Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Tarkibi:
Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: kabergolin 0,5 mg, 1 mg; yordamchi moddalar: L-leytsin, laktoza monogidrati.
Ta'sir etuvchi modda(XPN):
kabergolin
Preparatning savdo nomi:
Abineks0,5Abineks1
Farmakalogik guruhi:
laktatsiyani susaytirish vosita.
Dori shakli:
tabletkalar
laktatsiyani susaytirish vosita.
G02CB03
So‘rilishi Ichga qabul qilingandan keyin kabergolin me’da-ichak yo‘llari (MIY) dan tez so‘riladi.
Plazmada maksimal kontsentratsiyasiga – Smax 0,54 soatdan so‘ng erishiladi.
Ovqat qabul qilish faol moddani so‘rilishi va taqsimlanishiga ta’sir qilmaydi.
Taqsimlanishi Sss ga 4 hafta davolashdan keyin erishiladi.
Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 4142% ni tashkil qiladi.
Chiqarilishi Siydik bilan chiqariladi.
T1/2 sog‘lom ko‘ngillilarda 6368 soatni va giperprolaktinemiya bilan kasallanganlarda 79115 soatni tashkil qiladi.
tug‘ruqdan keyingi fiziologik laktatsiyani bartaraf qilish (faqat tibbiy ko‘rsatmalarga muvofiq);aniqlangan bor laktatsiyani susaytirish (faqat tibbiy ko‘rsatmalarga muvofiq);giperprolaktinemiya bilan bog‘liq buzilishlarni, shu jumladan amenoreya, oligomenoreya, anovulyatsiya va galaktoreya kabi funktsional buzilishlarni davolash;gipofizning prolaktin sekretsiyasini kuchaytiruvchi adenomasida (mikro va makroprolaktinomalar), idiopatik giperprolaktinemiyada yoki giperprolaktinemiya bilan birgalikdagi turk egarining “bo‘sh” sindromida qo‘llaniladi.
Abineks® ni ichga ovqat vaqtida qabul qilish maqsadga muvofiqdir.
Laktatsiyani bartaraf qilish uchun preparat tug‘ruqdan keyin birinchi kuni 1 mg (2 tabl.) dozada bir marta buyuriladi.
Aniqlangan laktatsiyani susaytirish uchun 2 kun davomida 0,25 mg (1/2 tabl.) dan sutkada 2 marta buyuriladi (umumiy doza 1 mg ga teng).
Giperprolaktinemiya bilan bog‘liq buzilishlarni davolash uchun preparat 0,5 mg dozada haftada 1 yoki 2 qabul qilish uchun (1/2 tabletkadan, masalan, dushanbada va payshanbada) buyuriladi.
Haftalik dozani asta-sekin optimal terapevtik samaraga erishilgunigacha 1 oylik interval bilan 0,5 mg ga oshirish kerak.
Giperprolaktinemiyasi bo‘lgan patsiyentlarda haftada 4,5 mg gacha bo‘lgan dozalar qo‘llaniladi.
Preparat haftada 1 mg va undan yuqori dozada buyurilganda preparatni qabul qilishni o‘zlashtirilishiga qarab, haftada 2 yoki undan ortiq qabulga taqsimlash kerak.
Arterial bosim (AB) ni pasayishi, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i, yurak urishini tezlashishi, epigastral sohada og‘riqlar, qabziyat, gastrit, uyquni buzilishi, burundan qon ketishi, tranzitor gemianopsiya (har bir ko‘zning yarim qismida ko‘rish maydonining nuqsoni), asteniya, yuzni qizish hissi, sut bezlarida og‘riq, depressiya, paresteziya, barmoq tomirlarini spazmi, oyoq mushaklarini tirishishlari, hushdan ketish kuzatilishi mumkin.
Ko‘rsatilgan simptomlar o‘rtacha namoyon bo‘ladi va o‘tkinchi xarakterga ega.
tug‘ruqdan keyingi arterial gipertenziyada;preeklampsiyada;homiladorlikda;kabergolin yoki preparatning boshqa komponentlariga, shuningdek shoxkuyaning har qanday alkaloidiga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Kabergolin va shoxkuya alkaloidlarining o‘zaro ta’siri haqida ma’lumotlar yo‘q; shunga qaramay, Abineks bilan uzoq muddatli davolash vaqtida ushbu dori vositalarini bir vaqtda qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Fenotiazin, butirofenon, tioksanten hosilalari, metoklopramid bilan vaqtda qo‘llaganda Abineksning samarasini pasayishi kuzatiladi.
Abineksni makrolidlar guruhi antibiotiklari bilan bir vaqtda qo‘llaganda nojo‘ya samaralarni rivojlanish havfi oshadi, chunki bu kabergolinning tizimli biokiraolishligini oshishiga olib keladi.
Dozalashning samarali tartibi tanlanganidan keyin qon zardobida prolaktin darajasini aniqlashni muntazam (1 oyda bir marta) o‘tkazish tavsiya qilinadi.
Prolaktin darajasini normallashuvi odatda 24 haftada kuzatiladi.
Abineks yuraktomir kasalliklari, Reyno sindromi, peptik yarasi yoki me’daichakdan qon ketishlari bo‘lgan patsiyentlarga, shuningdek anamnezida og‘ir ruhiy kasalliklari, ayniqsa psixozi bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Abineks gipotenziv ta’sir ko‘rsatuvchi preparatlar bilan davolash fonida ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Abineks bilan uzoq vaqt davolashda og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga ancha past dozalarda buyurish kerak.
Abineks bekor qilinganidan keyin odatda giperprolaktinemiyani qaytalanishi kuzatiladi.
Biroq qator patsiyentlarda bir necha oy davomida prolaktin darajasining o‘zgarmas (persistentsiya) supressiyasi kuzatiladi.
Ko‘pchilik ayollarda Abineks bekor qilinganidan keyin 6 oydan kam bo‘lmagan vaqt davomida ovulyator tsikllar qayd etiladi.
Aniqlangan bor laktatsiyani to‘xtatish uchun yo‘naltirilgan davolash o‘tkazilayotgan emizikli ayollarda ortostatik gipotenziyani yuz berishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun, Abineksning 0,25 mg ga teng bir martalik dozasini oshirish mumkin emas.
Abineks bilan davolashni boshlashdan oldin gipofiz faoliyatini to‘liq tekshruvini o‘tkazish buyuriladi.
Abineks giperprolaktinemik gipogonadizmi bo‘lgan ayollarda ovulyatsiyani va fertillikni tiklaydi.
Homiladorlik hayz ko‘rish vaqtigacha yuz berishi mumkinligi sababli, amenoreya davrida 4 hafta davomida kamida 1 marta, hayz ko‘rish tiklanganidan keyin esa hayz ko‘rish vaqtining 3 kundan kechikishi kuzatilsa, homiladorlikka test o‘tkazish tavsiya qilinadi.
Abineks bilan davolash davrida, shuningdek Abineks bekor qilingandan keyin va anovulyatsiya qaytgunigacha homiladorlikdan saqlanishni xohlagan ayollar kontratseptsiyaning gormonal bo‘lmagan usullarini qo‘llashlari kerak.
Homilador ayollar gipofizning kattalashish simptomlarini o‘z vaqtida aniqlash yuzasidan shifokor kuzatuvida ostida bo‘lishlari kerak, chunki homiladorlik davrida gipofizning yuzaga kelib bo‘lgan o‘smasining o‘lchamlari kattalashishi mumkin.
Preparatni qabul qilish bilan nojo‘ya samaralar dozaga bog‘liqlik xarakteriga ega.
Agar Abineks bilan davolashni ancha kam dozalardan (masalan, 0,25 mg dan haftada 1 marta) boshlab keyinchalik terapevtik doza darajasiga erishilgunigacha asta sekin oshirilsa, nojo‘ya samaralar rivojlanish ehtimolini kamaytirish mumkin.
Agar o‘zgarmas (persistentsiyaga ega) yoki og‘ir nojo‘ya samaralar yuz bersa, dozani vaqtinchalik kamaytirish va keyin esa asta sekin oshirish (masalan, har 2 haftada haftasiga 0,25 mg ga) preparatni yanada yaxshi o‘zlashtirilishiga yordam beradi.
Abineks bilan uzoq vaqt davolashda standart laborator testlar ko‘rsatkichlarining normasidan farq qilishi xarakterli emas; amenoreyasi bo‘lgan ayollarda hayz ko‘rish tiklanganidan keyin dastlabki bir necha oy davomida gemoglobin darajasini pasayishi kuzatilgan.
Homiladorlik va laktatsiya davri Abineks bilan davolash to‘xtatilgandan so‘ng 1 oydan kam bo‘lmagan vaqt davomida homiladorlikdan saqlanish kerak, chunki u uzoq muddatli yarim chiqarilish davri bilan xarakterlanadi.
Garchi giperprolaktinemiya bilan bog‘lik kasalliklarda Abineks 0,52 mg dan qo‘llanilishi bola tashlash, muddatidan oldin tug‘ish, homiladorlikning turli anomaliyalari va homila rivojlanishida tug‘ma nuqsonlarning yuqori havfi bilan kechmasada, preparatni homilaga ta’siri haqidagi ma’lumotlar juda cheklangan.
Pediatriyada qo‘llanilishi 16 yoshgacha bo‘lgan patsiyentlarda Abineksning havfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Abineks bilan davolanish vaqtida, ayniqsa Parkinson kasalligi bo‘lgan patsiyentlarda, uyquchanlik va to‘satdan uyquga ketish epizodlari yuz beradi.
Patsiyentlar bunday samaralar haqida ogohlantirilgan bo‘lishlari kerak va davolanish davrida ularga transport vositalarini yoki mexanizmlarni boshqarishda alohida e’tibor qaratishlari tavsiya qilinadi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng qo‘llash mumkin emas.
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda, quruq va yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.
Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, dispeptik buzilishlar, ortostatik gipotenziya, ongni chalkashishi/psixoz yoki gallyutsinatsiya bo‘lishi mumkin.
Davolash: so‘rilmagan preparatni chiqarilishiga (me’dani yuvish) va AB ni tutib turishga yo‘naltirilgan muolajalarni o‘tkazish kerak.
Dopamin antagonistlarini buyurish tavsiya qilinadi.
Retsept bo‘yicha beriladi
4, 8 yoki 20 tabletkadan shisha flakonda.
1 shisha flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.