Odam albumini kattalar va bolalarga vena ichiga tomchilab va oqim bilan yuboriladi.
Qon plazmasidagi albuminning kontsentratsiyasini monitoringini o‘tkazish va gemodinamika ko‘rsatkichlarni nazorat qilish tavsiya etiladi.
Quyish tezligini patsiyentlarning holati va ko‘rsatmalarga qarab tanlash kerak.
Plazmani vena ichiga quyishda quyish tezligi yuqoriroq bo‘lishi mumkin va u qonni yo‘qotish tezligiga muvofiq bo‘lishi kerak.
Albumin vena ichiga tomchilab minutiga 5 ml tezlikda yoki 5% eritma uchun minutiga ko‘pi bilan 50-60 tomchi va 20% eritma uchun minutiga 1-2 ml gacha yoki 40 tomchi tezlikda yuborish kerak.
Maksimal yuborish vaqti – 3 soat.
Katta hajmlarda yuborilganida, ishlatish oldidan Albumin xona haroratigacha yoki tana haroratigacha isitilishi kerak.
Qo‘llashga tayyorlash Qopqog‘idan plyonkani oling.
Flakonni ochish oldidan mos keluvchi antiseptikli tampon bilan darhol qopqog‘i ustini arting.
5, 10, 20% albumin eritmasini quyish oldidan shifokor preparat va uni saqlovchi idishni qattiq zarrachalarni borligi va rangi o‘zgarganini tekshirish uchun vizual ko‘rikni o‘tkazishi kerak.
Preparat vizual tiniq bo‘lishi va osilmalar va cho‘kma saqlamasligigi kerak.
Preparatning germetikligi va berkitilganligi saqlanganida, butilkada yoriqlar bo‘lmaganida, etiketkasi saqlangan holda, ishlatish uchun yaroqli xisoblanadi.
Vizual ko‘rik natijalari va etiketka ma’lumotlari (preparatning nomi, ishlab chiqaruvchi korxona, seriya raqami) kasallik tarixida qayd qilinadi.
Preparatning maksimal bir martalik dozasi albumin eritmasining kontsentratsiyasi, bemorning dastlabki holati va yoshiga bog‘liq.
Albunormning 5% eritmasi 200-300 ml dozada yuboriladi, zarurati bo‘lganida 5% eritmaning dozasi 500-800 ml gacha oshirilishi mumkin.
20% Albunorm eritmasisning maksimal bir martalik dozasi 100 ml ga cheklanishi mumkin.
Albumin eritmalarini oqim bilan yuborish arterial bosimni tez oshirish uchun turli genezli shoklarda mumkin.
Keksalik yoshida kontsentratsiyalangan (20%) eritmalarni qo‘llashdan va 5% li albumin eritmalarini tez yuborishdan saqlanish kerak, chunki bu yurak-qon tomir tizimini ortiqcha zo‘riqishiga olib kelishi mumkin.
Gipovolemiya Gipovolemik shokni davolash uchun qo‘llanayotgan preparatning hajmi va infuziya tezligi konkret patsiyentning javob reaktsiyasiga moslashtirilgan bo‘lishi kerak.
Patsiyentlarning gemodinamik ko‘rsatkichlarinii kuzatish kerak, qon aylanish tizimiga volemik ortiqcha yuklamaga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, odatdagi ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish kerak.
Kattalar: o‘rtacha boshlang‘ich doza 25 g, 48 soat davomida 250 g gacha yuboriladi.
Umumiy doza faol qon ketishi bo‘lmaganida normada kuzatiladigan albumin darajasidan (tana vazniga taxminan 2 g/kg) oshmasligi kerak.
Bolalar: shoshilinch hollarda boshlang‘ich doza 25 g, qolgan hollarda doza kattalar uchun dozadan 2-4 marta kam bo‘lishi va albumin eritmasining kontsentratsiyasini hisobi bilan tana vaznini kilogrammiga millilitrlarda xisoblanishi kerak (bolaning tana vazniga 3 mg/kg dan ko‘p emas).
Agar xujayradan tashqari degidratatsiya bo‘lsa, unda albumindan keyin tuzli eritma quyiladi.
Agar 5% li Albunorm aylanayotgan qon hajmini ozroq tanqisligida (10-15%) afzal bo‘lsa, tuzli eritmani yuborishdan keyin quyiluvchi 20% li Albunorm AQX yaqqol pasayishida (20% ko‘proq), aylanayotgan oqsil tanqisligida, torpid shokda va transfuzion terapiya noilojlikdan kechikib boshlangan vaziyatlarda ahamiyatli terapevtik afzallikka egadir.
Tsirrozi bo‘lgan patsiyentlarda astsistik suyuqlikni yo‘qotish, yurak-tomir tizimini o‘zgarishlari va xatto gipovolemik shokni rivojlanishi bilan kechishi mumkin, bu vaziyatlarda albuminni quyish aylanayotgan hajmini tutib turish uchun kerak.
Kuyishlarni davolash Kuyishli shikastlanishlardan keyin (odatda 24 soatdan ko‘proq vaqt o‘tganidan keyin quyilayotgan albuminning miqdori va plazmaning osmotik kolloid bosimini yuz berayotgan oshishi orasida aniq muvofiqlik mavjud.
Maqsad plazmaning 20 ml simob ustuniga teng bo‘lgan onkotik bosimi (oqsilning 5,2 g/l umumiy kontsentratsiyasiga ekvivalent) bilan plazmadagi albumining 2,5±0,5 g/l kontsentratsiyasini tutib turish qobiliyati bo‘lishi kerak.
Davolash davomiyligi oqsilni kuygan sohalar va siydik bilan yo‘qotilishi belgilaydi.
Bundan tashqari, aminokislotalar bilan zondli yoki parenteral oziqlantirishni boshlash kerak, chunki albuminni uzoq muddatli qo‘llashni ovqatlanish manbai deb hisoblamaslik kerak.
Katta kuyilarni transfuzion davolashni optimal tartibi (kolloid va tuzli eritmalarni buyurish) aniqlanmagan.
Odatda termik shikastlanishdan keyingi birinchi 24 soatda, interstitsial (xujayra tashqasidagi) suyuqlikni kamaygan hajmini tiklash uchun tuzli eritmalarning katta xajmlari quyiladi.
24 soat o‘tgach Albunormni plazmaning kolloidli onkotik bosimini tutib turish maqsadida qo‘llash mumkin.
To‘qimalarning shishi bilan yoki usiz gipoproteinemiya Agar gipoproteinemiyaga olib kelgan asosiy patologiyani to‘g‘rilash mumkin bo‘lsa, albuminni qo‘llashni toza simptomatik yoki tutib turuvchi hisoblash kerak.
Kattalar uchun albuminning odatdagi sutkalik dozasi 50 dan 75 g gachani (0,5-1 g/kg) va bolalar uchun 25 g ni tashkil qiladi.
Albumin yo‘qotishda davom etayotgan kuchli gipoproteinemiyasi bo‘lgan patsiyentlarga, katta miqdorlari talab qilinishi mumkin.
Gipoproteinemiyali patsiyentlarda odatda qonning hajmi taxminan normalligi tufayli, albuminni infuziya tezligi minutiga 2 ml dan oshmasligi kerak, chunki tezroq infuziya qon aylanishini buzilishini va o‘pka shishini chaqirishi mumkin.
Katta xirurgik operatsiyalar davomida patsiyentlar qon xavzasida aylanayotgan albuminning yarmidan ko‘pini yo‘qotishlari mumkin, bu shish sindromining rivojlanishi yoki usiz onkotik bosimni pasayishi bilan birga kechadi.
Bunday vaziyat shuningdek jadal davolash bo‘limlarining bemorlaridagi sepsisda kuzatiladi.
Bunday hollarda albuminni qo‘llash to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan.
Kattalarning o‘tkir respirator distress sindromi (KRDS) KRDS o‘pkalarning interstitsial shishi bilan bog‘liq bo‘lgan kislorodning yetkazib berilishini yetishmovchiligi bilan ifodalanadi, va shokning va o‘tkir ko‘p qon yo‘qotishning, shuningdek bosh miya jarohatining asorati hisoblanadi.
Agar bunda bir vaqtda gipoproteinemiya va volemik oshiqcha yuklanishga ishora qiluvchi klinik belgilar bo‘lsa, unda albuminni diuretiklar bilan birga buyurish jadal infuzion davolashning juda muhim bo‘g‘ini hisoblanadi.
Aorto-koronar shuntlash Zamonaviy sun’iy qon aylanish apparatlari (QAA) to‘ldirish uchun nisbatan katta bo‘lmagan hajmlarni talab qiladi.
Patsiyentlarda albumin va kristalloidlarni ishlatish bilan erishiladigan operatsiyadan oldingi gemodilyutsiyani xavfsizligi ko‘rsatilgan.
Gematokrit va plazma albuminining darajasini xavfsiz pasayish chegarasi aniqlanmagan, biroq albumin va kristalloidlarni QAA ni to‘ldirish uchun gematokritni 20% darajasiga va plazma albumining kontsentratsiyasini 2,5 g/l ga erishilgunicha ishlatish umumiy qabul qilingan amaliyotlar.
O‘tkir jigar yetishmovchiligi Jigar faoliyatini koma rivojlanishi (jigar entsefalopatiyasi) yoki usiz yo‘qotishning tez-tez bo‘lmagan vaziyatlarida, albuminni qo‘llash onkotik bosimni tutib turish va plazma bilirubinini bog‘lash maqsadiga ega.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning gemolitik kasalligi Albumin yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni davolashda plazma quyishda ishlatilganida, sariqlik va gemoliz bilan bog‘liq bo‘lgan asoratlar xavfini kamaytirish uchun erkin bilirubinni bog‘lash maqsadida buyurilishi mumkin.
Tana vazniga 1 g/kg doza almashtirish transfuziya muolajasini boshlashdan taxminan bir soat oldin buyuriladi.
Bolalarda oldindan gipervolemiya mavjudligida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Oqsillarga boy suyuqliklarni yo‘qotish Jigar tsirrozi, yurak yetishmovchiligi, peritonit, shuningdek ekssudativ plevrit oqibatidagi astsit ko‘pincha yo‘qotishni talab qiladi.
Bunda uchinchi bo‘shliqqa yo‘qotiladigan oqsilning, shu jumladan albuminning kattaligi, hajmi to‘ldirishga yoki onkotik bosimni tutib turishga qaratilgan davolashni talab qilishi mumkin, bu Albunormning infuziyasi yordamida mumkin.
Eritrotsitlarni qayta suspenziyalanishi Katta hajmdagi eritilgan yuvilgan eritrotsitlarni quyish haddan ziyod gipoproteinemiyani rivojlanishi bilan birga kechishi mumkin.
Buni oldini olish maqsadida albuminni bevosita eritilgan yuvilgan eritrotsitlarni transfuziyasi oldidan ishlatish mumkin.
O‘tkir nefroz