Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Tarkibi:
1 g krem quyidagilarni saqlaydi: Faol modda: xloropiramin gidroxloridi (chloropyramine hydrochloride) 10 mg.
Yordamchi moddalar: makrogol 300, makrogol 4000.
Preparatning savdo nomi:
ALLЕRGOZAN® 1% krem
Dori shakli:
Surtma
Och rangli, hidsiz kremsimon massa.
Allergozan® krem hasharotlar chaqqanda; kontakt dermatitda va boshqa qichishuvchi dermatozlarda (terini yallig‘lanishi); terining katta sohalarini shikastlamaydigan turli allergik holatlardagi toshmalar va qichishishda qo‘llanadi.
Ushbu dori preparatini har doim bu ilova-varaqada ta’riflanganidek yoki shifokoringiz, farmatsevt yoki hamshiraning ko‘rsatmalariga qat’iy rioya qilgan xolda qo‘llang.
Agar Siz biron-bir narsada ishonch hosil qilmasangiz, shifokoringiz yoki farmatsevtdan so‘rang.
Tavsiya etilgan doza quyidagilarni tashkil etadi: Kattalar va bolalar (emizikli bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar) – kremning oz miqdori shikastlangan yuzaga kuniga 2-3 marta teriga yengil ishqalab surtiladi.
Qo‘llash usuli Allergozan® krem terida faqat mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Ekssudat (sekret, yallig‘lanish suyuqligi) hosil bo‘lishi bilan kechuvchi o‘tkir teri reaktsiyalarida qo‘llash uchun mos hisoblanadi.
Teri orqali yaxshi kirishi va tezroq davolovchi samaraga erishish maqsadida bog‘lam ostida yoki fizioterapevtik muolajalar yordamida qo‘llanishi mumkin.
Ochiq yaralar, ko‘zlar, burun va og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavatiga surtish mumkin emas.
Davolash davomiyligi – 5 kundan 7 kungacha.
Agar 5 kundan 7 kungacha Sizning xolatingiz yaxshilanmasa yoki yomonlashsa, Siz shifokorga murojaat etishingiz kerak.
Agar Siz Allergozan® kremni qo‘llashni o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz O‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini qoplash uchun dori preparatining ko‘p miqdorini qo‘llamang.
Agar Sizda bu dori preparatini qo‘llash bilan bog‘liq qo‘shimcha har qanday savollar bo‘lsa, shifokoringiz, farmatsevt yoki hamshiradan so‘rang.
Barcha dori preparatlari kabi ushbu dori preparati har bir shaxsda namoyon bo‘lmasa ham, nojo‘ya ta’sirlar chaqirishi mumkin.
Allergozan® krem juda kam xollarda teri qichishishi yoki ta’sirlanishini chaqirishi mumkin.
Agar Sizda har qanday nojo‘ya ta’sirlar paydo bo‘lsa, shifokoringiz, farmatsevt yoki hamshiraga xabar bering.
Bu barcha bo‘lishi mumkin bo‘lgan, shu jumladan, ushbu ilova-varaqada ta’riflanmagan nojo‘ya ta’sirlarga ham taalluqli.
Allergozan® kremni qo‘llamang Agar Sizda ushbu dori preparatining faol moddasi yoki yordamchi moddalaridan birontasiga allergiya bo‘lsa.
Agar Siz boshqa dori preparatlarini qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan yoki ehtimol qabul qiladigan bo‘lsangiz, shifokoringiz yoki farmatsevtga xabar bering.
Boshqa dori vositalari Allergozan® kremning samarasiga ta’sir qilishi noma’lum.
Allergozan® kremni qo‘llashdan oldin shifokoringiz ,farmatsevt yoki hamshira bilan suhbatlashing.
Agar Sizda giperkeratozli (qattiqlashish, terining yuza qavatini qalinlashishi) bilan kechuvchi terining surunkali kasalliklari bo‘lsa, boshqa dori shaklini – Allergozan® surtmani qo‘llash afzal hisoblanadi.Preparatni ochiq yaralar yoki kuygan sohalarga surtish tavsiya etilmaydi.
Preparatning bir qismi ko‘zlarga yoki burun va og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavatiga tushmasligi uchun ehtiyot bo‘ling.
Homiladorlik va emizish Ushbu dori preparatini qo‘llashdan oldin shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
Shifokor Sizga Allergozan® kremni qo‘llash mos kelishini baholaydi.
Dori vositasini transport vositalarini yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sirining o‘ziga xosligi Allergozan® krem faol diqqatga ta’sir qilmaydi va transport vositalari xaydovchilari va mashina operatorlari tomonidan qo‘llanishi mumkin.
Original o‘ramida, quruq va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Agar Siz Allergozan® kremning keragidan ortiq dozasini qo‘llagan bo‘lsangiz Preparatni terida mahalliy qo‘llanilganligi tufayli, dozani oshirib yuborilishi ehtimoli kam.
Preparatning ko‘p miqdori behosdan yutib yuborilganda shifokorga murojaat eting.
Retseptsiz Ulashish: 2 137 Views
Surtma 18 g dori preparati polipropilen plastmassa qalpoqcha bilan membranali alyumin tubalarga joylanadi.
Har bir tuba bir tomonidan pigment bilan qoplangan kartondan tayyorlangan yakka bukiladigan qutiga joylanadi.
Har bir qutiga ilova-varaqa joylanadi.
3 (uch) yil O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach Allergozan® kremni ishlatmang.
Yaroqlilik muddati ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuniga to‘g‘ri keladi.
O‘ram ochilgandan keyin ushbu dori preparatini 1 oygacha qo‘llashingiz mumkin.