Xaykinazol rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 g balzam quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: ketokonazol – 15mg, klobetazol propionati – 0,25mg. yordamchi moddalar: spirt, dodetsilsulfat natriy, ikki natriyli edetat, kokos moyi kislotalarining dietanolamidlari, polioksietilen yog‘li spirtlar efiri bilan ammoniy sulfati, distearat etilenglikoli, ammoniy va akrilamid xlorid dimetil sopolimer, limon kislotasi, guaro smola kationi, germal plyus, emulsiyalangan kremniy moyi, mentol, Y-eozin, tozalangan suv.

Preparatning savdo nomi:

Xaykinazol

Farmakalogik guruhi:

kortikosteroidlar antibiotiklar bilan majmuada

Dori shakli:

sirtga qo‘llash uchun balzam

pushti rangdan to‘q sariq ranggacha bo‘lgan quyuq suyuqlik.

kortikosteroidlar antibiotiklar bilan majmuada

D07C.

Sirtga qo‘llanganida ketokonazol ahamiyatsiz darajada tizimli so‘rilishga uchraydi. Xatto uzoq vaqt qo‘llanganida ham ketokonazol qonda aniqlanmaydi. Klobetazol propionatini plazma oqsillari bilan bog‘lanish qobiliyati gidrokortizonga nisbatan kamroq, lekin T1/2 yuqori. Asosan jigarda, qolgan qismi – buyraklarda metabolizmga uchraydi. Siydik bilan chiqariladi.

Pityrosporum oval zamburug‘lari chaqirgan bosh terisini seboreyali dermatiti va qazg‘oqni davolash uchun qo‘llanadi. Bosh terisini yuqorida ko‘rsatilgan omillar chaqirgan qipiqlanishi va qichishini tez yengillashtiradi.

Faqat sirtga qo‘llash uchun mo‘ljallangan! Oldindan namlangan boshning soch qismiga taxminan 5 ml balzam surtiladi, yengil uqalanib, balzamni bosh terisiga yaxshilab taqsimlanadi. 3-5 minutdan keyin suv bilan yaxshilab yuvib tashlanadi. Davolash maqsadida “Xaykinazol” balzamini xaftada 2 marta 2-4 xafta davomida qo‘llash kerak; davolashda tanafusga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Profilaktika maqsadida balzamni xaftada 1 marta yoki 2 xaftada 1 marta qo‘llash kerak.

Allergik reaktsiyalar va terini ta’sirlanishlari aniqlanmagan.

– preparatga o‘tayuqori sezuvchanlik – 12 yoshdan kichik bolalar – homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas

Aniqlanmagan.

Ko‘zga tushishidan saqlanish kerak. Dori vositasini avtotransportni va potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Aniqlanmagan. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

+25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Preparat mahalliy qo‘llanganida uning so‘rilishi tizimli samaralarni rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Davolash simptomatik.

Retseptsiz Ulashish: 24 305 Views

50 ml dan tubalarda, qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida. 5 ml dan paketlarda, qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida №50.

3 yil.