Nojo‘ya reaktsiyalar odatda kuchsiz va yengil bo‘lib va o‘tkinchi xarakterga ega.
Qon va limfa tizimi tomonidan: neytropeniya, agranulotsitoz, trombotsitopeniya, anemiya, pantsitopeniya.
Immun tizimi tomonidan: anafilaktoid reaktsiyalar (shu jumladan Kvinke shishi), teri va tizimli qizil yugurigi, anafilaktik reaktsiya, zardob kasalligi simptomlariga o‘xshash reaktsiyalar, o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari.
Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan buzilishlar: ishtahani pasayishi.
Ruhiyat tomonidan buzilishlar: ta’mni buzilishi natijasidagi havotirlik va depressiv simptomlar.
Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i; paresteziya, gipesteziya, bosh aylanishi; anosmiya, shu jumladan, doimiy anosmiya, giposmiya; ta’m sezishni buzilishi, shu jumladan ta’m sezishni yo‘qolishi, odatda , u dori vositasini qabul qabul qilishni to‘xtatgandan so‘ng, bir necha haftadan keyin tiklanadi.
Juda kam hollarda ta’m sezishni uzoq muddatga buzilishi aniqlangan, bu ba’zi hollarda ovqatni qabul qilishni kamayishi va tana vaznini ahamiyatli darajada pasayishiga olib keladi.
Ko‘rish a’zolari tomonidan: ko‘rishni xiralashishi, ko‘rish o‘tkirligini pasayishi.
Eshitish va muvozanat a’zolari tomonidan: vertimo, karlik, eshitishni buzilishi, quloqlarda shovqin.
Qon-tomirlar tomonidan: vaskulit.
Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: me’da-ichak simptomlari (me’dada to‘lib ketish hissi, dispepsiya, ko‘ngil aynishi, qorin sohasida og‘riq, diareya); pankreatit.
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan: jigar funktsiyasining jiddiy buzilishlari, shu jumladan jigar yetishmovchiligi, jigar fermentlarining darajasini oshishi, sariqlik, xolestaz va gepatit.
Agar jigar funktsiyasining buzilishlari rivojlansa, Terbipro dori vositasi bilan davolashni to‘xtatish lozim.
Juda kam hollarda jiddiy jigar yetishmovchiligi holatlari (ayrim hollarda o‘lim bilan yakunlangan yoki jigarni ko‘chirib o‘tkazishni talab etadigan holatlar) xaqida xabarlar tushgan.
Jigar yetishmovchiligining ko‘pgina hollarida patsiyentlarda asosan jiddiy, tizimli kasalliklari bo‘lgan, terbinafinni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan sabab-oqibati gumonli bo‘lgan.
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan: terining og‘ir bo‘lmagan shakldagi reaktsiyalari (toshma, eshakemi); eozinofiliya va tizimli simptomlar bilan birga toshmalar, eksfoliativ va bullyoz dermatit; jiddiy teri reaktsiyalari (masalan ko‘pshaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz); yorug‘likka sezuvchanlik (masalan fotodermatoz, fotosensibilizatsiya reaktsiyalari va ko‘pshaklli fotodermatoz); alopetsiya.
Agar terida jadallanib boruvchi xarakterdagi toshmalar; psoriazga o‘xshash toshmalar yoki psoriazning xurujlari (o‘tkir markazlashgan ekzantemali pustulyoz) kuzatilsa, Terbipro dori vositasini qo‘llashni to‘xtatish lozim.
Suyak-mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qima tomonidan: suyak-mushak tizimi tomonidan reaktsiyalar (artralgiya, mialgiya); rabdomioliz.
Umumiy buzilishlar: holsizlanish; toliqish; grippga o‘xshash kasalliklar, pireksiya.
Laborator tekshirishlarning natijalari: bir vaqtda varfarin qabul qilgan patsiyentlarda qonda kreatinfosfokinaza miqdorining oshishi, protrombin vaqtining o‘zgarishi (uzayishi, qisqarishi) kuzatiladi.