriladi: birinchi  2-3 kun davomida 30 mg dan sutkada 2-3 marta buyuriladi, so‘ngra 30 mg dan sutkada 2 marta yoki 15 mg dan sutkada 3 marta buyuriladi. 6 dan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga odatda 15 mg dan sutkada 2-3 marta buyuriladi. Qo‘llashning davomiyligi ko‘rsatkichlarga va kasallikni kechishiga bog‘liq va u shaxsiy ravishda belgilanadi, lekin shifokorlarning ko‘rsatmasisiz 4-5 kundan oshmasligi kerak. Yo‘tal simptomlari kuchayganda bemor shifokorga murojaat qilishi lozim.

Ambrostat yaxshi o‘zlashtiriladi. Quyidagi nojo‘ya reaktsiyalar bo‘lishi mumkin: Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, gastralgiya, epigastral sohada diskomfort, jig‘ildon qaynashining yengil ko‘rinishlari; Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, qichishish, eshakemi, yakka holatlar – kontaktli dermatit, Kvinke shishi, anafilaktik shok, terini shikastlanishi to‘g‘risida juda kam xabar berilgan -Stivens-Djonson va Layell sindromlari. Boshqalar: holsizlik, bosh og‘rig‘i, dizuriya, rinoreya.

Ambroksolga va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik, homiladorlik (I uch oyligi) va laktatsiya davri, me’da va o‘nikki barmoq ichak yara kasalligi, preparatni yo‘talga qarshi dori vosistalari bilan bir vaqtda qabul qilish, laktozani nasliy o‘zlashtiraolmaslik, 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar (tabletkalar uchun).

Preparat va antibakterial vositalarni (amoksitsillin, tsefuroksim, doksitsiklin, eritromitsin) bir vaqtda qabul qilish antibiotiklarni o‘pka to‘qimasiga yaxshi kirishiga yordam beradi. Tug‘ish faoliyatini susaytiruvchi preparatlar bilan mutanosib. Preparatni yo‘talga qarshi vositalar bilan majmuaviy qo‘llanganda, yo‘tal refleksini susayishi tufayli, suyultirilgan sekret xavfli dimlanishi mumkin. Shuning uchun yo‘talga qarshi vositalarini qabul qilish faqat davolovchi shifokorning ko‘rsatmasiga ko‘ra o‘tkazilishi kerak. Ambrostatni yurak glikozidlari va diuretiklar bilan birga qo‘llash mumkin.

Ambrostat tabletkalari laktoza saqlaganligi tufayli, kam uchraydigan galaktozani nasliy o‘zlashtiraolmasligi, laktozasi tanqisligi yoki glyukoza, galaktozani so‘rilishini buzilishi bo‘lgan patsiyentlar, bu preparatni qabul qilmasliklari kerak. Ambrostatni buyraklar faoliyatini buzilishi bo‘lgan va/yoki jigarning og‘ir kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarga buyurilganda shifokorning sinchkov nazorati zarur. Bunday hollarda dozani kamaytirish va/yoki qabul qilishlar orasidagi vaqtni oshirish tavsiya qilinadi. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi. Homiladorlikning I uch oyligida Ambrostatni qo‘llash mumkin emas. Ambrostatni homiladorlikning II yoki III uch oyligida faqat ona uchun kutilayotgan foyda va homila uchun bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfning nisbati oldindan baholagandan keyingina qo‘llash mumkin. Ambroksol ko‘krak sutiga chiqariladi, shuning uchun emizish davrida qo‘llash mumkin emas. Avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda ta’sir qilish qobiliyati. Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta’siri xaqida xabarlar yo‘q. Allergik reaktsiyalarning birinchi belgilari rivojlanganda preparatni qabul qilishni bekor qilish lozim. Navbatdagi dozani qabul qilish o‘tkazib yuborilgan hollarda keyingi qabul qilishda preparatning dozasini oshirib yubormaslik lozim. Preparat qandli diabet bo‘lgan bemorlarga buyurilganida 1 tabletka 0,01 NB ga to‘g‘ri kelishini yodda tutish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Yaroqlilik muddati 3 yil.

Hozirgi vaqtgacha preparatning dozasi oshirib yuborilganda zaharlanish hollari kuzatilmagan. Ammo ba’zida: qisqa muddatli bezovtalik va ich ketishi, doza kuchli oshirib yuborilganida arterial bosimni pasayishi, qusish, so‘lak ajralishini kuchayishi bo‘lishi mumkin Davolash: bunday hollarda, ayniqsa dozani kuchli oshirib yuborilganida shifokorga murojaat qilish va uning tavsiyasiga ko‘ra me’dani yuvish, yog‘ saqlovchi mahsulotlarni qabul qilish, gemodinamik ko‘rsatkichlarni nazorat qilish, zarurati bo‘lganda simptomatik davolashni o‘tkaziladi.

Retseptsiz

10 ta tabletkadan PVX/alyumin folga kontur uyali o‘ramda. Kontur-uyali o‘ramlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.