Terfalin rasmini ko'rish

Tarkibi:

Faol modda: Terbinafin gidroxlorid – 0,30 g. Yordamchi moddalar: 96% etil spirti, tsetomakrogol 1000, propilenglikol, tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Terbinafin gidroxloridi

Preparatning savdo nomi:

Terfalin

Farmakalogik guruhi:

Zamburug‘larga qarshi vosita.

Dori shakli:

Sirtga qo‘llash uchun sprey.

Rangsiz, tiniq suyuqlik.

Zamburug‘larga qarshi vosita.

D01AЕ15

Mahalliy qo‘llanganda so‘rilishi 5% dan kamni tashkil qiladi, yaqqol namoyon bo‘lmagan tizimli ta’sir ko‘rsatadi.

Sezgir qo‘zg‘atuvchilar tomonidan chaqirilgan (trixofitiya, mikrosporiya, epidermofitiya, rubrofitiya, teri va shilliq qavatini kandidozi) teri va tirnoqlarning zamburug‘li kasalliklarida (onixomikozdan tashqari), rang-barang temiratkida (faqat mahalliy qo‘llanishga mo‘ljallangan dori vositalar) qo‘llaniladi.

Kattalarga terfalin sprey kuniga ko‘rsatmalarga qarab, 1 yoki 2 marta qo‘llash mumkin. Preparatni qo‘llashdan oldin zararlangan sohalarni yaxshilab tozalab quritish kerak. Preparatni zararlangan sohalarga yaxshilab namlangunicha sepiladi va undan tashqari zararlangan sohalarning atrofiga, xamda intakt teriga sepiladi. Davolashning o‘rtacha davomiyligi va preparatni ishlatishlar soni: tana, boldir dermatomikozi: sutkada 1 marta 1 haftani tashkil qiladi;oyoq panjasi dermatomikozida: sutkada 1 marta1 haftani tashkil qiladi;oyoq panjasi zamburug‘i tomonidan chaqirilgan terini yo‘g‘onlashuvida, yorilganda, teri qichishishi va qipiqlanishida: 2 hafta davomida sutkada 1-2 marta buyuriladi;rang-barang temiratkida: 1-2 hafta davomida sutkada 1-2 marta buyuriladi;teri kandidozida: 1-2 hafta davomida sutkada 1-2 marta buyuriladi. Odatda klinik ko‘rinishlarning yaqqolligini kamayishi davolanishning birinchi kunlaridayoq aniqlanadi. Agar davolanish nomuntazam yoki oldindan to‘xtatilsa, infektsiyani qayta boshlanish xavfi mavjud. Davolanishni bir-ikki haftasidan keyin yaxshilanish belgilari kuzatilmasa, tashxisni qayta ko‘rib chiqish lozim. Keksa yoshdagi shaxslarda dozalash tartibiga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.

Preparatni sepilgan sohalarda qizarish, qichishish yoqi achishish xissi paydo bo‘lishi mumkin. Allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.

Preparatning komponentlariga o‘tkir sezuvchanlikda qo‘llanilmaydi.

Sprey uchun boshqa dorilar bilan o‘zaro ta’siri noma’lum.

Preparatni sprey ko‘rinishida faqat sirtga qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Spreyni terining shikastlangan sohalariga sepishda ehtiyorkorlikka rioya qilish lozim, chunki spirt ta’sirlanish chaqirish mumkin. Preparatni ko‘zga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, chunki u ta’sirlanish chaqirishi mumkin. Preparat ko‘zga tasodifan tushganida, uni darxol oqar suv bilan yuvish kerak, turg‘un ta’sirlanish xollarida shifokor bilan maslaxatlashish kerak. Agar preparat tasodifan nafas yo‘llariga tushib qolsa va shu tariqa qandaydir simptomlar kuzatilsa va ayniqsa bu simptomlar turg‘un saqlanib tursa, shifokor bilan maslaxatlashish kerak. Allergik reaktsiyalar rivojlanganida preparatni bekor qilish lozim. Xomiladorlikda preparatni sirtga qo‘llash uchun klinik qo‘llash tajribasi cheklangan, shuning uchun preparatni faqat jiddiy ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llash mumkin. Terbinafin ko‘krak suti bilan chiqariladi. Ammo emizikli onalarda preparatni qo‘llanilganda go‘dakka qandaydir salbiy ta’sir extimoli kam, chunki terbinafinni sirtga qo‘llanganda teri orqali tizimli so‘rilishi unchalik katta emas. Eksperimental tadqiqotlarda terbinafinning teratogen xususiyatlari aniqlanmagan. Bugungi kungacha preparatni sprey ko‘rinishida qo‘llanganda qandaydir rivojlanish nuqsonlari xaqida ma’lum qilinmagan. Spreyni bolalarda qo‘llash tajribasi cheklangan, shu sababli uni bolalarda qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Dozani oshirib yuborilishi spreyni tasodifan ichga qabul qilinganda kuzatilishi mumkin. Simtomlari: bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, epigastral soxada og‘riq va bosh aylanishi. Davolash: simptomatik davolash o‘tkaziladi.

Retseptsiz

“Terfalin”, sirtga qo‘llash uchun sprey 1%, 30 g flakonlarda.

2 yil.