AKUMIN GЕPAretsept bilan

Tarkibi:

1000 ml eritma quyidagilarni saqlaydi: Ta’sir etuvchi moddalar: L – valin                                                                   10,08 g L – izoleytsin                                                          10,40 g L – leytsin                                                                13,09 g L – lizin                                                                     6,88 g (L – lizin monoatsetat shaklida                               9,71 g) L – metionin                                                              1,10 g L – treonin                                                                4,40 g L – fenilalanin                                                       0,88 g L – triptofan                                                            0,70 g L – alanin                                                                   4,64 g L – arginin                                                              10,72 g Glitsin                                                                       5,82 g L – gistidin                                                               2,80 g L – prolin                                                                  5,73 g L – serin                                                                    2,24 g L – tsistein                                                                0,52 g (atsetiltsistein shaklida                                         0,70 g) Yordamchi moddalar: 99,8% li sirka kislotasi                                     4,42 g Inyektsiya uchun suv                                                  yetarlicha miqdorda Umumiy aminokislotalar                                       80,00 g/l Umumiy azot                                                             12,90 g/l Osmolyarligi                                                           770 mOsm/l tarmoqlangan zanjirli aminokislotalar %      41,96

Preparatning savdo nomi:

AKUMIN GЕPA

Farmakalogik guruhi:

parentaral oziqlantirish uchun preparat, aminokislotalar.

Dori shakli:

infuziya uchun eritma

rangsiz, tiniq eritma.

parentaral oziqlantirish uchun preparat, aminokislotalar.

A16AA

AKUMIN GЕPA normada organizmga ovqat bilan muntazam tushib turadigan turli aminokislotalar saqlaydi. Infuziya yordamida organizmga yuborilgan aminokislotalar mavjud bo‘lgan ikki metabolik yo‘ldan biriga uchraydi: aminokislotalar peptid bog‘lar bilan bog‘lanib, oqsillarni hosil qiluvchi anabolik yo‘l va katabolik yo‘l – bunda aminokislotalardan ketokislotalarga aminoguruhni qaytuvchan o‘tkazish yuz beradi. Dekstroza va yog‘lar bilan birga (uglevodlar va yog‘larning nisbati 70:30) to‘liq parenteral oziqlantirish doirasida soatiga 10,5 mg azot/kg tezlikda yuborilgan aminokislotalar, 3 soatdan keyin qonda muvozanatlangan kontsentratsiyalariga erishadi. Aminokislotalar qondagi kontsentratsiyasi tez oshganida ular o‘zgarmagan holda chiqarilishi mumkin. Aminokislotalarning (sog‘lom odamlarda) yarim chiqarilish davri 5-15 minutni tashkil qiladi (bu qisqa vaqt ichida aminokislotalar oqsil sintezi uchun ishlatilishi kerak). Oqsil sintezi jarayonida ishlatilmagan aminokislotalarning qoldiqlari aminoguruhni ajralib chiqishiga uchraydi, natijada mochevina hosil bo‘lib organizmdan chiqariladi. Arginin buyrak naychalarida deyarli to‘liq qayta so‘riladi. Aminokislotalarning metabolizmga uchrashi organizmning barcha to‘qimalarida yuz beradi. Ularning parchalanish darajasi organizm duch keladigan stressning yaqqolligiga bog‘liq. Stress aminokislotalarning metabolizmini tezlashtiradi va jigar faoliyati buzilishini kuchaytiradi, bu esa o‘z navbatida aminokislotalarning metabolizmga uchrashini kamaytiradi. Sepsis ham ularning metabolizmga uchrashini tezlashtiradi, buyrak faoliyatini pasayishi esa – susaytiradi. AKUMIN GЕPA infuziyasida almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalarning o‘zlashtira olinish foizi 99%, almashtirib bo‘ladiganlarning esa, 97% ni tashkil qiladi. Bunda almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalarning umumiy va buyrak klirensi minutiga  0,5 l va minutiga 1,5 ml ni, ko‘pchilik almashtirib bo‘ladigan aminokislotalar uchun esa, minutiga 0,6 l va minutiga 3 ml ni tashkil qiladi.

Parenteral oziqlanish (qisman yoki to‘liq – uglerod va yog‘ emulsiyalarini eritmalari qo‘shilganda)Suyuqlik hajmini to‘ldirishOperatsiyalarda, qon ketishlarda oqsil tanqisligiKuyishlardaJigar faoliyatini buzilishlarida (jigar yetishmovchiligi)Bosh miya faoliyatini buzilishlarida (jigar entsefalopatiyasi) va usizJigar prekomasidan va komasida davolashDiffuz peritonitSeptik holat, og‘ir yiringli jarayonlarOsteomiyelitKaxeksiya onkologik kasallliklardaOg‘ir infektsion kasalliklar (meningit, entsefalit, qorin tifi, vabo)Uzoq davom etuvchi diareya, to‘xtovsiz qusishBosh miya jarohatiKatta operatsiya aralashuvlaridan oldin va keyin (ovqat hazm qilish tizimida, jag‘-yuz jarrohligi)Qizilo‘ngach yoki ichakni o‘yuvchi moddalar bilan shikatlanishida qo‘llanadi.

AKUMIN GЕPA infuzion eritmasi bilan davolashni qonda azot qoldig‘ining kontsentratsiyasi va kasallikning og‘irlik darajasiga qarab o‘tkaziladi. AKUMIN GЕPA vena ichiga tomchilab yuboriladi. Infuziyani soatiga 1,0–1,25 mg/kg (minutiga 30-35 tomchi) tezlikda o‘tkazish tavsiya etiladi, bu soatiga 0,08–0,1 g aminokislotalar/kg ga mos keladi. Kattalarga maksimal yuborish tezligi – soatiga 1,25 ml/kg (soatiga 0,1 g aminokislota/kg ga mos keladi). Maksimal sutkalik doza 18,75 ml/kg ni tashkil qiladi (sutkada 1,5 g aminokislota/kg), ya’ni 70 kg og‘irlikdagi bemor uchun 1300 ml ni tashkil qiladi. 2 yoshdan katta bolalar uchun AKUMIN GЕPA preparatini maksimal sutkalik dozasi 10-15 ml/kg, infuziya uchun 8% li eritmasi (sutkada 1-1,5 g/kgaminokislotalarga ekvivalent). 2 yoshdan katta bolalar uchun maksimal yuborish tezligi kattalar uchun maksimal yuborish tezligidan farq qilmaydi. Davolash davomiyligi nevrologik simptomlar to‘liq yo‘qolguniga qadar individual belgilanadi.

Ko‘ngil aynishi, qusish, etni uvishishi, terlash, taxikardiya, allergik reaktsiyalar, yuz terisi giperemiyasi kuzatilishi mumkin.

preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikaminokislotalarning metabolizmini buzilishigipergidratatsiyagiponatriyemiyagipokaliyemiyabuyrak yetishmovchiligi (buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda jigar komasida bemorning hayotiga ikkala holatdan qaysi biri xavf solayotganini e’tiborga olish kerak)yurak yetishmovchiligi (dekopensatsiya bosqichida)homiladorlik va emizish davri

AKUMIN GЕPA komponentlarini teofillin bilan in vivo sharoitida o‘zaro ta’siri teofilinning klirensini oshishiga olib kelishi haqida ma’lumotlar bor. In vitro sharoitida o‘zaro ta’siri haqida ko‘plab ma’lumotlar ma’lum, shuning uchun AKUMIN GЕPA eritmasiga boshqa dori preparatlarini qo‘shish tavsiya etilmaydi. AKUMIN GЕPA bilan birga yuborish mumkin bo‘lgan dori preparatlari: antibiotiklar – amikatsin, ampitsillin, tsefotaksin, tseftriakson, doksitsiklin, eritromitsin, gentamitsin, xloramfenikol, klindamitsin, netilmitsin, benzilpenitsillin, piperatsillin, tetratsiklin, tobramitsin va vankomitsin; boshqa preparatlar – aminofillin, tsiklofosfamid, tsimetidin, tsitarabin, digoksin, dopamin, fatomidin, fitomenadion, ftoruratsil, folat kislotasi, furosemid, geparin, xlorpromazin, insulin, kaltsiy glyukonati, lidokain, metildopa, metilprednizolon, metoklopramid, metotreksat, morfin, nizatidin, norepinefrin, propranolol, ranitidin va riboflavin.

AKUMIN GЕPA eritmasini faqat keltirilgan ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Ushbu preparatni qo‘llash vaqtida elektrolit va kislota–ishqor holatini, organizm gidratatsiya darajasini, buyraklar faoliyati holatini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish lozim. Faqat shikastlanmagan flakondan tiniq eritma ishlatilsin!

Homiladorlik va emizish davri qo‘llash mumkin emas.

25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin. Yorug‘lik ta’siridan himoyalansin.

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, terlash, isitma, taxikardiya, “jigar” fermentlari faolligi va qoldiq azot kontsentratsiyasi oshishi. Yuqori tezlikda yuborish gipergidratatsiya va periferik shish paydo bo‘lishiga, o‘pka shishini rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Davolash: preparatning infuziyasini to‘xtatish, simptomatik davolashni boshlash tavsiya etiladi (spetsifik antidotlar mavjud emas).

500 ml va 250 ml dan shisha flakonlarda.

2 yil.