Aldararetsept bilan

Tarkibi:

100 mg preparat quyidagilarni saqlaydi: faol modda: imiximod – 5,0 mg; yordamchi moddalar: izostearin kislotasi – 25,0 mg, tsetil spirti – 2,2 mg, stearil spirti – 3,1 mg, oq yumshoq mum – 3,0 mg, polisorbat-60 – 3,4 mg, sorbitan stearati 0,6 mg, benzil spirti – 2,0 mg, metilparagidroksibenzoat – 0,2 mg, propilparagidroksibenzoat – 0,02 mg, glitserol – 2,0 mg, ksantan kamedi – 0,5 mg, tozalangan suv – 52,98 mg.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

imiximod

Preparatning savdo nomi:

Aldara

Farmakalogik guruhi:

viruslarga qarshi vosita

Dori shakli:

sirtga qo‘llash uchun krem

oqdan och-sariq ranggacha bo‘lgan bir xil krem.

viruslarga qarshi vosita

D06BB10.

Bir martalik doza surtilganidan keyin radioaktiv izotopi bilan nishonlangan imixodning 0,9% kamrog‘i odam terisi orqali so‘riladi. Preparatning qon aylanish tizimiga tushgan oz miqdori tutilib qolmasdan buyraklar va ichaklar orqali organizmdan taxminan 3:1 nisbatda chiqariladi. Bir marta yoki ko‘p marta sirtga qo‘llanganidan keyin preparatning qon zardobidagi kontsentratsiyasi miqdoriy aniqlanish darajasiga (>5 ng/ml) yetmagan.

Kattalarda tashqi jinsiy a’zolarida yoki orqa teshik atrofi sohalarida joylashgan tashqi o‘tkir uchli kandilomalarni davolash.

Sirtga. Oldindan yuzasi tozalangan kandilomaga krem yupqa qavat qilib surtiladi va teriga to‘liq so‘rilgunicha ehtiyotkorlik bilan ishqalanadi. Kremni ichki yuzalarga tegishidan saqlanib, faqat shikastlangan sohaga surtish kerak. AldaraTM kremi haftada 3 marta uyqudan oldin, surtiladi (masalan: dushanba, chorshanba va juma yoki seshanba, payshanba va shanba) taxminan 6-10 soatga terida qoldiriladi, bu vaqt davomida dush yoki vanna qabul qilish mumkin emas. Krem qo‘llangan sohaga bog‘lov qo‘yish mumkin emas. Shu vaqt o‘tganidan keyin kremni yumshoq sovun bilan yuvib tashlash kerak. Davolash ko‘rinadigan genital yoki orqa teshik atrofi kandilomalari yo‘qolgunigacha davom ettirilishi kerak, lekin 16 haftadan ko‘p emas. AldaraTM kremi 20 sm2 maydonli jarohatlangan sohaga surtish uchun kerakli miqdorda krem saqlovchi bir martalik sashe-paketchalarga joylangan. Agar Siz grafik bo‘yicha kremni surtishni unutgan bo‘lsangiz, Siz u haqida eslashingiz bilan o‘tkazib yuborilgan dozani surting, so‘ngra odatdagi grafikka rioya qiling. Kremni kuniga bir martadan ko‘proq qo‘llash mumkin emas. Kremning ortiqcha miqdorini ishlatishga yo‘l qo‘yilmasin.

Nojo‘ya ta’sirlarning rivojlanishi tez-tezligi quyidagicha belgilangan: Juda tez: >1/10; Tez-tez: <1/10 >1/100; Tez-tez emas: <1/100 >1/1000; Kam hollarda: <1/1000 >1/10000; Juda kam hollarda: <1/10000.

Imiximodga yoki kremning har qanday komponentiga o‘ta yuqori sezuvchanlik. 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar (ma’lumotlarning yo‘qligi tufayli).

Imiximodni, boshqa dori vositalari bilan, shu jumladan immunodepressatlar bilan o‘zaro ta’siri o‘rganilmagan. Imixodni teri orqali minimal so‘rilishi tizimli ta’sirga ega preparatlar bilan o‘zaro ta’sirini cheklashi kerak.

AldaraTM kremi faqat shikastlangan sohalarga surtiladi. Kremni shilliq pardalarga tushishidan saqlanish kerak. Ko‘zga tushishidan saqlanish kerak. Krem ko‘zga tushganida suv bilan yuvish tavsiya qilinadi. AldaraTM kremi uyqudan oldin qo‘llanadi. Kremning oshiqcha miqdorini qo‘llash yoki uzoq vaqt qo‘llash, terida yaqqol mahalliy reaktsiya chaqirishi mumkin. Ochilgan sashe-paketini qayta qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi. Kremni qo‘llashdan oldin va keyin qo‘llarni yaxshilab yuvish kerak. Xatna qilinmagan erkaklar olat tagida joylashgan o‘tkir uchli kandilomalarni davolashda jarohat sohasini asosiy olatni tortib turib, har kuni yuvishlari kerak. Fimozning boshlang‘ich belgilari aniqlangan holda davolashni darhol to‘xtatish tavsiya qilinadi. Agar preparatga mahalliy reaktsiya bemor uchun jiddiy noqulaylikka sabab bo‘lsa, yana agar krem qo‘llangan sohada infektsiya paydo bo‘lsa, davolashda bir necha kunga tanaffus qilishga ruxsat beriladi. Infektsiya xollarida zarur choralar ko‘riladi. AldaraTM kremi terining yallig‘lanish kasalliklarini zo‘rayishini chaqirishi mumkin. AldaraTM kremini boshqa dori vositalari yoki xirurgik davolashdan keyin teri bitmagunicha qo‘llash mumkin emas. Ochiq yaralari yoki jaroxatlari bo‘lgan soxalarda, ular bitmagunicha AldaraTM kremi bilan davolashni boshlash mumkin emas. Metilparagidroksibenzoat, propilparagidroksibenzoat, tsetil spirti va stearil spirti to‘ldiruvchilari allergik reaktsiyalar chaqirishi mumkin. Yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari aniqlanganda davolashni to‘xtatish kerak. AldaraTM preparati bilan davolash vaqtida okklyuzion bog‘lovni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Imiximodni tavsiya etilganidan yuqoriroq dozalarda qo‘llash, og‘ir mahalliy reaktsiyalarni rivojlanish xavfini oshishiga olib kelishi mumkin. AldaraTM kremi qo‘llanayotgan davrda, quyosh nurlarining ta’siridan (shu jumladan quyosh yorug‘ligidan) saqlanishni minimallashtirish kerak, chunki quyosh nurlaridan kuyish xavfi mavjud. Imixodni bevosita viruslarga qarshi va tsitotoksik ta’sirga ega emasligi tufayli, davolash o‘tkazilganidan keyin genital va perianal sohalarda yangi kandilomalar paydo bo‘lishi mumkin. Hozirgi vaqtda mavjud bo‘lgan bilimlar asosida uretral, intravaginal, tservikal, rektal yoki intraanal o‘tkir uchli kandilomalarni AldaraTM kremi bilan davolash tavsiya qilinmaydi. Jinsiy aloqadan oldin AldaraTM kremini teri yuzasidan yuvib tashlash kerak. AldaraTM kremi prezervativ yoki vaginal diafragmalarning samarasini pasaytirish qobiliyatiga ega, shuning uchun homilaga qarshi vositalarni, AldaraTM kremi qo‘llanganida qo‘llash tavsiya etilmaydi. Kontratseptsiyaning muqobil usulini tanlash kerak. Immuntanqisligi bo‘lgan bemorlarda Aldara™ kremini takroriy qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Homiladorlikda qo‘llash qat’iy ko‘rsatmalar bo‘yicha, agar ona uchun kutiladigan foyda homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo‘lgan holda mumkin. Laktatsiya davrida preparatni qo‘llash zarurati tug‘ilsa emizishni to‘xtatish kerak.

Preparatni transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’siri o‘rganilmagan. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

25oS yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Ochilgan sashe-paketchalarni takroriy ishlatishga yo‘l qo‘yilmaydi.

AldaraTM kremi sirtga qo‘llangan holda preparatni teri orqali so‘rilishining pastligi tufayli tizimli dozani oshirib yuborilishini ehtimoli kam. Tasodifan imiximod 200 mg dozada, bu taxminan 16 paket–sashe ichidagisiga muvofiq keladi, ichga qo‘llanganida ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i, mialgiya va isitma kuzatilishi mumkin. 200 mg dan ichga bir necha dozalar qabul qilinganida klinik nuqtai nazardan jiddiyroq nojo‘ya samarasi ichga yoki vena ichiga suyuqlikni yuborish yo‘li bilan bartaraf qilinadigan arterial gipotenziya hisoblanadi

Retsept bo‘yicha

Sirtga qo‘llash uchun 5% li krem. 250 mg krem polietilen plyonka, poliefir plyonka va alyumin folgadan tashkil topgan ko‘p qavatli plyonka paketlarda; termosvarka bilan berkitilgan. 12 paketchalar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

2 yil.