Alyuzid

Tarkibi:

Faol moddalar: Alyuminiy gidroksidi quritilgan gel (alyuminiy gidroksidiga ekvivalent) – 405 mg, magniy gidroksidi – 100 mg, simetikon – 125 mg. Yordamchi moddalar: 70% sorbitol, mannitol, vodorod peroksidi, metilparaben, propilparaben, limon kislotasi, natriy saxarin, 95% etanol, qalampir yalpiz moyi, guaron qatroni, tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Alyuminiy gidroksidi, magniy gidroksidi, simetikon.

Preparatning savdo nomi:

Alyuzid

Farmakalogik guruhi:

Me’da va o‘n ikki barmoq ichak yarasiga qarshi vosita (antatsidlar).

Dori shakli:

Suspenziya

Oq yoki deyarli oq rangli, o‘ziga xos yalpiz hidli suspenziya.

Me’da va o‘n ikki barmoq ichak yarasiga qarshi vosita (antatsidlar).

A02AX

me’da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligini zo‘rayishlarini oldini olish   (majmuaviy davolash tarkibida).o‘tkir gastrit, surunkali gastritni zo‘rayishi bosqichi;difragmaning qizilo‘ngach teshigini churrasi;reflyuks-ezofagit;duodenit;diskomfort, meteorizm, epigastriyada og‘riqlar, jig‘ildon qaynashi, noto‘g‘ri ovqatlanish paytida paydo bo‘ladigan nordon kekirish, alkogolni, qahvani, nikotinni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilishda qo‘llaniladi.

Ichga qabul qilish uchun suspenziya. Qo‘llashdan avval suspenziyali flakonni yaxshilab chayqating. Kattalarga 2 choy qoshiqda (10 ml) ovqatdan 30-40 minut oldin sutkada 4 marta (agar shifokor boshqacha ko‘rsatma bermagan  bo‘lsa) qabul qilish kerak. Reflyuks- ezofagitda preparatni shuningdek 2 choy qoshikdan (10 ml) ovqatdan bir soat keyin qabul qilinadi. Epizodik qo‘llanganida (noto‘g‘ri ovqatlangandagi diskomfort) 2 choy qoshiqdan (10 ml) bir marta. Maksimal sutkalik doza 16 choy qoshiq (80 ml). 10 yoshdan katta bolalar uchun bir choy qoshiqdan (5 ml) sutkadan 2 marta ovqatdan 1 soat keyin (agar shifokor boshqacha ko‘rsatma bermagan bo‘lsa).

Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: kam hollarda yuqori dozalarda qabul qilinganda ko‘ngil aynishi, qusish, diareya yoki qabziyat, ta’m bilishni o‘zgarishi. Moddalar almashinuvi tomonidan: preparat buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda  yuqori dozalarda qabul qilinganda alyuminiyni buyraklar orqali chiqarilishini buzilishi va uni suyaklarda to‘planishini buzilishi bilan bog‘liq osteomalyatsiya kuzatilishi mumkin, uzoq vaqt qo‘llanganda gipofosfotemiyani rivojlanishi mumkin bo‘lib, u og‘irroq shakllarda anoreksiyaga, mushak holsizligiga va osteomalyatsiyaga olib kelishi mumkin. Boshqalar: artralgiyalar, Altsgeymer kasalligini zo‘rayishi (keksa odamlarda).

– preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik; – buyrak faoliyatini yaqqol buzilishlari; – 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar; – homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash.

Preparatni tetratsiklin qatori antibiotiklari, vitaminlar, digoksin, H2-gistamin retseptorlarining blokatorlari, temir tuzlari, tsiprofloksatsin, fenotiazin, izoniozid, beta-adrenoblokatorlar, indometatsin va ketokonazol biron bir vaqtda qo‘llanganda ularning terapevtik samarasini pasaytirish qobiliyatiga ega.

Preparatni jigar va markaziy nerv tizimi kasalliklariga, alkogolizm va tutqanoq bilan og‘rigan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Preparatni boshqa dori vositalari bilan birga qo‘llanganda qabullar o‘rtasida interval kamida 2 soatni tashkil qilishi kerak. Zarurat bo‘lganida preparat buyrak, jigar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan bemorlarga va keksa yoshdagi patsiyetlarga o‘ta ehtiyotkorlik bilan va davolovchi shifokorni nazorati ostida  buyuriladi. Preparatni uzoq qo‘llanganda qonda fosfor va magniy miqdorini nazorat qilish tavsiya qilinadi. Preparat patsiyentni psixofizik holatini o‘zgarishini chaqirmaydi, avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatini buzmaydi. Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.

Kuruq yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: kaltsiy, magniy, fosfor almashinuvini buzilish belgilari (holsizlik, suyaklarda og‘riq, terini qizarishi, noadekvat xulq) Davolash: zarurati bo‘lganda simptomatik davolashni o‘tkaziladi.

Retseptsiz

Suspenziya flakonlarda 90 ml, 100 ml, 150 ml, 200 ml dan.

3 yil.