Qandli diabet

retsept bilan
YANUVIYA

Ta'sir etuvchi modda(XPN): sitagliptin
Farmakalogik guruhi: gipoglikemik vosita – dipeptidilpeptidaza 4 ingibitori.

BATAFSIL
retsept bilan
YANUMЕT

Ta'sir etuvchi modda(XPN): sitagliptin + metformin.
Farmakalogik guruhi: peroral qo‘llash uchun qonda glyukoza darajasini kamaytiruvchi dori vositalari majmuasi.

BATAFSIL
retsept bilan
Insukomb

Ta'sir etuvchi modda(XPN): metformin + glibenklamid
Farmakalogik guruhi: Qandli diabetga qarshi vosita (peroral). Metformin sulfonilmochevina hosilalari bilan majmuada.

BATAFSIL
retsept bilan
Insulatard Penfill

Ta'sir etuvchi modda(XPN): odam insulini
Farmakalogik guruhi: Insulin preparati. O‘rtacha ta’sirli insulinlar va analoglari.

BATAFSIL
retsept bilan
Insuprid

Ta'sir etuvchi modda(XPN): glimepirid
Farmakalogik guruhi: Peroral qo‘llanadigan gipoglikemik vositalar, insulindan tashqari: sulfonilmochevina hosilalari.

BATAFSIL
retsept bilan
Tresiba FleksTach

Ta'sir etuvchi modda(XPN): insulin degludek
Farmakalogik guruhi: qandli diabetni davolash uchun vositalar. Uzoq muddatli ta’sir etuvchi insulinlar va ularning analoglari.
Ishlab chiqaruvchi: Preparatni qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar Oldindan to‘ldirilgan shprits-ruchka (FleksTach®) uzunligi 8 mm gacha bo‘lgan NovoFayn® yoki NovoTvist® inyektsiya ignalari bilan foydalanish uchun ishlab chiqilgan. U 1 TB qadam bilan 1 dan 80 TB gacha dozalarni yuborishga imkon beradi. Oldindan to‘ldirilgan shprits-ruchkaga qo‘llash bo‘yicha batafsil yo‘riqnomasi ilova qilinishi kerak. Oldindan to‘ldirilgan shprits-ruchka (FleksTach®) faqat individual foydalanish uchun mo‘ljallangan. Oldindan to‘ldirilgan shprits-ruchkani takroriy to‘ldirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Agar eritma tiniqligi va rangsizligini yo‘qotsa, Tresiba® preparatini qo‘llash mumkin emas. Agar Tresiba® preparati muzlatilgan bo‘lsa, uni qo‘llash mumkin emas. Har bir inyektsiyadan keyin ignani tashlab yuboring. Ishlatilgan tibbiy materiallarni utilizatsiya qilishga oid mahalliy talablarga rioya qiling. Shprits-ruchkadan foydalanish bo‘yicha to‘liq ko‘rsatmalar yuzasidan preparatni qo‘llash bo‘yicha patsiyentlar uchun yo‘riqnomaga qarang. Teri ostiga yuborish uchun oldindan shprits-ruchkaga (FleksTach®) to‘ldirilgan Tresiba®100 TB/ml eritmasi preparatini qo‘llash bo‘yicha patsiyentlar uchun YO‘RIQNOMA Oldindan to‘ldirilgan FleksTach® shprits-ruchkasini qo‘llashdan avval mazkur yo‘riqnomani diqqat bilan o‘qib chiqing. Agar Siz yo‘riqnoma ko‘rsatmalariga rioya qilmasangiz, Siz insulinning yetarli bo‘lmagan yoki haddan tashqari yuqori dozasini yuborishingiz mumkin, bu esa qonda glyukozaning haddan tashqari yuqori yoki haddan tashqari past kontsentratsiyasiga olib kelishi mumkin. Shprits-ruchkani Siz undan shifokor yoki hamshira rahbarligi ostida foydalanishni o‘rganib olganingizdan keyingina ishlating. Shprits-ruchka etiketkasida u Tresiba® 100 TB/ml preparatini saqlayotganiga ishonch hosil qilish uchun markirovkani tekshiring, so‘ngra quyida taqdim etilgan, shprits-ruchka va ignaning turli detallari ko‘rsatilgan illyustratsiyalarni diqqat bilan o‘rganing. Agar Sizning ko‘zingiz yaxshi ko‘rmasa yoki Sizda ko‘rish bilan bog‘liq jiddiy muammolar bo‘lsa va Siz doza hisoblagichidagi raqamlarni farqlay olmasangiz, shprits-ruchkadan o‘zgalar yordamisiz foydalanmang. Sizga ko‘rish qobiliyati buzilmagan, oldindan to‘ldirilgan FleksTach® shprits-ruchkadan to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatilgan odam yordam berishi mumkin. Tresiba®FleksTach® – oldindan to‘ldirilgan, 300 TB insulin degludekni saqlaydigan shprits-ruchka. Siz o‘rnatishingiz mumkin bo‘lgan maksimal doza, 1 TB qadam bilan 80 TBni tashkil etadi. Tresiba® FleksTach® shprits-ruchkasi bir marta ishlatiladigan, uzunligi 8 mm bo‘lgan NovoFayn® yoki NovoTvist® ignalari bilan ishlatish uchun ishlab chiqilgan. Ignalar o‘ramga kirmaydi. Muhim ma’lumot Bunday belgilar bilan qayd etilgan ma’lumotga e’tibor qarating, bu shprits-ruchkadan to‘g‘ri foydalanishda muhim ahamiyatga ega. Tresiba® FleksTach® 100 TB/ml va igna (misol) Shprits- ruchka qalpoqchasi Ignaning tashqi qalpoqchasi Ignaning ichki qalpoqchasi Igna Himoya etiketkasi Igla Zaщitnaya nakleyka Dozalar hisoblagichi Doza ko‘rsatkichi Doza selektori Ishga tushirish tugmasi Shprits-ruchka etiketkasi Insulin qoldig‘i shkalasi Insulin qoldig‘i shkalasi darchasi Shprits-ruchkani tayyorlash Shprits-ruchkada Tresiba®100 TB/ml preparati mavjudligiga ishonch hosil qilish uchun shprits-ruchka etiketkasida preparat nomi va dozasini tekshiring. Agar Siz turli tipdagi insulin preparatlarini qo‘llayotgan bo‘lsangiz, bu ayniqsa muhimdir. Agar Siz yanglishib insulinning boshqa turini yuborsangiz, qonda glyukoza kontsentratsiyasi haddan tashqari yuqori yoki haddan tashqari past bo‘lishi mumkin. Shprits-ruchkadan qalpoqchani yechib oling Shprits-ruchkada insulin eritmasi tiniq va rangsiz ekanligiga ishonch hosil qiling. Shkala darchasida insulin qoldig‘iga qarang. Agar insulin eritmasi xira bo‘lsa, shprits-ruchkadan foydalanish mumkin emas. Yangi bir marta foydalaniladigan ignani oling va himoya yorlig‘ini olib tashlang. Ignani shprits-ruchkaga o‘rnating va igna shprits-ruchkada zich o‘rnashishi uchun uni aylantiring. Ignaning tashqi qalpoqchasini olib qo‘ying, ammo uni tashlab yubormang. U Sizga inyektsiya yakunlanganidan keyin ignani shprits-ruchkadan xavfsiz yechib olish uchun kerak bo‘ladi. Ignaning ichki qalpoqchasini olib qo‘ying va tashlab yuboring. Agar Siz ichki qalpoqchani ignaga kiydirishga urinsangiz, Siz tasodifan ignani sanchib olishingiz mumkin. Igna uchida insulin tomchisi paydo bo‘lishi mumkin. Bu normal holat bo‘lsa-da, biroq Siz baribir insulinni kelishini tekshirib ko‘rishingiz kerak. Har bir inyektsiya uchun yangi ignadan foydalaning. Bu zararlanish, infektsiya yuqtirish, insulinni oqib ketishi, ignalarning bekilib qolishi va preparatning noto‘g‘ri dozasi yuborilishi xavfini kamaytiradi. Agar igna bukilgan yoki shikastlangan bo‘lsa, undan hech qachon foydalanmang. 2 Insulin kelishini tekshirish Har bir inyektsiya oldidan insulin kelishini tekshiring. Shu tarzda Siz insulin dozasi to‘liq yuborilganligiga ishonch hosil qilishingiz mumkin. Doza selektorini aylantirgan holda preparatning 2 birligini tanlang. Doza hisoblagichi “2” ni ko‘rsatayotganiga ishonch hosil qiling. 2 ta birlik tanlangan Shprits-ruchkani ignasi yuqoriga qaratilgan holda ushlab turib, havo pufakchalari yuqoriga qarab ketishi uchun shprits-ruchkaning yuqori qismiga barmoq uchi bilan bir necha bor yengilgina cherting. Ishga tushirish tugmasini bosing va uni doza hisoblagichi nolga qaytmagunicha ushbu holatda ushlab turing. “0” doza ko‘rsatkichi qarshisida bo‘lishi kerak. Ignaning uchida insulin tomchisi paydo bo‘lishi kerak. Ignaning uchida havoning kichik pufakchasi qolishi mumkin, ammo u inyektsiyada yuborilmaydi. Agar igna uchida insulin tomchisi paydo bo‘lmasa, 2A – 2C amaliyotlarini takrorlang, ammo 6 martadan ortiq emas. Agar insulin tomchisi shunda ham paydo bo‘lmasa, ignani almashtiring va yana bir bor 2A – 2C amaliyotlarini takrorlang. Agar igna uchida insulin tomchisi shunda ham paydo bo‘lmasa, ushbu shprits-ruchkadan foydalanmang. Yangi shprits-ruchkadan foydalaning. Har bir inyektsiya oldidan igna uchida insulin tomchisi paydo bo‘lganligiga ishonch hosil qiling. Bu insulin kelishini kafolatlaydi. Agar insulin tomchisi paydo bo‘lmasa, garchi doza hisoblagichi aylansa ham, doza yuborilmaydi. Bu igna yo‘li berkilib qolganligi yoki shikastlanganligidan dalolat berishi mumkin. Har bir inyektsiya oldidan insulin kelishini tekshiring. Agar Siz insulin kelishini tekshirmasangiz, Siz insulinning yetarli bo‘lmagan dozasini yuborishingiz yoki uni umuman yubormasligingiz mumkin, bu qonda glyukozaning haddan tashqari yuqori kontsentratsiyasiga olib kelishi mumkin. 3 Dozani belgilash Inyektsiya boshlanishidan oldin doza hisoblagichi “0” holatiga o‘rnatilganligiga ishonch hosil qiling. “0” doza ko‘rsatkichi qarshisida turishi kerak. Shifokor yoki hamshira tavsiya qilganidek doza selektorini aylantirgan holda Sizga zarur bo‘lgan dozani o‘rnating. Agar Siz noto‘g‘ri dozani o‘rnatgan bo‘lsangiz, to‘g‘ri dozani o‘rnatmaguncha Siz doza selektorini oldinga yoki orqaga aylantirishingiz mumkin. Siz o‘rnatishingiz mumkin bo‘lgan maksimal doza 80 birlikni tashkil etadi. 5 ta birlik tanlangan 24 ta birlik tanlangan Misollar Doza selektori birliklar sonini o‘rnatadi. Faqat doza hisoblagichi va doza selektori tanlangan dozada insulin birliklari sonini ko‘rsatadi. Siz o‘rnatishingiz mumkin bo‘lgan maksimal doza 80 birlikni tashkil etadi. Agar shprits-ruchkada insulin qoldig‘i 80 birlikdan kam bo‘lsa, doza hisoblagichi shprits-ruchkada qolgan insulin birliklari sonida to‘xtaydi. Doza selektorini har bir aylantirishda shiqirlatmalar eshitiladi, shiqirlatmalarning ovozi doza selektori qaysi tomonga aylanishiga (oldinga, orqaga yoki tanlangan doza shprits-ruchkada qolgan insulin birliklari sonidan oshishiga) bog‘liq. Ushbu shiqirlatmalarni hisoblamang. Har bir inyektsiya oldidan doza hisoblagichi va doza ko‘rsatkichi bo‘yicha Siz qancha insulin birliklari sonini tanlaganligizni tekshiring. Shprits-ruchka shiqirlatmalarini hisoblamang. Agar Siz noto‘g‘ri dozani o‘rnatsangiz va yuborsangiz, qonda glyukoza kontsentratsiyasi haddan tashqari yuqori yoki haddan tashqari past bo‘lishi mumkin. Insulin qoldig‘i shkalasi shprits-ruchkada qolgan insulinning taxminiy miqdorini ko‘rsatadi, shuning uchun undan insulin dozasini o‘lchash uchun foydalanish mumkin emas. 4 Insulinni yuborish Shifokor yoki hamshira tavsiya qilgan inyektsiya texnikasidan foydalangan holda ignani teri ostiga kiriting. Doza hisoblagichi Sizning ko‘rish doirangizda ekanligiga ishonch hosil qiling. Doza hisoblagichiga barmoqlar bilan teginmang – bu inyektsiyani to‘xtatib qo‘yishi mumkin. Ishga tushirish tugmasini oxirigacha bosing va uni ushbu holatda doza hisoblagichi “0” ni ko‘rsatmagunicha ushlab turing. “0” doza ko‘rsatkichi qarshisida aniq bo‘lishi kerak. Bunda Siz shiqirlatmani eshitishingiz yoki his qilishingiz mumkin. Inyektsiyadan keyin ignani teri ostida kamida 6 sekund qoldiring. Bu insulinning to‘liq dozasi yuborilishini ta’minlaydi. 6 sekund Shprits-ruchkani yuqoriga tortgan holda ignani teri ostidan chiqarib oling. Agar inyektsiya joyida qon paydo bo‘lsa, igna kirgan joyga paxtali tamponni yengil bosib qo‘ying. Igna kirgan joyni uqalamang. Inyektsiya yakunlanganidan keyin Siz igna uchida insulin tomchisini ko‘rishingiz mumkin. Bu normal holat bo‘lib, Siz yuborgan preparat dozasiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Siz qancha insulin birliklari miqdorini yuborganingizni bilishingiz uchun doimo doza hisoblagichi ko‘rsatmalarini tekshirib turing. Doza hisoblagichi birliklarning aniq miqdorini ko‘rsatadi. Shiqirlatmalar sonini hisoblamang. Doza hisoblagichi “0” ni ko‘rsatmagunicha ishga tushirish tugmasini ushlab turing. Agar doza hisoblagichi “0” ni ko‘rsatishiga qadar to‘xtab qolsa, insulinning to‘liq dozasi yuborilmagan bo‘ladi, bu qonda glyukozaning haddan tashqari yuqori kontsentratsiyasiga olib kelishi mumkin. 5 Inyektsiya yakunlanganidan keyin Ignaning tashqi qalpoqchasini tekis yuzaga qo‘yib, qalpoqchaga yoki igna tig‘iga teginmagan holda igna uchini qalpoqchaning ichiga kiriting. Igna qalpoqchaga kirganida, qalpoqchani igna ustiga ehtiyotkorlik bilan o‘rnating. Ignani burab chiqarib oling va uni ehtiyot choralariga rioya qilgan holda tashlab yuboring. Har bir inyektsiyadan keyin shprits-ruchkaga unda saqlanayotgan insulinni yorug‘lik ta’siridan himoya qilish uchun qalpoqchani o‘rnating. Zararlanish, infektsiya tushishi, insulin oqib ketishi, igna yo‘lini berkilib qolishi va preparatning noto‘g‘ri dozasi yuborilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun, har bir inyektsiyadan keyin ignani tashlab yuboring. Agar igna yo‘li berkilib qolsa, Siz o‘zingizga insulinni yubora olmaysiz. Ishlatilgan shprits-ruchkani ignasi chiqarilgan holda Sizning shifokoringiz, hamshira, farmatsevt tomonidan berilgan tavsiyalarga yoki mahalliy talablarga muvofiq tashlab yuboring. Igna bilan tasodifiy sanchilishlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun ignaga ichki qalpoqchani o‘rnatishga hech qachon urinmang. Har bir inyektsiyadan keyin shprits-ruchkadan ignani chiqarib tashlang va shprits-ruchkani igna chiqarilgan holda saqlang. Bu zararlanish, infektsiya tushishi, insulin oqib ketishi, igna yo‘lini berkilib qolishi va preparatning noto‘g‘ri dozasi yuborilishiga yo‘l qo‘ymaslik imkonini beradi. 6 Qancha insulin qolgan? Insulin qoldig‘i shkalasi shprits-ruchkada qolgan insulinning taxminiy miqdorini ko‘rsatadi. Qoldiq insulinning taxminiy miqdori Sizning shprits-ruchkangizda qancha insulin qolganini bilish uchun doza hisoblagichidan foydalaning. Doza hisoblagichi to‘xtamagunicha doza selektorini aylantiring. Agar doza hisoblagichi 80 raqamini ko‘rsatsa, bu Sizning shprits-ruchkangizda insulinning eng kamida 80 ta birligi qolganini bildiradi. Agar doza hisoblagichi 80 dan kamni ko‘rsatsa, bu Sizning shprits-ruchkangizda insulinning aynan doza hisoblagichida aks etgan birliklar miqdori qolganini bildiradi. Misol Doza hisoblagichi to‘xtab qoldi: 52 ta birlik qoldi. Doza selektorini teskari yo‘nalishda, doza hisoblagichi “0” ni ko‘rsatmaguniga qadar aylantiring. Agar shprits-ruchkada qolgan insulin to‘liq dozani yuborish uchun yetarli bo‘lmasa, Siz zarur dozani ikkita shprits-ruchka yordamida ikkita inyektsiya bilan yuborishingiz mumkin. Insulinning Sizga zarur bo‘lgan dozasi qoldig‘ini hisoblashda juda sinchkov bo‘ling. Agar Sizda shubha paydo bo‘lsa, eng yaxshisi yangi shprits-ruchka yordamida insulinning to‘liq dozasini o‘zingizga yuboring. Agar Siz hisob-kitoblarda xato qilsangiz, Siz insulinning yetarli bo‘lmagan dozasini yoki haddan tashqari yuqori dozasini yuborishingiz mumkin. Bu qonda glyukoza kontsentratsiyasi haddan tashqari yuqori yoki haddan tashqari past bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Muhim ma’lumot Har doim shprits-ruchkani o‘zingiz bilan olib yuring. Har doim o‘zingiz bilan zahira shprits-ruchkani va yangi ignalarni ular yo‘qolib qolishi yoki shikastlanishi holati uchun olib yuring. Shprits-ruchka va ignalarni hamma va, ayniqsa, bolalar ololmaydigan joyda saqlang. O‘z shprits-ruchkangizni va ignalarni boshqa shaxslarga hech qachon bermang. Bu kesishgan infektsiyalanishga olib kelishi mumkin. O‘z shprits-ruchkangizni va ignalarni boshqa shaxslarga hech qachon bermang. Bu ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazishi mumkin. Bemorni parvarish qilayotgan shaxslar foydalanilgan ignalarga nisbatan alohida ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishlari kerak. Bu tasodifiy sanchib olish va kesishgan infektsiyalanish xavfini kamaytiradi. Shprits-ruchkadan foydalanishga e’tibor Shprits-ruchkadan foydalanishga ehtiyotkorlik bilan e’tibor qarating. E’tiborsizlik bilan yoki noto‘g‘ri foydalanish noto‘g‘ri dozalash sababi bo‘lishi, bu esa qonda glyukoza kontsentratsiyasi haddan tashqari yuqori yoki haddan tashqari past bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Shprits-ruchkani avtomobilda yoki haddan tashqari yuqori yoki haddan tashqari past haroratlar ta’siriga uchrashi mumkin bo‘lgan har qanday joyda qoldirmang. Shprits-ruchkani unga chang, ifloslanishlar va barcha turdagi suyuqliklar tushishidan saqlang. Shprits-ruchkani yuvmang, uni suyuqlikka tushirmang va moylamang. Zarurat bo‘lganida, shprits-ruchkani yumshoq yuvish vositasi bilan ho‘llangan nam mato bilan tozalash mumkin. Shprits-ruchkani qattiq yuzaga tushirib yuborish yoki urib olish mumkin emas. Agar Siz shprits-ruchkani tushirib yuborgan bo‘lsangiz yoki uning ishlashiga shubha qilsangiz, yangi ignani qo‘ying va inyektsiya qilishdan oldin insulin kelishini tekshiring. Shprits-ruchkani takroriy to‘ldirilishiga yo‘l qo‘ymang. Bo‘shagan shprits-ruchkani tashlab yuborish zarur. Shprits-ruchkani mustaqil tuzatishga yoki uni qismlarga ajratishga urinmang.

BATAFSIL