Ambroksol SD

Tarkibi:

Faol modda: Ambroksol gidroxloridi – 30 mg. Yordamchi moddalar: sut qanda (laktoza), kartoshka kraxmali, kaltsiy stearati, aerosil.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Ambroksol gidroxloridi

Preparatning savdo nomi:

Ambroksol-SD

Farmakalogik guruhi:

Balg‘am ko‘chiruvchi vosita.

Dori shakli:

Tabletka

Oq rangli, dumaloq shaklli, yassi yuzali, faskali tabletkalar.

Balg‘am ko‘chiruvchi vosita.

R05CV06

Ambroksol gidroxloridini so‘rilishi tez va yetarli darajada to‘liq bo‘lib, dozalar terapevtik diapazonida bir chiziqli xarakterga ega. Tezda ajraladigan dori shaklida qabul qilinganda qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyaga 1-2,5 soatdan keyin erishiladi. Peroral qabul qilinganda ambroksol gidroxloridini qondan to‘qimaga taqsimlanishi tez va keskin ifodalangan bo‘lib, o‘pkada faol moddaning yuqori kontsentratsiyasi hosil bo‘ladi. Qon plazmasida terapevtik diapazonda preparatning taxminan 90% oqsillar bilan bog‘langan. Peroral qabul qilingandan keyin dozaning taxminan 30% tizimoldi metabolizmi natijasida chiqariladi. Ambroksol gidroxloridi ayrim kam darajadagi metabolitlardan tashqari jigarda glyukuronizatsiya va dibromantranil kislotasiga qadar parchalanish (taxminan dozani 10%), yo‘li bilan metabolizmga uchraydi. Plazmadan yarim chiqarilish davri taxminan 10 soatni tashkil qiladi. Jigar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda ambroksol gidroxloridini chiqarilishi kamaygan, bu uning qon plazmasidagi darajasini 1,3-2 marta oshishiga olib keladi. Ambroksol gidroxloridining terapevtik diapazonini yetarli darajada kengligi tufayli dozaga tuzatish kiritish kerak emas. Patsiyentning yoshi va jinsi ambroksol gidroxloridining farmakokinetikasiga klinik ahamiyatli ta’sir ko‘rsatmaydi, shuning uchun dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi. Ovqatni qabul qilish ambroksol gidroxloridining biokiraolishligiga ta’sir qilmaydi.

Bronxial sekretsiyani buzilishlari va shilliqni siljishini susayishi bilan bog‘liq o‘tkir va surunkali bronxopulmonal kasalliklarda simptomatik davolash uchun qo‘llanadi.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga 1 tabletkadan sutkada 3 marta qo‘llanadi. Terapevtik samara 2 tabletkadan sutkada 2 marta qo‘llanganda kuchayishi mumkin. O‘tkir kasalliklarda, agar ambroksolni qabul qilinishiga qaramay, simptomlar yo‘qolmasa va/yoki kuchaysa, shifokor bilan maslahatlashish kerak. Preparatni ovqatni qabul qilishdan qat’iy nazar qo‘llash mumkin.

Immun tizimi va teri tomonidan: anafilaktik reaktsiyalar, shu jumladan, anafilaktik shok, angionevrotik shish, teri toshmasi, eshakemi, qichishish va boshqa allergik reaktsiyalar. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: jig‘ildon qaynashi, so‘lak oqishi, qabziyat, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya,  dispepsiya, qorinda og‘riq. Siydik-chiqarish tizimi tomonidan: dizuriya. Umumiy buzilishlar: shilliq qavat tomonidan o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, hansirash, isitma, rinoreya, nafas yo‘llarini qurishi. Terini og‘ir shikastlanishlari: ambroksol kabi mukolitik vositalarni qo‘llanishi bilan bog‘liq Stivens-Djonson sindromi, Layell sindromi haqida juda kam xabar qilingan. Asosan ularni asosiy kasallikni og‘ir kechishi yoki bir vaqtda boshqa preparatni qo‘lash bilan tushuntirish mumkin. Har qanday nojo‘ya reaktsiyalar paydo bo‘lganida darhol tibbiy yordamga murojat qilish va ambroksol bilan davolashni to‘xtatish lozim.

Ambroksol gidroxloridiga va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Kam uchraydigan nasliy holatlarda preparatning yordamchi moddalariga nomutanosiblik bo‘lishi mumkinligi tufayli, preparatni qabul qilish mumkin emas. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda (ushbu dori shakli uchun) qo‘llash mumkin emas.

Boshqa dori preparatlar bilan klinik nojo‘ya o‘zaro ta’sirlari to‘g‘risida xabarlar yo‘q. Ambroksol gidroxloridini qo‘llangandan keyin bronx-o‘pka sekretida va balg‘amda antibiotiklarni (amoksitsillin, tsefuroksim, eritromitsin) kontsentratsiyalari oshadi. Ambroksol va yo‘talni susaytiradigan vositalarni bir vaqtda qo‘llash yo‘tal refleksini bostirishi oqibatida shilliqni haddan ziyod to‘planishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun bunday majmuani faqat shifokor kutiladigan foyda va qo‘llashdan bo‘lgan xavf nisbatini sinchkov baholagandan keyin qo‘llash mumkin.

Terini og‘ir shikastlanishlari: ambroksol gidroxloridi kabi balg‘am ko‘chiruvchi vositalarni qo‘llanishi bilan bog‘liq Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi) bo‘yicha hammasi bo‘lib bir qancha xabarlar tushgan: asosan ularni patsiyentlarda asosiy kasallikni og‘ir kechishi va/yoki bir vaqtda boshqa preparatni qo‘llanishi bilan tushuntirish mumkin. Shuningdek, Stivens-Djonson sindromini yoki Layell sindromini boshlang‘ich bosqichida patsiyentlarda isitma, zirqirash, rinit, yo‘tal va tomoqda og‘riq kabi grippning boshlanish belgilariga xos nospetsifik simptomlar bo‘lishi mumkin. Grippni boshlanish belgilariga xos bo‘lgan, bunday nospetsifik simptomlarda yo‘tal va shamollashga qarshi simptomatik davolashni qo‘llash xato hisoblanadi. Shuning uchun teri va shilliq qavatini yangi shikastlanishlari paydo bo‘lganida darhol tibbiy yordam uchun murojat qilish va ambroksol gidroxloridi bilan davolashni to‘xtatish kerak. Buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlar ambroksol gidroxloridini faqat shifokorning maslahatidan keyin qabul qilishlari mumkin. Tabletka laktaza saqlaydi. Kam uchraydigan nasliy galaktozani o‘zlashtiraolmaslik, Lappa laktaza tanqisligi yoki glyukoza va galaktozani so‘rilishini buzilishi bo‘lgan patsiyentlar bu preparatni qabul qilmasliklari kerak. Ambroksol shilliqni ajralishini sekretsiyasini kuchaytirishi mumkinligi tufayli, preparatni bronxial motorikani buzilishida va shilliq sekretsiyasini kuchayishida (masalan, birlamchi tsiliar diskineziya kabi kam uchraydigan kasalliklarda) ehtiyotkorlik bilan qabul qilish lozim. Buyrak faoliyatini buzilishlari yoki jigarning og‘ir kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim (xususan qo‘llashlar o‘rtasidagi intervalni uzaytirish yoki dozani kamaytirish lozim). Jigarda hosil bo‘ladigan metabolitlarni to‘planib qolishi, og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda kuzatiladi. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi. Ambroksol gidroxloridi yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar preparatni homiladorlikni kechishiga, embrion/homilani rivojlanishiga, tug‘ruqqa yoki tug‘ruqdan keyingi rivojlanishga bevosita yoki bilvosita ta’sirlarini aniqlamagan. Ambroksol gidroxloridining klinik tadqiqoti natijasida preparatni homiladorlikning 28-haftasidan keyin qo‘llanganda homilaga biron-bir zararli ta’siri borligi aniqlanmagan. Shunga qaramay, homiladorlik vaqtida dorilarni qabul qilish bo‘yicha odatiy choralarga rioya qilish kerak. Ayniqsa homiladorlikni I uch oyligida Ambroksolni qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Ambroksol gidroxloridi ko‘krak sutiga kiradi, shuning uchun uni emizish vaqtida qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Bolalar. Bolalarga 12 yoshdan boshlab qo‘llanadi.12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ambroksolni boshqa dori shaklida qo‘llash tavsiya qilinadi. Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri. Avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta’sir qilishi to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Bugungi kunda odamlarda dozani oshirib yuborilishi hollari to‘g‘risida xabarlar yo‘q. Dori dozasini oshirib yuborilishidagi va/yoki xato qo‘llangandagi simptomlar to‘g‘risidagi ma’lum bo‘lgan yakka xabarlardan ambroksolni tavsiya qilingan dozalardagi nojo‘ya ta’sirlariga mos keladi va simpotamitik davolashni talab qiladi.

Retseptsiz

Tabletkalar 30 mg dan, 10 tabletkadan kontur uyali o‘ramlarda.

2 yil.