Adrenalinretsept bilan

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi: Faol modda: epinefrin (adrenalin) – 1,00 mg Yordamchi moddalar: natriy xloridi – 8,00 mg, natriy disulfiti (natriy bisulfiti) – 1,00 mg, 5,00 mg xlorobutanolga ekvivalent xlorobutanol gemigidrati (xlorobutanolgidrat), dinatriy edetati (etilendiamintetrasirka kislotasining dinatriyli tuzi) – 0,50 mg, glitserol (glitserin) – 60,00 mg, xlorid kislotasi – rN 2,5-4,0 gacha, inyektsiya uchun suv – 1 ml gacha.

Preparatning savdo nomi:

Adrenalin

Farmakalogik guruhi:

α- va β- adrenomimetik.

Dori shakli:

inyektsiya uchun eritma

tiniq, rangsiz yoki kuchsiz bo‘yalgan, o‘ziga xos hidli suyuqlik.

α- va β- adrenomimetik.

S01SA24

So‘rilishi Mushak ichiga yoki teri ostiga yuborilganda yaxshi  so‘riladi. Parenteral yuborilgan preparat tez parchalanadi. Shuningdek endotraxeal va kon’yunktival yuborilganda xam so‘riladi. Teri ostiga va mushak ichiga yuborilganda qonda maksimal kontsentratsiyasiga erishish vaqti – 3-10 minutni tashkil etadi. Yo‘ldosh orqali, ko‘krak sutiga kiradi, gematoentsefalik to‘siq orqali o‘tmaydi. Metabolizmi Simpatik nerv oxirlari va boshqa to‘qimalarning asosan monoaminooksidaza va katexol-O-metiltransferaza fermentlari tomonidan, shuningdek jigarda metabolizmga uchraydi va nofaol metabolitlarini hosil qiladi vena ichiga yuborilganda yarim chiqarilish davri – 1-2 minutni tashkil qiladi. Chiqarilishi Asosan metabolitlari: vanililmindal kislotasi, sulfatlar, glyukuronidlar, shuningdek oz miqdorda – o‘zgarmagan xolda buyraklar orqali chiqariladi.

Dori vositalari, zardoblarni qo‘llash, qon quyish, oziq ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish, hasharotlarni chaqishi yoki boshqa allergenlarni yuborishda rivojlanadigan tezkor turdagi allergik reaktsiyalar (shu jumladan eshakemi, angionevrotik shish, anafilaktik shok); jismoniy zo‘riqish oqibatidan astma;Bronxial astma (astmatik xurujni bartaraf qilish), narkoz vaqtida bronxospazm;Asistoliya (shu jumladan III darajali atrioventrakulyar blokadani o‘tkir rivojlanishi fonida);Teri va shilliq qavatlardagi yuza tomirlaridan (shu jumladan milklardan) qon ketishi;O‘rnini bosuvchi suyuqliklarni adekvat xajmlarini yuborish bilan bartaraf qilinmayotgan arterial gipotenziya (shu jumladan shok, bakteriyemiya, ochiq yurakdagi operatsiya, buyrak yetishmovchiligi);Mahalliy anestetiklarning ta’sirini uzaytirish zarurati;To‘liq atrioventrikulyar blokada epizodlari (sinkopal holat (Morgani-Adams-Stoks sindromi) rivojlanishi bilan);Qon ketishini to‘xtatish uchun (tomirni toraytiruvchi vosita sifatida) qo‘llanadi.

Teri ostiga, mushak ichiga, vena ichiga tomchilab yuboriladi. Tezkor turdagi allergik reaktsiyalar (anafilaktik shok): 0,1-0,25 mg ni vena ichiga sekin natriy xloridining 0,9% 10 ml eritmasida suyultirilgan holda yuboriladi zarurati bo‘lganida 1:10000 kontsentratsiyada vena ichiga tomchilab yuborish davom ettiriladi. Xayot uchun bevosita xavf yo‘qligida mushak ichiga yoki teri ostiga 0,3-0,5 mg ni yuborgan afzal, zarurati bo‘lganida 10-20 minutdan keyin 3 martagacha takror yuborish mumkin. Bronxial astma: teri ostiga 0,3-0,5 mg buyuriladi, zarurati bo‘lganida takroriy dozalarni har 20 minutda 3 martagacha yoki vena ichiga 0,1-0,25 mg dan 1:10000 kontsentratsiyada suyultirib yuborish mumkin. Asistoliyada: yurak ichiga 0,5 mg (natriy xloridining 0,9% 10 ml eritmasi yoki boshqa erituvchida suyultiriladi); reanimatsion choralar vaqtida – 0,5-1 mg dan (suyultirilgan holda) vena ichiga har 3-5 minutda yuboriladi. Agar bemor intubatsiyalangan bo‘lsa, endotraxeal instillyatsiyani amalga oshirish mumkin – dozalar vena ichiga dozalardan 2-2,5 marta yuqori bo‘lishi kerak. Qon ketishni to‘xtatish – preparat bilan namlangan tamponlar shaklida mahalliy qo‘llanadi. Arterial gipotenziyada: vena ichiga tomchilab minutiga 1 mkg yuboriladi, yuborish tezligini minutiga 2-10 mkg gacha oshirish mumkin. Mahalliy anestetiklarning ta’sirini uzaytirish uchun: 0,005 mg/ml kontsentratsiyada (doza qo‘llanilayotgan anestetikning turiga bog‘liq), orqa miya anesteziyasi uchun – 0,2- 0,4 mg buyuriladi. Morgani-Adams-Stoks sindromi (bradiaritmik turi) 1 mg dozada 5% glyukozaning 250 ml eritmasida vena ichiga yuboriladi, yurak qisqarishlar soni minimal yetarli sonigacha erishilgunigacha doza asta-sekin oshirib boriladi. Qon tomirlarini toraytiruvchi vosita sifatida: vena ichiga tomchilab 1 mkg/minut tezlikda buyuriladi, yuborish tezligini 2-10 mkg/minutgacha oshirish mumkin. Bolalar amaliyotida qo‘llanilishi: Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar (asistoliya): vena ichiga, 10-30 mkg/kg har 3-5 minutda, sekin yuboriladi. 1 oydan oshgan bolalarga: vena ichiga, 10 mkg/kg (keyinchalik zarurati bo‘lganida har 3-5 minutda 100 mkg/kg dan (kamida 2 standart dozani yuborgandan keyin har 5 minutda yuqoriroq – 200 mkg/kg dozani qo‘llash mumkin)). Endotraxeal yuborishni qo‘llash mumkin. Bolalarga anafilaktik shokda: teri ostiga yoki mushak ichiga 0,01 mg/kg dan (maksimal – 0,3 mg gacha), zarurati bo‘lganida ushbu dozalarni 15 minutdan keyin (3 martagacha) takror yuborish mumkin. Bolalarga bronxospazmda: teri ostiga 10 mkg/kg (maksimal – 0,3 mg gacha), zarurati bo‘lganida dozalarni har 15 minut (3-4 martagacha) yoki har 4 soatda takrorlash mumkin.

Nojo‘ya samaralar rivojlanishi tez-tezligining tasnifi (JSST): Juda tez-tez >1/10 Tez-tez >1/100 dan <1/10 gacha Tez-tez emas >1/1000 dan <1/100 gacha Kam >1/10000 dan <1/1000 gacha Juda kam <1/10000 dan, shu jumladan alohida xabarlar. Yurak-tomir tizimi tomonidan: tez-tez emas – stenokardiya, bradikardiya yoki taxikardiya, yurak urishini his qilishi, arterial bosimni oshishi yoki pasayishi, yuqori dozalarda – yurak qorinchalari aritmiyasi (shu jumladan, qorinchalar fibrillyatsiyasi); kam – aritmiya, ko‘krak qafasida og‘riqlar, o‘pka shishi. Nerv tizimi tomonidan: tez-tez – bosh og‘rig‘i, xavotirli xolatlar, tremor; tik, tez-tez emas – bosh aylanishi, asabiylik, charchoqlik, ko‘ngil aynishi, qusish, shaxsiyatni buzilishi (psixomotor qo‘zg‘alish, dezoriyentatsiya, xotirani buzilishi, psixotik buzilishlar: agressiv yoki sarosimali xulq, shizofreniyaga o‘xshash buzilishlar, paranoyya), uyquni buzilishi, mushak tortishishlari. Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – ko‘ngil aynishi, qusish. Siydik chiqarish tizimi tomonidan: kam – siyishni qiyinlashishi va og‘riqliligi (prostata bezi giperplaziyasida). Mahalliy reaktsiyalar: tez-tez emas – mushak ichiga yuborgan joyda og‘riq yoki achishish. Allergik reaktsiyalar: tez-tez emas – angionevrotik shish, bronxospazm, teri toshmasi, ko‘p shaklli eritema. Boshqalar: tez-tez emas – ko‘p terlash; kam – gipokaliyemiya.

Preparatning har qanday komponentiga o‘ta yuqori sezuvchanlik, arterial gipertenziya, yaqqol ateroskleroz (shu jumladan tserebral ateroskleroz), gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiya, taxiaritmiya, yurak ishemik kasalligi, yurak qorinchalar fibrillyatsiyasi, yurak bo‘lmachalari fibrillyatsiyasi, yurak qorinchalari aritmiyalari, 3-4 darajali surunkali yurak yetishmovchiligi, miokard infarkti, feoxromatsitoma, tireotoksikoz, qandli diabet, o‘tkir va surunkali arterial yetishmovchilik (shu jumladan anamnezida – arterial emboliya, ateroskleroz, Byurger kasalligi, diabetik endarteriit, Reyno kasalligi), gipovolemiya, metabolik atsidoz, giperkapniya, gipoksiya, o‘pka gipertenziyasi, noallergik genezli shok (shu jumladan, kardiogen, jarohat, gemorragik), sovuq oqibatidan jarohati, Parkinson kasalligi, bosh miyaning organik shikastlanishlari, yopiq burchakli glaukoma, tirishish sindromi, prostata bezi giperplaziyasi, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar (bevosita xayot uchun xavf soluvchi xolatlardan tashqari), homiladorlik, laktatsiya davri, umumiy anesteziya uchun ingalyatsion vositalarni (galotan) bir vaqtda qo‘llash, to‘qimalarni ishemik shikastlanishi xavfi sababli, qo‘l va oyoq barmoqlarini mahalliy anesteziyasi uchun epinefrin mahalliy anestetiklar bilan majmuada qo‘llanilmaydi. Shoshilinch holatlarda barcha qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar nisbiy hisoblanadi.

Epinefrinning antagonistlari α- va β-adreno retseptorlarining blokatorlaridir. β-adrenoblokatorlarni qabul qilayotgan afnafilaktik reaktsiyasi bo‘lgan patsiyentlarda epinefrin qo‘llanganda samarasi pasayadi. Bunday hollarda vena ichiga salbutamol qo‘llanadi. Boshqa adrenomimetiklar bilan birga qo‘llash epinefrinning samarasini kuchaytirishi mumkin. Narkotik analgetiklar va uxlatuvchi preparatlarning samarasini susaytiradi. Yurak glikozidlari, xinidin, tritsiklik antidepressantlar, dopamin, ingalyatsion narkoz uchun vositalar (enfluran, galotan, izofluran, metoksifluran), kokain bilan bir vaqtda qo‘llashda aritmiyalar rivojlanishi xavfi oshadi (birga juda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak yoki umuman qo‘llash mumkin emas); boshqa adrenomimetiklar bilan – yurak-qon tomir tizimi tomonidan nojo‘ya samaralar yaqqolligi kuchayadi; antigipertenziv vositalar bilan – ularning samaradorligi kamayadi. Diuretiklar bilan – epinefrinning pressor samarasi oshishi mumkin. Monoaminooksidazani ingibirlovchi preparatlar (prokarbazin, selegilin, shuningdek furazolidon) bilan birga qo‘llash, arterial bosimni to‘satdan va yaqqol oshishi, gipertonik xuruj, bosh og‘rig‘i, yurak aritmiyalari, qusishni chaqirishi mumkin; nitratlar bilan birga – ularning terapevtik ta’siri susayadi; fenoksibenzamin bilan birga – gipotenziv samara va taxikardiya kuchayadi; fenitoin bilan birga – arterial bosimni to‘satdan pasayishi va bradikardiyani (dozasi va yuborish tezligiga bog‘liq); qalqonsimon bez gormonlari preparatlari bilan birga (ta’sirni o‘zaro kuchayishi); QT-intervalni uzaytiruvchi preparatlar (shu jumladan, astemizol, tsizaprid, terfenadin) – QT-intervalni uzayadi; diatrizoatlar, yotalam yoki yoksagl kislotalari bilan birga – nevrologik samaralar kuchayadi, shoxkuya alkaloidlari bilan birga – vazokonstriktor samarasini kuchayishi (hatto yaqqol ishemiyagacha va gangrena rivojlangunigacha). Insulin va boshqa gipoglikemik dori vositalarining samarasini kamaytiradi.

Epinefrinni behosdan vena ichiga yuborish arterial bosimni haddan tashqari oshib ketishiga olib kelishi mumkin. Preparat yuborilganda arterial bosimni oshishi stenokardiya xurujlarini chaqirishi mumkin. Epinefrin buyrak kapillyarlari konstriktsiyasini chaqirishi mumkin, bu diurezni kamayishiga olib keladi. Infuziyani amalga oshirishda infuziya tezligini boshqarish maqsadida o‘lchov moslamasi bo‘lgan asbobdan foydalanish kerak. Infuziyani yirik (yaxshisi markaziy) venaga amalga oshirish kerak. Agar boshqa usullarni qo‘llash mumkin bo‘lmasa, yurak ichiga asistoliyada yuboriladi, chunki yurak tamponadasi va pnevmotoraks xavfi mavjud. Davolash davrida qon zardobida kaliy ionlari (K+) kontsentratsiyasini aniqlash, arterial bosimni o‘lchash, diurez, qon aylanishini minutlik xajmi, elektrokardiogramma, markaziy venoz bosimi, o‘pka arteriyasidagi bosim va o‘pka kapillyarlarida qon aylanmaydigan bosimni tekshirish tavsiya etiladi. Haddan tashqari yuqori dozalari miokard infarktida miokardni kislorodga bo‘lgan ehtiyojini oshirib, ishemiyani kuchaytirishi mumkin. Glikemiyani kuchaytiradi, shu sababli, qandli diabetda insulin va sulfonilmochevinaning yuqoriroq dozalari talab etiladi. Endotraxeal yuborilganda so‘rilishi va plazmada preparatning yakuniy kontsentratsiyasi o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin. Shok holatlarida epinefrinni yuborish qon , plazma, qon o‘rnini bosuvchi suyuqliklar va/yoki tuzli eritmalar quyishni o‘rnini bosmaydi. Epinefrinni uzoq muddat qo‘llash maqsadga muvofiq emas (nekroz yoki gangrena rivojlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan periferik tomirlarni toraytirishi mumkin). Homiladorlarda epinefrinni qo‘llash bo‘yicha qat’iy nazoratlangan tekshirishlar o‘tkazilmagan. Onalari homiladorlikning I uch oyligida yoki butun homiladorlik davrida epinefrinni qo‘llagan bolalarda rivojlanish nuqsoni va chov churrasi rivojlanishi o‘rtasida statistik o‘zaro bog‘liqlik aniqlangan, shuningdek onaga vena ichiga epinefrin yuborilgandan keyin homilada anoksiya paydo bo‘lishi haqida bir holat haqida xabar berilgan. Tug‘ruq vaqtida pasaygan arterial bosimni to‘g‘rilash uchun qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki tug‘ruqning ikkinchi bosqichini sekinlashtirishi mumkin; bachadon qisqarishini bo‘shashtirish uchun yuqori dozalarni yuborishda qon ketish bilan bachadonni uzoq muddatli atoniyasini chaqirishi mumkin. Bolalarda yurak to‘xtashida qo‘llash mumkin, lekin ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Davolashni to‘xtatishda dozani asta-sekin kamaytirish kerak, chunki davolashni to‘satdan bekor qilish arterial bosimni pasayishiga olib kelishi mumkin. Alkillovchi va oksidlovchi moddalar, shu jumladan xloridlar, bromidlar, nitritlar, temir tuzlari, peroksidlar tomonidan yengil parchalanadi. Agar eritma pushti yoki jigarrangga kirsa yoki cho‘kma paydo bo‘lsa, uni yuborish mumkin emas. Ishlatilmagan qismini yo‘q qilish kerak. Preparat qo‘llanganidan keyin shifokor patsiyentni transport vositasini boshqarish yoki diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab qiluvchi boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishga yo‘l qo‘yishni har bir holatda shaxsiy ravishda xal qilishi kerak. Homiladorlikda va laktatsiya davrida qo‘llanishi: “Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Simptomlari: arterial bosimni haddan tashqari oshishi, bradikardiya bilan almashinadigan taxikardiya, ritmni buzilishi (shu jumladan, yurak bo‘lmachalari va qorinchalari fibrillyatsiyasi), teri qoplamalarini sovushi va oqarishi, bosh og‘rig‘i, metabolik atsidoz, miokard infarkti, bosh miyaga qon quyilishi (ayniqsa keksa yoshli patsiyentlarda), o‘pka shishi, o‘lim. Davolash: yuborishni to‘xtatish, simptomatik davolash – arterial bosimni pasaytirish uchun – α-adrenoblokatorlar (fentolamin), aritmiyalarda – β-adrenoblokatorlar (propranolol) yuboriladi.

Retsept bo‘yicha

Inyektsiya uchun eritma 1 mg/ml 1 ml dan ampulada. 5 ampuladan kontur uyali o‘ramda. 1 yoki 2 kontur uyali o‘ramdan preparatni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi, pichoq yoki ampula skarifikatori bilan karton qutida. 20, 50 yoki 100 kontur uyali o‘ramdan muvofiq 20,50 yoki 100 preparatni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi, pichoq va ampula skarifikatori karton qutida yoki gofrirlangan karton yashikda (statsionar uchun). O‘yiqchasi, halqasi va sindirish nuqtasi bo‘lgan ampulali o‘ramda pichoq yoki ampula skarifikatori joylanmaydi.

3 yil.