kattalarda, bolalar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlardagi birlamchi va ikkilamchi karnitin tanqisligi;buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichili, gemodializ o‘tgan bemorlar, karnitinning ikkilamchi tanqisligi, chunki bunda organizmidan erkin karnitinning yo‘qotilishi (odatda buyraklarda qayta so‘riluvchi) va atsil efirlarining to‘planishi yuz beradi (sog‘lom buyraklar chiqaradigan);to‘liq parenteral oziqlanishda bo‘lgan chala tug‘ilgan bolalardagi karnitinning yetishmovchiligida.
Venaga ozuqa moddalarni yuborilishi, ularning ichak devori va jigarga boshlang‘ich o‘tishini istisno qiladi.
Natijada, barcha biokimyoviy reaktsiyalar tezligini susaytiruvchi (xususan, metioninning metil guruhlarining utilizatsiyasi buziladi) qon plazmasida ortiqcha lipidlar hosil bo‘ladi.karnitin yetishmovchiligi bo‘lgan hamda, uning sarfi juda yuqori patsiyentlarda (shu jumladan, gipoksiyada, difteriyada, valproat kislotasining preparatlarini qabul qilishda);anoreksiya, bolalarning o‘sishidan to‘xtashi va tana vaznining yetarli bo‘lmagan oshishi;kardiomiopatiya (miokardda, energiya manbai sifatida yog‘ kislotalarining utilizatsiyasi juda jadal bo‘ladi, shuning uchun karnitinga bo‘lgan ehtiyoj oshadi, u yuborilganidan keyin qisqarishlari kuchining oshishi, mushaklarning keyingi degeneratsiyasini oldini olinishi, EKG ning me’yorlashuvi kuzatiladi);suyak mushaklarinig kuchsizligi va miopatiya;chala tug‘ilgan chaqaloqlardagi distress-sindromi;organik atsidemiya.
Bu patologiya, organik kislotalarining me’yoriy almashinuvining tug‘ma yoki genetik buzilishi natijasidir.
Bunday bemorlarda KoA ning atsil metabolitlari masalan, propionil-KoA, hujayralarda to‘planadi, karnitinning atsil efirlariga aylanadi va uning hujayra ichidagi tanqisligiga olib kelib, hujayradan u bilan birga chiqib ketadi.
Jigardagi propion kislotasining qoldig‘i, oksidlanishli fosforlanishni susaytiradi va shu bilan uning faoliyatini buzadi.
anabolik (nosteroid) vositalarni qo‘llash ko‘rsatilgan kasalliklarning majmuaviy terapiyasida.
Preparat o‘tkir gipoksik holatlarda (miyaning o‘tkir gipoksiyasi, ishemik insult, tranzitor ishemik huruj) majmuaviy terapiya tarkibida qo‘llanadi.preparatni miya qon aylanishini buzilishining o‘tkir, o‘tkir osti va tiklanish davrida ko‘rsatiladi.
Distsirkulyator entsefalopatiyada va bosh miyaning turli travmatik va toksik shikastlanishlarida, jarrohlik aralashuvlaridan keyingi tiklanish davrida buyuriladi.
Preparat yurakning ishemik kasalligida (stenokardiya, o‘tkir miokard infarkti, postinfarkt holatlar), kardiogen shok va miokard metabolizmini boshqa buzilishlari natijasidagi gipoperfuziyada ko‘rsatilgan.