Deksametazon odatda yaxshi o‘zlashtiriladi.
U past mineralokortikoid faollikka ega, ya’ni uning suv-elektrolit almashinuviga ta’siri katta emas.
Odatda deksametazonning kichik va o‘rtacha dozalari organizmda natriy va suvni tutilishini, kaliyni yuqori chiqarilishini chaqirmaydi.
Quyidagi nojo‘ya samaralari ta’riflangan: Endokrin tizimi tomonidan: glyukozaga tolerantlikni pasayishi, steroid qandli diabet yoki yashirin qandli diabeti kuchayishi, buyrak usti bezi faoliyatini susayishi, Itsenko-Kushing sindromi (oysimon yuz, gipofizar tur semirish, girsutizm, arterial bosimni oshishi, dismenoreya, amenoreya, mushak kuchsizligi, striyalar), bolalarda jinsiy rivojlanishni kechikishi.
Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, pankreatit, me’da va o‘n ikki barmoq ichakning steroid yarasi, me’da-ichak yo‘llaridan qon ketishi, perforatsiya, ishtahani oshishi yoki kamayishi, ovqat hazm bo‘lishi buzilishi, meteorizm, hiqichoq, kam hollarda –“jigar” transaminazalari va ishqoriy fosfatazaning faolligini oshishi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: aritmiya, bradikardiya (yurak to‘xtab qolgunicha), yurak yetishmovchiligini (moyilligi bo‘lgan patsiyentlarda) rivojlanishi yoki yaqqolligini kuchayishi, giperkaliyemiyaga xos bo‘lgan EKG o‘zgarishlari, arterial bosimni oshishi, giperkoagulyatsiya, trombozlar.
O‘tkir va nimo‘tkir miokard infarkti bo‘lgan bemorlarda-nekroz o‘choqlarini tarqalishi, chandiq to‘qimasini shakllanishini sekinlashishi, bu yurak mushagini yorilishiga olib kelishi mumkin.
Nerv tizimi tomonidan: deliriy, dezoriyentatsiya, eyforiya, gallyutsinatsiyalar, maniakal-depressiv psixoz, depressiya, paranoy, kalla suyagi ichki bosimini oshishi, asabiylik yoki bezovtalik, uyqusizlik, bosh aylanishi, vertigo, miyachaning soxta o‘smasi, bosh og‘rig‘i, tirishishlar.
Sezgi a’zolari tomonidan: ko‘rishni birdan yo‘qolishi (parenteral yuborilganida bosh, bo‘yin, burun chanoqlari, bosh terisi sohalarida, ko‘z tomirlarida preparatning kristallarini to‘planishi mumkin), orqa subkapsulyar katarakta, ko‘ruv nervining shikastlanishini mumkinligi bilan ko‘z ichki bosimini oshishi, ko‘zning ikkilamchi bakterial, zamburug‘li yoki infektsiyalari, shox pardaning trofik o‘zgarishlari, ekzoftalm.
Moddalar almashinuvi tomonidan: kaltsiyni chiqarilishini kuchayishi, gipokaltsiyemiya, tana vaznini oshishi, manfiy azot muvozanati (oqsillarni ko‘p parchalanishi), ko‘p terlash.
Mineralokortikoid faolligi bilan bog‘liq bo‘lgan: suyuqlik va natriyni tutilishi (periferik shishlar), gipernatriyemiya, giperkaliyemik sindrom (giperkaliyemiya, aritmiya, mialgiya yoki mushaklarni spazmi, odatdagi bo‘lmagan holsizlik va toliqish).
Tayanch-harakat apparati tomonidan: bolalarda o‘sish va suyaklarini shakllanish jarayonlarini sekinlashishi (epifizar o‘sish sohasini muddatdan oldin yopilishi), osteoporoz, (juda kam hollarda suyaklarning patologik sinishlari, yelka va son suyaklarining boshchasini aseptik nekrozi) mushak paylarni uzilishi, steroid miopatiya, mushak massasini kamayishi (atrofiya).
Teri qoplamalari va shilliq qavatlari tomonidan: jarohatlarni bitishini sekinlashishi, petexiyalar, ekximozlar, terini yupqalashishi, giper- yoki gipopigmentatsiya, husnbuzar, striyalar, piodermiya va kandidozlarni rivojlanishiga moyillik.
Allergik reaktsiyalar: tarqalgan mahalliy allergik reaktsiyalar (teri toshmasi, qichishish, anafilaktik shok).
Mahalliy: yuborish joyida achishish, og‘riq, sanchiq, giperemiya, yuborish joyida infektsiya, kam hollarda atrofdagi to‘qimalarning nekrozi, inyektsiya joyida chandiqlarni hosil bo‘lishi, m/i yuborilganida teri va teri osti klechatkasining atrofiyasi (ayniqsa deltasimon mushakka yuborish xavflidir).
Boshqalar: infektsiyani rivojlanishini yoki zo‘rayishi (bu nojo‘ya samaralarni paydo bo‘lishiga immunodepressantlarni va vaktsiyanatsiyani birga qo‘llash olib keladi), leykotsituriya, “bekor qilish” sindromi.
Vena ichiga yuborilganida: aritmiyalar, yuzga qon quyishlar, tirishilar kuzatiladi.