AmbroksolLPretsept bilan

Tarkibi:

faol modda: ambroksol gidroxloridi – 15,0 mg. yordamchi moddalar: limon kislotasining gidrati – 2,0 mg; ikki asosli fosfat natriy digidrati – 3,6 mg; natriy xloridi – 14,4 mg; inyektsiya uchun suv – q.s. 2 ml gacha.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

ambroksol gidroxloridi

Preparatning savdo nomi:

AmbroksolLP

Farmakalogik guruhi:

Balg‘am ko‘chiruvchi vosita.

Dori shakli:

inyektsiya uchun eritma.

tiniq, rangsiz eritma.

Balg‘am ko‘chiruvchi vosita.

R05CV06

Ambroksol parenteral yuborilganda to‘qimalarga tez o‘tadi. Yuqori kontsentratsiyasi o‘pkada aniqlanadi. Ambroksol gidroxloridining terapevtik diapazonini yetarli darajada kengligi tufayli dozani tuzatishning keragi yo‘q. Patsiyent yoshi va jinsi ambroksol gidroxloridining farmakokinetikasiga klinik ahamiyatli ta’sir ko‘rsatmaydi, shuning uchun dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi. Ambroksol orqa miya suyuqligiga va yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi, shuningdek ko‘krak sutiga o‘tadi. Metabolitlar ko‘rinishida buyrak orqali va qisman o‘zgarmagan ambroksol ko‘rinishida chiqariladi.

Bronxial sekretsiyani buzilishlari va shilliqni siljishini susayishi bilan bog‘liq o‘tkir va surunkali bronxopulmonal kasalliklarda simptomatik davolash uchun qo‘llanadi.

Inyektsiya uchun ambroksol eritmasi mushak ichiga, teri ostiga yoki vena ichiga (sekin oqimli yoki tomchilab) yuboriladi. Erituvchi sifatida 0,9% li natriy xlorid eritmasi, 5% li glyukoza, Ringer-Lokk eritmasi yoki boshqa pH 6,3 dan yuqori bo‘lmagan asosli eritma qo‘llash mumkin. Kattalarga odatda 2 ml dan sutkada 2-3 marta buyuriladi, og‘ir hollarda dozani ikki barobar oshirish mumkin. Bolalarga preparatni sutkasiga 1 kg tana vazniga 1,2-1,6 mg doza hisobida buyuriladi. Odatda 2 yoshgacha bolalarga 1 ml dan sutkada 2 marta (1/2 ampula) buyuriladi. 2 dan 5 yoshgacha – 1 ml dan (1/2 ampula) 3 marta. 5 yoshdan kattalarga – 2 ml dan (1 ampula) 2-3 marta buyuriladi. Respirator distress-sindromda yangi tug‘ilgan va vaqtidan oldin tug‘ilgan bolalarga: Ambroksol preparatining sutkalik dozasi 10 mg/kg gacha oshiriladi (og‘ir holatlarda – 20 mg/kg gacha, 3-4 yuborishga bo‘lib taqsimlanadi). Kasallikni o‘tkir ko‘rinishi yo‘qolgandan keyin inyektsiya bekor qilinadi va Ambroksol preparatini boshqa dori shakllari ichga qabul qilishga yoki rektal qo‘llashga o‘tilishi mumkin. Davolash davomiyligi kasallikni kechuvini o‘ziga xos xususiyatiga bog‘liq. Ambroksolni shifokor tavsiyasisiz 4-5 kundan ko‘p qo‘llash mumkin emas.

Immun tizimi va teri tomonidan: anafilaktik reaktsiyalar, shu jumladan anafilaktik shok, angionevrotik shish, teri toshmasi, eshakemi, qichishish va boshqa allergik reaktsiyalar. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: jig‘ildon qaynashi, so‘lak oqishi, qabziyat, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya,  dispepsiya, qorinda og‘riq. Siydik-chiqarish tizimi tomonidan: dizuriya. Umumiy buzilishlar: shilliq qavati tomonidan o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, hansirash, isitma, rinoreya, nafas yo‘llarini qurishi. Terini og‘ir shikastlanishlari: ambroksol kabi mukolitik vositalarni qo‘llanishi bilan bog‘liq Stivens-Djonson sindromi, Layell sindromi to‘g‘risida juda kam xabar qilingan. Asosan ularni asosiy kasallikni og‘ir kechishi yoki bir vaqtda boshqa preparatni qo‘llash bilan tushuntirish mumkin. Har qanday nojo‘ya reaktsiyalar paydo bo‘lganida darhol tibbiy yordamga murojaat qilish va ambroksol bilan davolashni to‘xtatish lozim.

Ambroksol gidroxloridiga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik, me’da-ichak yo‘llarining yara kasalligi, homiladorlikni birinchi uch oyligi va laktatsiya davri, turli etiologiyali tirishish sindromi. Kam uchraydigan nasliy holatlarda preparatning yordamchi moddalariga nomutanosiblik bo‘lishi mumkinligi tufayli, preparatni qo‘llash mumkin emas.

Boshqa dori preparatlar bilan klinik nojo‘ya o‘zaro ta’sirlari to‘g‘risida xabarlar yo‘q. Ambroksol gidroxloridni qo‘llangandan keyin bronx-o‘pka shirasida va balg‘amda antibiotiklarni (amoksitsillin, tsefuroksim, eritromitsin) kontsentratsiyalari oshadi. Ambroksol va yo‘talni susaytiradigan vositalarni bir vaqtda qo‘llash yo‘tal refleksini bostirishi oqibatida shilliqni haddan ziyod to‘planishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun bunday majmuani faqat shifokor kutiladigan foyda va qo‘llashdan bo‘lgan xavf nisbatini sinchkov baholagandan keyin qo‘llash mumkin.

Terini og‘ir shikastlanishlari: ambroksol gidroxloridi kabi balg‘am ko‘chiruvchi vositalarni qo‘llanishi bilan bog‘liq Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi) bo‘yicha hammasi bo‘lib bir qancha xabarlar tushgan: asosan ularni patsiyentlarda asosiy kasallikni og‘ir kechishi va/yoki bir vaqtda boshqa preparatni qo‘llanishi bilan tushuntirish mumkin. Shuningdek Stivens-Djonson sindromini yoki Layell sindromini boshlang‘ich bosqichida patsiyentlarda isitma, zirqirash, rinit, yo‘tal va tomoqda og‘riq kabi grippning boshlanish belgilariga xos nospetsifik simptomlar bo‘lishi mumkin. Grippni boshlanish belgilariga xos bo‘lgan, bunday nospetsifik simptomlarda yo‘tal va shamollashga qarshi simptomatik davolashni qo‘llash xato hisoblanadi. Shuning uchun teri va shilliq qavatini yangi shikastlanishlari paydo bo‘lganida darhol tibbiy yordam uchun murojat qilish va ambroksol gidroxlorid bilan davolashni to‘xtatish kerak. Buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlar ambroksol gidroxloridini faqat shifokorning maslahatidan keyin qabul qilishlari mumkin. Ambroksol shilliqni ajralishini sekretsiyasini kuchaytirishi mumkinligi tufayli, preparatni bronxial motorikani buzilishida va shilliq sekretsiyasini kuchayishida (masalan, birlamchi tsiliar diskineziya kabi kam uchraydigan kasalliklarda) ehtiyotkorlik bilan qabul qilish lozim. Buyrak faoliyatini buzilishlari yoki jigarning og‘ir kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim. Jigarda hosil bo‘ladigan metabolitlarni to‘planib qolishi, og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda kuzatiladi. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi. Ambroksol gidroxloridi yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar preparatni homiladorlikni kechishiga, embrion/homilani rivojlanishiga, tug‘ruqqa yoki tug‘ruqdan keyingi rivojlanishga bevosita yoki bilvosita ta’sirlarini aniqlamagan. Ambroksol gidroxloridining klinik tadqiqoti natijasida preparatni homiladorlikning 28-haftasidan keyin qo‘llanganda homilaga biron-bir zararli ta’siri borligi aniqlanmagan. Shunga qaramay, homiladorlik vaqtida dorilarni qabul qilish bo‘yicha odatiy choralarga rioya qilish kerak. Ayniqsa homiladorlikni I uch oyligida Ambroksolni qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Ambroksol gidroxloridi ko‘krak sutiga kiradi, shuning uchun uni emizish vaqtida qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri. Avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta’sir qilishi to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Bugungi kunda odamlarda dozani oshirib yuborilishi hollari to‘g‘risida xabarlar yo‘q. Dori dozasini oshirib yuborilishidagi va/yoki xato qo‘llangandagi simptomlar to‘g‘risidagi ma’lum bo‘lgan yakka xabarlardan ambroksolni tavsiya qilingan dozalardagi nojo‘ya ta’sirlariga javob beradi va simptomatik davolashni talab qiladi.

Retsept bo‘yicha

Birlamchi o‘rami: preparat 2 ml dan shisha ampulada. Ikkilamchi o‘rami: PVX plenka o‘ramli blisterda 5, 10 ampuladan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan.

3 yil.