ALISIP 500retsept bilan

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: tsiprofloksatsin gidroxloridi (monogidrati) tsiprofloksatsinga hisoblaganda 500 mg. yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza, natriy karboksimetilkraxmali, povidon, natriy kroskarmelloza, talk, magniy stearati, kolloid kremniy dioksidi, titan dioksidi, polietilenglikol.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

tsiprofloksatsin gidroxloridi.

Preparatning savdo nomi:

ALISIP-500

Farmakalogik guruhi:

Antibakterial sintetik vositalar. Ftorxinolonlar guruhi antibakterial preparat.

Dori shakli:

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

ikki yoqlama qavariqli, oqdan deyarli oq rangligacha bo‘lgan, “CIP 500” o‘yiqli va bir tomonida riskali kapsulasimon shaklli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Antibakterial sintetik vositalar. Ftorxinolonlar guruhi antibakterial preparat.

J01MA02

Preparat me’da-ichak yo‘llaridan tez va yaxshi so‘riladi. Asosan o‘n ikki barmoq va ingichka ichaklarda so‘riladi. Ichga qabul qilinganida tsiprofloksatsinning biokiraolishligi 70-80% ni tashkil qiladi. Ovqat qabul qilish preparat so‘rilishini sekinlashtiradi, lekin Smax va biokiraolishligini o‘zgartirmaydi. Taxminan 20-30% qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanadi. Preparat qabul qilingan vaqtdan to uni qonda paydo bo‘lishi aniqlanishigacha bo‘lgan vaqti, odatda 30 minutdan kam. Qonda maksimal kontsentratsiyaga yetish vaqti 1-1,5 soatni tashkil qiladi. To‘qimalar, suyuqliklar va hujayralarga kirib yuqori kontsentratsiya hosil qiladi. Tsiprofloksatsinning o‘pka to‘qimasidagi va prostata bezidagi kontsentratsiyasi qon zardobidagi kontsentratsiyasidan bir necha marta yuqori. Jigarda kam faol metabolitlarining hosil bo‘lishi bilan metabolizmga uchraydi (15-30%). Buyrak klirensi minutiga 3-5 ml/kg. Asosan buyraklar orqali (taxminan 30-60% o‘zgarmagan holda, 15% metabolitlari holida) va qolgan qismi axlat bilan chiqariladi. Ichga qabul qilinganidan so‘ng yarim chiqarilish davri (T1/2) 3-5 soat. Buyraklar funktsiyasi sezilarli darajada buzilganida bu ko‘rsatkich oshishi mumkin (hatto 12 soatgacha).

Buyraklar va siydik chiqarish yo‘llarining infektsiyalari (o‘tkir va surunkali piyelonefrit, obstruktiv litiaz, tsistit, siydik yo‘llarining asoratlangan yoki qaytalanuvchi infektsiyalari, prostatit, epididimit), nafas yo‘llarining infektsiyalari (pnevmoniya, bronxopnevmoniya, infektsiyalangan plevrit, o‘pka abstsessi, infektsiyalangan bronxoektazlar, surunkali bronxitni kuchayishi), teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalari (infektsiyalangan yaralar, jarohat infektsiyalari, abstsesslar, tsellyulitlar, tashqi otit, infektsiyalangan kuyishlar), me’da-ichak yo‘llarining infektsiyalari (qorin tifi, bakterial diareya va boshqalar), qorin bo‘shlig‘ining infektsiyalari (peritonit, qorin bo‘shlig‘i ichidagi abstsess, xolangit, xoletsistit, o‘t qopi empiyemasi), ko‘z, o‘rta quloq va yondosh bo‘shliqlar, suyaklar va bo‘g‘imlar, kichik chanoq a’zolarining infektsiyalari, gonoreya. Immuniteti pasaygan bemorlarda infektsiyalarni oldini olish va davolashda qo‘llanadi.

Ichga. Tabletkalarni och qoringa yoki ovqatdan so‘ng, butunligicha ozgina suyuqlik bilan yutish lozim. Doza infektsiyani joylashishi va kechishining og‘irligiga, shuningdek mikroorganizmning sezgirligiga qarab individual ravishda belgilanadi. Buyraklar funktsiyasining o‘rtacha va yaqqol buzilishlari bo‘lgan bemorlarda dozaga tuzatish kiritish talab qilinadi (ya’ni kreatinin klirensi minutiga 20 ml dan kam bo‘lganida, bir martalik doza o‘rtacha dozaning 50% ni tashkil qiladi va sutkada 2 marta buyuriladi yoki odatdagi bir martalik doza sutkada bir marta yuboriladi). Juda og‘ir hollarda va tsiprofloksatsinga sezgirligi kam bo‘lgan mikroorganizmlar chaqirgan qaytalanuvchi infektsiyalarda, preparatning kunduzgi dozasini bir qabulda 750 mg gacha oshirish mumkin, kuniga 2 marta har 12 soatda qabul qilinadi. Keksa bemorlar uchun dozani kamaytirish kerak (odatda 1/3 ga). Siydik chiqarish yo‘llarining infektsiyalarida sutkada ikki marta 0,25-0,5 g dan buyuriladi; davolash kursi 7-10 kun. Asoratlanmagan gonoreyada bir marta 0,25-0,5 g; gonokokk infektsiyasi xlamidiya va mikoplazma infektsiyasi bilan birga qo‘shilganida  0,75 g dan har 12 soatda 7-9 kun davomida buyuriladi. Shankroidda sutkada ikki marta 0,5 g dan bir necha kun qbul qilinadi. Burun-xalqumdagi meningokokk tashuvchilikda bir marta 0,5 g yoki 0,75 g dozada. Salmonellalarni surunkali tashuvchilikda sutkada 4 marta 0,25 g dan buyuriladi. Pnevmoniyada, osteomiyelitda sutkada 2 marta 0,75 g dan, 7-14 kun davomida buyuriladi. Staphylococcus aureus chaqirgan me’da-ichak yo‘llarining infektsiyalarida har 12 soatda 0,75 g dan, 7-28 kun davomida buyuriladi.

Ovqat hazm qilish tizimi va jigar tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, ovqat hazm qilishni buzilishi, diareya, qorin sohasida og‘riq, meteorizm, ishtahani yo‘qolishi, xolestatik sariqlik, gepatit. Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, migren, charchoqlik, holsizlik, uyqusizlik, qo‘zg‘alish, qaltirash, periferik nevralgiya, paresteziyalar, ko‘p terlash, harakat koordinatsiyasini buzilishi, tirishish, bezovtalik holati, depressiya, gallyutsinatsiyalar, tungi dahshatlar (bu reaktsiyalar preparatni darhol to‘xtatishni talab qiladi). Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, hushdan ketishlar, gipertenziya, stenokardiya, miokard infarkti, tserebral trombozlar. Qon yaratish tizimi tomonidan: eozinofiliya, leykotsitopeniya, leykotsitoz, anemiya, gemolitik anemiya, trombotsitopeniya, trombotsitoz. Siydik-chiqarish tizimi tomonidan: glomerulonefrit, dizuriya, poliuriya, kristalluriya, albuminuriya, uretral qon ketishlar, hatto tranzitor buyrak yetishmovchiligining rivojlanishigacha bo‘lgan funktsiyasini buzilishi mumkin. Sezgi a’zolari tomonidan: ta’m va hid sezishni buzilishi, ko‘rishni buzilishi (diplopiya, xromatopsiya), quloqlarda shovqin, vaqtinchalik quloq eshitmasligi (ayniqsa baland tovushlarga). Allergik va immunopatologik reaktsiyalar: qichishish, eshakemi, qizarish, teri toshmalari, dorilar ta’siridagi isitma, kam hollarda – Kvinke shishi, bronxospazm, artralgiya, kam hollarda anafiliktik shok, petexiyalar, gemorragik pufakchalar, mialgiya, vaskulit, Stivens-Djonson sindromi, Layell sindromi kuzatilishi mumkin.

Tsiprofloksatsinga yoki boshqa xinolon preparatlarga bo‘lgan yuqori sezuvchanlik, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar (yoshlarda tog‘aylarni shikastlanishiga olib kelishi mumkin), keksalar, homiladorlar va emizikli ayollarda soxtamembranoz kolitda (v/i yuborish uchun) qo‘llash mumkin emas.

Ftorxinolonlardan tashqari, boshqa antibiotiklar va antibakterial vositalar bilan bir vaqtda buyurilganida, ularning ta’sirini susayishi aniqlanmagan. Temir preparatlari, sukralfat, alyuminiy, magniy yoki kaltsiy gidroksidini saqlovchi antatsidlar bir vaqtda qabul qilinganida preparatning so‘rilishini pasayishini chaqiradi, shuning uchun bu preparatlarni qo‘llash orasidagi vaqt 4 soatdan kam bo‘lmasligi kerak. Teofillin bilan bir vaqtda qo‘llash uning nojo‘ya ta’sirini kuchaytiradi, bu teofillinning miqdorini kamaytirishni talab qiladi. Tsiklosporin bilan bir vaqtda qabul qilish kreatininning qon plazmasidagi darajasini oshishiga olib keladi, shuning uchun ushbu ko‘rsatkichni nazorat qilish (haftada 2 marta) lozim. Varfarin bilan bir vaqtda qo‘llanganida varfarinning ta’siri kuchayadi. Probenetsid bilan birga buyurish preparatning ta’siri kuchaytiradi.

Bosh miya tomirlarining yaqqol aterosklerozi, bosh miya qon aylanishining buzilishlari, tutqanog‘i, anamnezida tirishish hurujlari bo‘lgan, buyraklar funktsiyasi buziishi bo‘lgan patsiyentlarda (faqat hayotiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha) ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Davolanish vaqtida bemorlar yetarli miqdorda suyuqlik qabul qilishlari lozim. Preparat reaktsiya tezligini pasaytirishi mumkin (ayniqsa alkogol bilan bir vaqtda qo‘llanganida), buni yuqori diqqat va tezkor reaktsiyalarni talab qiladigan kasb egalari (masalan, transport haydovchilari) hisobga olishlari kerak. Og‘ir va uzoq davom etuvchi diareya hollarida soxtamembranoz kolit tashhisini istisno qilish lozim, u preparatni qo‘llashni darhol bekor qilishni va kerakli davolashni buyurilishini talab qiladi. Preparat bilan davolash fonida ayrim laboratoriya ko‘rsatkichlari o‘zgarishi mumkin: siydikda cho‘kma paydo bo‘lishi, qon zardobida kreatinin, mochevina, bilirubin, jigar transaminazalarining kontsentratsiyasini vaqtinchalik oshishi; ayrim hollarda – giperglikemiya, kristalluriya yoki gematuriya, protrombin ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi. Davolanish vaqtida fotoallergik reaktsiyalarini paydo bo‘lishining ehtimoli tufayli, bevosita quyosh nurlaridan saqlanish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlancin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Simptomlari: Ba’zida tsiprofloksatsinning dozasi sezilarli darajada oshirib yuborilganida buyraklarning o‘tuvchan shikastlanishi aniqlangan. Davolash: Maxsus antidoti yo‘q. Me’dani yuvish va qusishni chaqirishni o‘tkazish lozim, qo‘shimcha gemodializ yoki peritoneal dializ o‘tkazish mumkin.

Retsept bo‘yicha

Qobiq bilan qoplangan 10 ta tabletka alyuminli blisterda. 1 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida jolashgan.

3 yil.